Hikoya qilib berishda so‘z birikmalarini tuzishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatildi
eganing kesim bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi: prishyol lisa;
aniqlovchining aniqlanuvchi so‘z bilan noto‘g‘ri bog‘lanishi: vstretilsya medved, vstretilsya lisa;
kelishikda va kelishik-gap boshqaruvidagi xatoliklar: mы s mishkoy xodili na zoopark.
Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning nutqida aniq ma’noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta’sirida ro‘y beradi: bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi. Ularning nutqida qiyosiy daraja mavjud emas. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning ravon nutqini tadqiq etish natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:
- 18 nafar bola ertakni mustaqil aytib bera oldi; 20 nafar bola esa kattalar yordamida aytib berdi.
Ertakni aytib berishda bironta ham bola o‘z nutqida nutqning ifoda vositalaridan foydalanmadi. Nutqning bir maromdaligi faqat 15 nafar bolada kuzatildi, 23 nafar bolada esa, u mavjud bo‘lmadi.
Ertakni aytib berishda bolalar tomonidan qo‘llanilayotgan so‘zlar soni 19 dan 65 tagacha etdi; gaplar soni esa 5-14 ni tashkil qildi. Bolalar nutqda asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi.
Suratga qarab mustaqil ravishda hikoya tuzishni 11 nafar bola eplay oldi, 15 nafar bola esa uni kattalar yordamida (yo‘naltiruvchi savollar bilan) tuzishdi, 12 nafar bola esa faqat sinov o‘tkazuvchining savollariga javob berishdi, xolos.
Hikoya qilib berishda 17 nafar bolada mantiqiy ketma-ketlik qayd etildi, 21 nafar bolada esa u mavjud bo‘lmadi. Suratga qarab hikoya qilishda so‘zlarning soni 6-46 tani, gaplar soni esa 3-9 tani tashkil etdi.
«Alvon gul» ertagini (qisqacha mazmunini) 2 nafar bola, «SHolg‘om» ertagini 14 nafar bola, «qurbaqa malika» ertagini (qisqacha mazmunini) 2 nafar bola, «Bo‘g‘irsoq» ertagini 15 nafar bola, «g‘ozlar-oqqushlar» ertagini (qisqacha mazmunini) 4 nafar bola, «Etti echkicha» ertagini (qisqacha mazmunini) 1 nafar bola aytib berdi.
SHaxsiy tajriba haqida 10 nafar bola mustaqil ravishda, 28 nafar bola esa kattalar yordamida hikoya qilib berishdi; sevimli o‘yinchog‘i haqida 17 ta bola, dam olish kuni haqida 15 ta bola, hayvonlar haqida 2 ta bola hikoya qilib berishdi; 5 nafar bola esa sevimli o‘yinchog‘i va dam olish kuni haqida bitta hikoya tuzishdi. Bolalar hikoyalaridagi so‘zlar soni 11-54 tani, gaplar soni esa 4-12 tani tashkil qildi. Bolalar asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar. Bolalarning ravon nutqidagi kamchiliklar quyidagilardan iborat edi: ortiqcha so‘zlarni qo‘llash 27 nafar bolada kuzatildi. SHu o‘rinda qayd etish lozimki, o‘zbek millatiga mansub bolalar ruscha nutqda ortiqcha so‘zlarni o‘zbek tilida qo‘lladilar (yana, emas va boshq.)O‘zbek tilidagi nutq madaniyatini tadqiq etish natijalari shundan dalolat bermoqdaki, o‘rganilayotgan bolalarning artikulyasiya apparatlarida biron-bir organik kamchiliklar qayd etilmagan (qisqa qizilo‘ngach, dislaliya - tinglash qobiliyati normal bo‘lgani holda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va boshq.). 3 nafar bolada yashirin rinolaliya (ovoz tembri va tovush talaffuz qilishning buzilishi) - ya’ni, poliplar tufayli burundan havo o‘tmasligi aniqlangan; 4 nafar bolada disfoniya - haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo‘shiq aytish, o‘yin paytida qichqirish) natijasidagi zo‘riqish sababli ovozning zaiflashib, xirillab qolishi kuzatildi.