Multimedia mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia tu-
shunchasiningquyidagita’rifinikeltirishmumkin: Multimedia – bir nechta axborot turlarning kompyuterda ishlov berish natijasida hosl qilingan va bitta diskka jamlangan axborot yig‘indisidir. Multimedianing shakllanish bosqichlari uning asosiy texnik ta’minoti bo‘lgan kompyuterning rivojlanishi bilan bog‘liq. Multimediani tashkil etuvchi va ularning rivojlanish bosqichlari quyidagilardir:
Matn shaklidagi tashkil etuvchisi. Dastlab odamlar yozuvlarni toshga o‘yib yozganlar, qog‘oz ixtiro qilingach parranda pati, qalam va ruchkalardan foydalanib yozuv ishlarini amalga oshirganlar. Keyin- chalik yozuv mashinasi ixtiro etilgach, uzoq yillar mobaynida ular- dan foydalanib kelindi. Nihoyat, kompyuterlarda «Matn muharriri» dasturi o‘rnatilgach, yozuv ishlari kompyuterda bajariladigan bo‘ldi. 1980-yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan foy- dalanish yo‘lga qo‘yildi, jumladan, 1982-yilda Polygram kompani- yasi Audio CD ni ishlab chiqdi, SONY kompaniyasi esa, o‘sha yili standart yozuvlarni CD disklarga yozishni tavsiya etdi. Natijada, SD disklarda yozish texnologiyasi rivojlanib ketdi. Ayni bir paytda mik-
rofon yordamida nutq va musiqa yozish ham shakllandi.
Video shaklidagi tashkil etuvchilarga videotasvirlar, grafikli tasvir- lar, ma’lumot grafiklari va hokazolar kiradi. Videotasvirlar dastlab mag- nit lentalarida yozilib, videomagnitofonlarda namoyish etila boshlandi, so‘ngra videotasvirlarni yozish kompakt disklarda amalga oshirildi.
Multimedianing animatsiya samarasi. Multimediani tashkil etuchi axborot turlaridan biri – axborotlarga animatsiya samarasini berishdir. Bu multiplikatsion filmlarda rassomning chizgan qator chizmalari va rasmlarini tez (bir daqiqada 24 kadr tezlikda) namoyish etilishi aso- sida sodir bo‘ladi. hozirgi kunda multiplikatsion filmlar kompyuterda 3D. Flash dasturi asosida yaratilmoqda. Multimediada esa maxsus dasturlar (Power Point, Makromedia Flash, Swish, Adobe Prmiere, Media Player, CD Player) orqali amalga oshiriladi.
1986-yilda Amida kompyuterida birinchi marta maxsus rolikda to- vush bilan birgalikdagi animatsiya effekti namoyish qilinib, multime- dianing shakllanishi nihoyasiga yetkazildi va bu yig‘ilishda to‘laqonli multimedia texnologiyasi yaratilgani e’tirof etildi. Shunday qilib, multimedia 1986-yil rasmiy ravishda yaratilgan deb hisoblanadi.
Multimedia texnologiyasi. Dastlab ma’lum bir sohadagi texnologik jarayon mazmunini ko‘rib chiqamiz. Texnologik jarayon deganda biror bir xomashyo, material yoki axborotni ma’lum bir asbob-uskuna, vosita, qurilmalardan foydalanib, ularga ishlov berish, xossalarni o‘zgartirish va qayta ishlash natijasida yangi, sifatli mahsulot olish jarayoni tushuniladi. Demak, axborot texnologiyasi moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash ma’lumotlar yoki boshlang‘ich axborotni yig‘ish, ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot olish, bu axborot asosida qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchiga uzatish jarayonidan iborat.
Yakka tartibdagi axborotlar – nutq, matn, tasvir, grafika, musiqa va animatsiya samarali kompyuterda ishlov berilishi natijasida bitta diska joylashtiriladi va ushbu texnologik jarayon natijasida multime- diali axborot texnologiyasi shakllanadi.
Multimedia texnologiyasining bir nechta ta’riflari mavjud. Jum- ladan, multimedia texnologiyasi – informatikaning dasturiy va texnika- viy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya sama- rali asosida o‘quv materiallarni tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish- ning mujassamlashgan ko‘rinishidagi texnolgiyasidir. to‘la multimedia
matn, audio, video, tasvir, grafika, jadvallar va boshqa turlarning yig‘indisidan iborat. Shuni ta’kidlash kerakki, multimediali axborot shakllantirilishi uchun uning kamida uchta elementi qatnashishi shart. (nutq, tasvir va animatsiya). Masalan, radio eshittirishida beriladigan axborot yoki teleko‘rsatuvlarda ko‘rsatiladigan ovozsiz tasvirlar yoki tarbiyachi tomonidan an’anaviy metod (izohli-ko‘rgazmali, bo‘r-dos- ka usuli) dan foydalanib o‘rganiladigan materiallarning bayon etilishi multimedia texnologiyasidan foydalanish bo‘la olmaydi23.
Hozirgi davrda multimedia texnologiyasidan ko‘p sohalarda. jum- ladan, moliya, iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy sohalar, maishiy sohalar, reklama, kompyuter o‘yinlaridan foydalanilmoqda. Ayniqsa, banklarning operatsion zallarida, ko‘rgazma va yarmarka zal- larida, avtosalon, sayohat byurosi, aeroport va temir yo‘l vokzallari- ning zallarida reklama axborotlari to‘g‘risida keng qo‘lamda ma’lumot beriladi. Shuningdek, ishlab chiqarishda, turli muassasalarda, xiz- mat ko‘rsatish shaxobchalarida, arxivlashtirishda va boshqa joylarda qo‘llaniladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, media mashg‘ulotlarni tayyorlash, samarali o‘tkazish tarbiyachilardan turli professional layo- qat va shaxsiy sifatlarni talab etadi: yuqori darajadagi kasbiy maho- ratga ega bo‘lish; zamonaviy metodik tayyorgarlikka ega bo‘lish; bola bilan muloqotga kirishish, malakali psixologik, pedagogik bilimlarga ega bo‘lish; yuksak ma’naviy, ma’rifiy madaniyatga ega bo‘lish; zamo- naviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirib olish va internetdan foydalanish, ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiya va interfaol metodlarni joriy qilish orqali tashkil etish.
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim muassasalari malakali mediapeda- goglarni kutmoqda.
Ammo bu borada bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi:
ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi o‘rta maxsus ma’lumotli malakali mutaxassislar (texnik xodimlar) bilan ta’minlash;
pedagoglarini axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga o‘rgatish, ularni qayta tayyorlash va doimiy malakasini oshirib borish;
23 Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun modullar T-2012 y ikkinchi nashr 126 b
elektron dars ishlanmalari, testlar majmui, elektron ko‘rgazmali
qurollar va o‘quv filmlari yaratish, ularni doimiy yangilab borish;
o‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan unumli (kuniga 10–
12 soat) foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
– shu bilan birga, shubhasiz, barcha muassasalarda barqaror elektr kuchlanishi, sifatli telefon aloqasi bo‘lishini ta’minlash zarur.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabga- cha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologi- yalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglarning o‘z mehnati faoliyatiga yangicha yondashuvni, mashg‘ulot o‘tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologi- yalardan samarali foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi24.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vosi- talarining joriy etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologi- yalari vositalaridan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini shakllan- tirish bilan birga, ularning mashg‘ulotni tashkil etish jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o‘rnini o‘zgartiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim be- rishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisob- lanib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Lekin shunga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida kompyuter texnologi- yalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuv- chilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli o‘yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot texnologi-
yalaridan keng foydalanilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo‘ljallangan kompyuterli o‘yin dasturlarining barchasi ham ta’lim
24 UNICEF to‘plam 2014 y fefral .B.Aminov - Samarqand davlat universiteti
jarayonida o‘z samarasini beravermaydi. Shuning uchun ham kompyuter o‘yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondashuv va e’tibor kerak bo‘ladi.
Kompyuterli o‘yin dasturlari shunday yaratilgan bo‘lishi kerak- ki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to‘g‘ri qa- bul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O‘yin dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olishi, uni qanday bajarish kerakligini o‘ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich savodxonligini ham oshirish zarur, ya’ni kompyuterning umumiy tuzilishi, asosiy quril- malari to‘g‘risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. Bu ishlar tarbiyalanuvchi- larning kompyuter o‘yinlaridan foydalana olish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari shakllanishida asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o‘yin dastur- laridan foydalanish tarbiyalanuvchilarda bir qator ijobiy sifatlarning shakllanishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi:
o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi;
mustaqil harakat qilishga zamin yaratadi;
muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi;