Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‘p uchraydigan jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o‘qib ko‘ring va ular bolalarga qanday ta’sir etishini izohlab bering.
«Maktabga borsang, o‘shanda ko‘rasan.»
«Bilasanmi, sen a’lochi bo‘lsang biz seni juda yaxshi ko‘ramiz.»
«Sen shunday o‘qiki, sen uchun biz qizarmaylik.» Natijasi:
Bu jumlalarning hammasi bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni, mak- tabga borishga xohishini so‘ndiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o‘z-o‘zlariga bergan ba- hosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‘ladi. Shuni esda tutingki, bo- lalarni o‘zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‘ymang. Bu ularni yolg‘on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qil- sang ko‘rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xulosa:
Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatli- lik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.
Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Bolalarningnutqmadniyatiniо‘sishidaoilaningо‘rni?
Ota-onalarvamaktabgachata’limmuassasalarihamkorligi-da bolalarni tarbiyalashning ahamiyati qanday?
Oilavaoiladabolatarbiyasidoimodolzarbmuammolardanbiri ekanligini asoslab bering?