Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə169/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

4. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.

  1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tay- yorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foy- dalaniladi.


  2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalar- ga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6–7 yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas.

30 Adilova S. Multimedia va ularni ta`lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik
ta`lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20–21.
Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda be- vosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.

  1. Bilvosita dialog – virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlarni, komyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyor- lov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiya- sidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar asosida olib boriladi. Yangi mashg‘ulotlarni o‘rgatishga qa- ratilgan, tekshiruvchi - sinovchi, majmuaviy «sayohat» yoki

«ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.
Mashg‘ulotning o‘yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro‘parasiga joylashtiradi. Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga chiqaradi. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. O‘rganilgan material mustahkamlanadi. Bolalarning mashg‘ulot davomida olgan bi-
limi baholanadi. O‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg‘ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asos- lanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarni kompyuter mashg‘uloti, deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg‘ulotlarning aksariyati birlashgan mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchi- larning kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emas- ligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15–20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material o‘tib bo‘lingach, 15–20 daqiqali oraliq bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisob- ga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg‘ulotlarda, mav- zuga tegishli og‘zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmunda- gi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog‘ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishi- ni bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat na- zar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‘ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6–7), ularning fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter di- daktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog meto- dining algortmi:

  1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga – topshiriq, savol, mashq- ni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.

  2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.

  3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bildiradi.

  4. Noto‘g‘ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.

  5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.

Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter - «bag‘ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tan- beh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hol- larda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluk- siz monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «si- chqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylash- gan holda bolalarning 95 foizi 15–20 daqiqadan so‘ng toliqishlari yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyi- dagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:

  1. agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi.

  2. agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi.

Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5–6 dan ortiq bo‘lsa, mashg‘ulot frontal ravishda, bitta bo‘lsa, undan navbatma-nav- bat foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTM- larda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi mashg‘ulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.
15–20 daqiqali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan material- lar savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilarning bilimlari baholanadi. Mashg‘ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tar- biyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhla- rida mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg‘ulot mazmuni, mashg‘ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak

Savodxonligini oshiradi


Tal`im samaradorligini oshirish
Aqlan rivojlantirish



Multimediya vosita- larini M.T.M.dagi mashg‘ulotlarda qo‘llash



Bolani qiziqtirish


Kompyuter texnoalogiyasini o‘rganish


Bolani istedodini oshirish




Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin