«Asosiy oyna» belgi- sini «sichqoncha» yordamida ochilsa, tabiat qo‘ynida daraxt mavjud, ushbu daraxtdan esa to‘rtburchak ramkaga solingan turli harflar daraxtning mevasi shamoldan tebranib yerga tush-
gandek katakcha ichida harflar pastga tushadi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, katakchadagi har bitta harfning boshi bilan keladigan tovush bel- gisini Alifbenomlielektrondarslik predmetlari ko‘rsatgan:
33 Ashurov.M.O‘ –Alifbe elektron dasruri .
Masalan; «A» harfi ostida avtobus. «B» harfi ostida banan v.h. Dasturning pastki tomonida «Bosh menyu» deb nomlangan belgi mav- jud. «Sichqoncha» yordamida harflarga ko‘rsatgich barmoqlarni olib borsa, harflarning talaffuzi ifodalanadi: «Sssss, OOOO, AAAAA» va hokazolar. So‘ngra topishmoqlar oynasi ochiladi bola agar to‘g‘ri yozsa, ekranda rag‘batlantiruvchi ovozli animatsiya paydo bo‘ladi, agar noto‘g‘ri keltirilsa, ekranda «Noto‘g‘ri» degan ovozli animatsi- ya hosil bo‘ladi. Ko‘rsatilgan harf to‘g‘ri yozilsa, kenyingi bosqich, ya’ni topishmoqlar oynasi ochiladi. Bunda bola tarbiyachi yordamida topishmoqni o‘qiydi va mustaqil javobni kiritadi.
So‘ngra didaktik qismga o‘tiladi, ya’ni didaktik qismi ochilganda, ekranda to‘rtburchak qilib harflar joylashtirilgan va to‘rtburchakning o‘rtasida bolaning surati - o‘ylanib turgan holati tasvirlangan.
Alifbe nomli elektron darslik
To‘rtburchak ramkaga solingan harflarning bittasi «sichqoncha» yordamida ikki marta bosilsa, oyna ochiladi va bu oynadagi harflarni bolalar tarbiyachi yordamida takrorlaydi. «Bosh menyu» ga qaytsak, dasturning uchinchi «Qiziqarli o‘yinlar» deb nomlangan qismiga kiriladi. Ekranning chap qismida ramkada hayvonning surati, o‘ng
qismidagi ramkada esa, hayvon haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Das- turning chap bo‘limiga kirganda yog‘och doskada mevaning shakli berilgan, doskaning atrofida , daraxtning atrofida turli mevalarning surati mavjud. «Sichqoncha» orqali mevaning shaklini mo‘ljallab bola kerakli mevani ochsa, meva uchi borib doskadagi mevaning qo- lipiga joylashadi.
O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. To‘g‘ri topilgan mevaning evaziga rag‘batlantiruvchi smayliklar hosil bo‘ladi. Multimediali slaydimiz ana shulardan iborat.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mash- g‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xoti- raga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi:
maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlarini samarali, davlat ta’lim standartlari asosida amalga oshirish maqsadida mutaxassislar to- monidan tuzilgan «Bolajon» tayanch dasturida savodga o‘rgatishga doir mavzular bilan bola shaxsida zarur sifat va hissini tarbiyalash imkoniyati bo‘ladi;
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari orasida bolalarni tarbiyalashda katta tajriba orttirganlari ham bor. Biroq ko‘pchilik tarbiyachilar bolalarning yaxshi o‘zlashtirishi, ta’lim-tarbiya ish- lariga faol ishtirok etishni ta’minlashga e’tibor berib, alohida bola, uning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, munosabatlari ta’siri;
maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda mul- timedia texnologiyasidan foydalanishda katta imkoniyatlarga ega;
maktabgacha ta’lim muassasida texnik vositalar bilan ta’min- lash va tarbiyachilarning kompyuter bilimlarini oshirish;
maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini hi- sobga olib, yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlarda kompyuterlar- dan bevosita dialog metodi asosida foydalanish;
maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanilgan holda mashg‘ulotni amalga oshirish;
mashg‘ulotlarni amalga oshirishda yangi interfaol va no- an’anaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarining yoshiga va ta’lim dasturiga mosligi e’tiborga olingan holda, multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish va maktabgacha ta’lim muassa- salarining maktabga tayyorlov guruhlari o‘quv rejasi asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.