Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə168/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

An’anaviy o‘qitish modeli

Interfaol o‘qitish metodi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari



O‘qitishning tizimliligi

Mashg‘ulotlarning bir qolipliligi,bir xilligi

O‘qitish mazmunini yaxshi ‘zlashtirishga olib kelishi

Ko‘p vaqt talab etilishi





O‘quv materiallarini tartibli izchil berilishi

Mashg‘ulot jarayonida faqat dastlabki yo‘nalish beriladi, keyingi darajalar uy vazifasiga beriladi.

O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi



Bolalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi




28 Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun modullar T-2012 y ikkinchi nashr 126 b.



Ommaviy o‘qitishda resurslarning oqilona xarajati



Ishtirokchilarning sustligi va mustaqillikning yo‘qligi



Tushunchalarni amaliyotga qo‘llash uchun sharoit yaratish



Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilganda ham tarbiyachi rolining past bo‘lishi

Tarbiyachi shaxsining doimiy emotsional ta’siri

Ishtirokchilar o‘zaro muloqotdan ajratiladi, nutqiy faoliyat sust

O‘qitish metodlarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi




Tashkiliy puxtalik



Sust qayta bog‘lanish

Mativatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi




Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq tushunchalarni o‘rgatishda foydalidir

O‘rta me’yorda yondashuv

O‘tilgan materialning esda yaxshi saqlab qolinishi






Pedagog tomonidan o‘qitish jarayoni va o‘qitish muhitining yuqori darajada nazorat qilinishi

Bola sust ishtirokchi bo‘lib qoladi



Muloqotga kirishish ko‘nikmasi takomillashadi






Vaqtdan unumli foydalanish

Bolada mativatsiya vujudga kelmaydi

O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi




Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi

Bola pedagog bilan o‘zaro munosabatga kira olmaydi

Mustaqil fikrlaydigan bola shakllanadi







Eslab qolish darajasi hamma bolada bir xil bo‘lmaganligi sababli guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lishi mumkun

Mavzuning mazmunini o‘zlashtiradi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi









Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoit yaratilmaydi

Muammoni yechish ko‘nikmalarining shakillanishi




Interfaol («inter»- bu o‘zaro, «akt»- harakat qilmoq)- o‘zaro ha- rakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari

  • bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoni- yatiga ega bo‘ladilar. Interfaol mashg‘ulotlarda tarbiyachining o‘rni qisman tinglovchilarning faoliyatini dars maqsadlariga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat peda- gog va tinglovchilar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshi- riladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyat- larga ega bo‘lib, ularga:

    • pedagoglarning jarayonga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyli- gini ta’minlashi;

    • mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

    • pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchi- lar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalarning natijalari tasdiqlamoqda.
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabgacha bo‘lgan davr- da har tomonlama yetuk, barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuidir. U mak- tabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bo- lalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktab- gacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifala- rini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning nazariyasi va amaliyoti maktab- gacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning
roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borish- ning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga egaligiga asoslanadi.
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTM- lari ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chi- qilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multime- dia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining o‘zlari tayyorlashi mumkin bo‘lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini qo‘llash mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalaniladigan multime- diali ta’lim vositalarini ikki turga bo‘lish mumkin:

  1. Monitor ekranida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilim berishga mo‘ljal- langan vositalar.

  2. Ko‘rgazmali qurol.

Odamzod har daqiqa sezgi a’zolari orqali axborot yig‘ib fikr qilish va hayotiy muammolarni hal qilish choralarini o‘ylab topib amalga oshi- rish bilan kun ko‘radi. Insonlar qayerda bo‘lmasinlar, bugungi kun zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib, yangi ma’lumotlar bilan bilim bazasini yangilab borishi kerakligini taqozo etmoqda.
O‘rganilayotgan muammoning ilmiy amaliy ahamiyati shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg‘ulotlar jarayoniga qiziqishlarini oshirish va mavzuni mustaqil o‘zlashtirish samarador- ligini va ahamiyatini shakllantirish.
Informatika fanini o‘qitishda multimedia tizimi haqida tushincha berish, multimedia vositalaridan foydalanib bilim olishning ahami- yati, uning yaxshi taraflarini aytib o‘tish lozim.29
Multimediali o‘rgatuvchi dasturlar matn, grafika, video, tovush va animatsiyalarni o‘zida tutadi. ya’ni kompyuterga yozilgan max- sus dasturni ishga tushiradi. Bu dasturlar asosan fanning nazariy bo‘limidan, amaliy mashg‘ulotlari va nazoratlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday dasturlar orqali olingan bilim xotirada ko‘p vaqt saqlanadi va kerak bo‘lganda amalda qo‘llanish imkonini beradi.

29 Bola shaxsini rivojlantirish dolzarb muammolari. –T.:2008 y., maqolalar to‘plami.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun mashg‘ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezoni- ni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda kampyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya ja- rayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun, MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqori- da ta’kidlanganidek, mashg‘ulot mobaynida multimedia texnologiyasi- dan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash hiso- biga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassalarida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya berishning shakli, mazmuni va metodi ko‘pgina adabiyotlarda bayon etilgan. Jumladan, ushbu masalada P.Yusupovaning «Maktabgacha ta’lim pedagogikasi» da keng yoritib berilgan. P.Yusupova ta’lim shakli to‘g‘risida shunday yozadi: «Ta’lim shakli deganda, ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tu- shuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi»30.
Adabiyotlarda, MTM ta’lim metodlari bo‘yicha ham qator fikrlar bildirilgan. Metod – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maqsad- li ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq faoliyatlarning izchil usullar tizimidir.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin