Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə165/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Masalan: shakllarni ustma-ust qo‘yish o‘yinida, birinchidan, o‘yin vazifasi bo‘yicha bola shakllarni ustma-ust qo‘yish natijasida qanday shakl hosil bo‘lishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar qanday ko‘rinishda ekanligini va ularning nomlarini aytishni, ranglarni ajratib berish vazifalarini bajaradi (ta’limiy jihati). Bundan tashqari, tarbiyalanuv- chi «sichqoncha»dan foydalanib kompyuterda ishlash malakasini ho- sil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi.
Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar tex- nologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
Axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezak- lar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsu- lotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio- tizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, vi- deokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protses- sor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ(tezkor) va videoxotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanal- lari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
Multimedia vositalari asosida ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini maktabgacha yoshdagi bolalarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir25.
Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:

  1. berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;

  2. ta’lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;

V) ta’lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni te- jash imkoniyatiga erishish;
G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Demak, kompyuterli didaktik o‘yinlar ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyu- ter va uning xotirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta’lim)ning o‘yinlar bo‘yicha asosiy didak- tik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari, qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin.


  1. Media ta’limning asosiy mazmuni. Respublikamizning peda- gogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug‘ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qancha- dan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudki, ularning eskirib, talabga ja- vob bermay qolgan joylarini o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalana- versa bo‘lmaydimi? - degan mulohazalar ham kam emas. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yo‘ldan bormoqda. Bu yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi

25 Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnalogiyasidan foydalanish 2012-yil.
mumkin. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan va buyuk kelajak sari intila- yotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki:

  • ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

  • an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «Axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

  • fan-textika taraqqiyotininig o‘rta rivojlanganligi natijasida ax- borotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

  • kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;

  • yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuaviy yon- dashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir26.

Keyingi 10-yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag‘ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texno- logiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko‘p uchrab turgani bilan, ularning o‘zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan.

Darhaqiqat, XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g‘oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarni yangicha mazmun kasb etishini ta’minlaydi. Xiz- mat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarninig yangilanib hamda ortib borishi o‘z
26 Abduazimov O. Multimedia — noyob ne’mat. «Xalq so‘zi» gazetasi,
2002-yil, 28-fevral.
navbatida ularni qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin