Reja:
Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
Media ta’limning asosiy mazmuni.
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari.
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish.
Tayanch tushunchalar: texnologiya, multimedia, mediamadani- yat, media ta’lim, progressiv pedagogik texnologiya, nutq, kreativ fikrlash, kognitiv qobiliyat, mediapedagog, operatsion zal, animatsi- ya effekti, videotasvirlar, grafikli tasvirlar, ma’lumot grafiklari, mik- rofon, kompakt disk, matn, grafika, tovush, multimedia mahsuloti, multimediali kompyuter, multimedia dasturi, aisteyr rejasi, mativatsi- ya, innovatsiya, modelli tajriba-sinov, badiiy-imitatsiya.
Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Multimedia atamasining lug‘vaiy ma’nosi (multim-mediur yoki multi-media) ikkita so‘z yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, multi- ko‘p, media-muhit ma’nosini anglatadi. Atama ilmiy va o‘quv adabi- yotlarida «ko‘p vositalilik», «multimediya muhiti» «ko‘p qatlamli muhit», «ma’lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib kelinmoqda21. Hozirgi davrda multimedia atamasi ko‘p qirrali bo‘lib, turli xil tu- shunchalarni ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multime- dia texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimediali kompyuter;
multimedia dasturi va boshqalar shular jumlasidandir.
«Multimedia» tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nech- ta ta’rifini keltiramiz: «Multimedia – deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi»22,
21 Aripov M. Informatika va axborot texnologiyasi asoslari. – T.:Universitet, 2001.
22 Adilova S. Multimedia va ularni ta`lim jarayonida qo‘llash // Pedagogik
ta’lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B. 20–21
«Multimedia – bir vaqtning o‘zida turli ko‘rinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va boshqalardan foydalanishni ko‘zda tutgan foydalanuvchi interfeysining konsepsiyasi», «Multimedia bu infor- matikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir».
Multimedia bu maxsus texnologiya bo‘lib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtning o‘zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyati- dir. Multimedia – tasvirli ma’lumot bilan ishlashga qodir bo‘lgan vosita hisoblanadi. Odatda, multimedia deganda. turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Mul- timedia – kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir va turli ani- matsiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy ax- borotlar texnologiyasidir.
Dostları ilə paylaş: |