Multimediya vositalarini MTMdagi mashg‘ulotlarda qo‘llash
Mutaxassislarning fikricha, insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolari yordamida qabul qilingan ma’lumotni besh marota- ba ko‘p eslab qolish mumkin. Sababi - eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotiraga o‘tadi va saqlanadi.31 Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida maktabga tayyorlov guruhi bolalarini savod chiqarishga tayyorlash, elementar matematik bilim berish va atrof-olamni o‘rganish, ta’lim o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha, quyidagilar qayd etilgan: nutq o‘stirish bo‘yicha nutq-tovush madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qi- lish, nutqning garmmatik tuzilishini shakllantirish, lug‘atni boyi- tishni jadallashtirish, matematika bo‘yicha son-sanoq, miqdor, shakl- lar, fazoviy tasavvurlar, vaqt haqida tasavvur hosil qilish. Ta’limiy o‘yinlar bo‘yicha rangni top (ranglarni to‘g‘ri ajratish), shaklini top (doira kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar), halqalarning shakli va ranglari bo‘yicha o‘yinlar, tabiat bilan tanishtirish bo‘yicha gul-
31 Maktabgacha ta`lim muassasalari mudiralari uchun o‘quv modullari
modul: Bosh shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta`lim. T-2012 y.
zorga ekskursiya, paxta dalasiga sayohat, kabutar singari qushlarni kuzatish, ularning xususiyatlari va farqi, havo va uning xossalari bi- lan tanishtrish, suv va uning xususiyatlari bilan tanishtirish kiradi.
Tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash mezoni. Baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilgan da- rajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining bilimlarini aniqlash, beshta: ya’ni o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqiqiylik, haqqo- niylik, ishonchlilik va qulaylik kabi tamoyillariga asoslanadi. MTM tarbiyachisi bolalarning bilimini baholash jarayonida baholash tamo- yillarini hisobga olishi shart. Multmediali kompterli ta’limda bo- lalarning yoshi, rivojlanish darajasi va psixologiyasini hisobga olib, o‘tilgan materiallarni baholashda uchta test savoli qo‘yiladi. Bu yosh- dagi bolalarga beshta savol qiyin bo‘lishi mumkin. Buni hisobga ol- gan holda testga uchta savol quyib, uch balli tizimda baholanadi.
Tarbiyalanuvchilar bilim darajalarini aniqlash mezonini quyidagi- cha: o‘rganiladigan material turiga qarab 3 tadan 5 tagacha turli va- riantdagi dasturli o‘yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol tariqasida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Tarbi- yalanuvchilarga to‘g‘ri javobni aniqlash topshiriladi va ularning bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter xotirasiga kiritilgan mashg‘ulot mavzusiga oid amaliy topshiriqlarni bajarish orqali aniqlanadi.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to‘g‘ri bajarsa, u holda unga «a’lo» bahoni ifodalaydigan 3 ball qo‘yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita top- shiriqni to‘g‘ri bajarsa, u holda «yaxshi» bahoni ifodalaydigan 2 ball qo‘yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to‘g‘ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga «qoniqarli» bahoni ifodalaydigan 1 ball qo‘yiladi. Agar variantdagi topshiriqni to‘g‘ri bajara olmasa, u hol- da hech qanday balla qo‘yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tar- biyalanuvchi bilan qo‘shimcha shug‘ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga qo‘yish kerak.
Mashg‘ulotlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalanilgan:
Suhbat
Ko‘rgazmalilik
Tushuntirish
Ko‘rsatish
Kichik guruhlarda ishlash (3–4 bola bilan)
Savol-javob
Rag‘batlantirish
Amaliy ish
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin.
Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llanilgan. Metodik qo‘llanmadan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbi- yachilari, ota-onalar, pedagogika institutlari va kollej talabalari ijodiy
yondashgan holda foydalanishlari mumkin.