nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi.
Kompyuterli o‘yin dasturlaridan tashqari, maktabgacha ta’lim muas- sasalari uchun kompyuterli nashrlar, shu jumladan ijodiy ishlanmalar, xayoliy sayohatlar va boshqa elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, ulardan foydalanish bugungi kunda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ham axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanilmoqda. Buning uchun esa maktabgacha ta’lim muassasalarida elektron axborot resurslari- dan samarali foydalangan holda elektron hujjat almashuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Bu faoliyatning samaradorligi tarbiyachi-pedagoglarning ta’lim- tarbiya jarayoniga shu texnologiyalarni qo‘llashga doir bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi va amaliy ish tajribalariga ham bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor, eng avvalo, talab qilinadigan sharoitni yara- tish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot va uslubiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. Bugun mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadri- yatlarni ijodiy o‘rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Mil- liy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi». Eng muhimi, bu ta’lim o‘z mohi- yatiga ko‘ra, o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Buning natijasida shaxs o‘z «men»ini anglay boshlaydi va boyitadi, tashqi dunyo bilan bo‘lgan aloqasida esa o‘zining ijtimoiy rolini topa oladi, yaratuvchilik qobiliyati shakl- lanadi. Zero, o‘z-o‘zini rivojlantirish ustida doimo ish olib boradigan, yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash zamonaviy pedagogikaning ustuvor vazifalaridandir.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayo- nida foydalanish bir vaqtning o‘zida bolalarning kompyuter savod- xonligi shakllanishiga ham olib keladi. Animatsiyali ma’lumotlarning insonga ta’siri katta bo‘lib, undan. MTMlari ta’lim-tarbiya jarayo- nida foydalanish bolalar diqqatini ko‘proq jalb qilish xususiyatiga ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshi- tish orqali bilim olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada al- laqachon isbotlangan. MTM tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallarni o‘rgana borsalar va kompyuterdan foydalanish bo‘yicha yetarlicha ko‘nikma hosil qilsalar, maktabda boshlang‘ich sinfda informatika fanini o‘rganishga, kelajakda esa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtida
kompyuterdan foydalana olish malakasiga to‘liq ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish jara- yonida mantiqiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga havaslari va ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari shakllanadi. Kompyuterli didak- tik o‘yinlarning pedagogik jihatlaridan biri ularning ta’limiyligidir. Tarbiyalanuvchi o‘yin davomida bir vaqtning o‘zida ham o‘yinda ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi. Ayrim o‘yinlarda bilimlar mashqlar orqali namoyish qilinadi.