Ovoz diapazoni chegarasi baland yoki past gapirish toni bilan belgilanadi.
Diapazonning qisqarishi tovushning past tonligiga olib keladi.
Past ohangda so'zlashish o'qituvchining idrokini bo'shashtiradi va susaytiradi.
O'qituvchi tovush diapazonini, uning tembri bilan bog'lab
ishlatsa, gaplari
chiroyli, mayin, jozibali chiqib, tinglovchilarni o'ziga jalb yetadi va o'quv
materiallari mazmuni yanada yaxshi idrok qilinadi.
O'qituvchining notiqlik texnikasi so'zlami aniq, to'g'ri,
tiniq eshitilarli va
tushunarli bayon qilishida namoyon bo'ladi. To'g'ri va mukammal ovoz diksiyasiga
ega bo'lgan o'qituvchi so'zlami ifodali bayon qiladi. Ifodali gapirishda til, lab,
kichik tilcha, pastki jag' ishtirok etadi.
O'qituvchi ifodali gapirishi, so'zlami talaffuz
qilishi uchun yuqoridagi
organlara doimo mashq qildirishi lozim. Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq
malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan, o'qituvchi doimo gapirish tempi,
ritmi, diksiyasi, ovoz kuchi, diapazoni, harakatchanligi ustida mashq qilishi zarur.
Har bir o'qituvchi o'z
tafakkuriga, fikrlash qo-biliyatiga, o'zining kasbiy
yo'nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo'lishi kerak. Bu yo'nalish va
laboratoriyani o'qimveMlarning o'zlari
mustaqil filer yuritishlari, mustaqil bilim
olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo'lga kiritadilar va mohir
o'qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat
qiladilar. Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o'qituvchining
tashkiliy-
metodik malakalarni egallashiga ham bog'liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo'yicha
ma'ruzalami tinglash, maxsus adabiyotlami o'qish orqali qo'lga kiritiladi.
Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo'1-yo'riqlar, ko'rsatmalami o'zining
individual kasbiy tajribasida sinab, ko'nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: