Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati


professiogrammasi "da quyidagi hislatlar, ya'ni "Pedagogiktexnika"



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix02.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#122440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Nazariy

professiogrammasi "da quyidagi hislatlar, ya'ni "Pedagogiktexnika" 
malakalari mujassamlashgan bo'lishini ta'kidlaydilar: 
1) 
O'qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, 
dilkashligi, mehnatsevarligi. 
2) Kasbiga xos bilimlari; ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilisbi, 
pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o'quvchilarning yosh 
xususiyatlariga asosan psixalogik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta'sir 
etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-onalar va jamoatchilik 
bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi. 
3) Kasbiga xos xislatlari: mllliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy 
an'ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuv-chanligi, pedagogik 
qobiliyatga egaligi, o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini anglayolishi, pedagogik takt, 
nutq madaniyati. 
4) Shaxsiy 
pedagogik 
uddaburonligi: 
dars 
mashg'ulotlarida 
zarar 


materiallarni tanlay olishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta'lim-
tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o'quvchilar jamoasini boshqara olishi. 
5) Tashkilotchilik malakalari: o'quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli 
ziddiyatli 
vaziyatlarda 
ham 
o'quvchilar 
jamoasini 
boshqarishi 
amaliy 
muammolarni hal yetishda uddaburonligini namoyish eta olishi. 
6) Kommunikativ malakalari: o'quvchilarni o'ziga jalb etishni bilishi, 
o'quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvqrlq pedagogik muloqotlami tashkil 
qilishi, o'quvchilarning jamoada o'zaro munosabatlarida bir xil muvozanatni 
tartibga solishi. 
7) Gnostik malakalari: o'quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay 
olishi, o'z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz 
o'qiruvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan o'rganib borishi, psixologik va 
pedagogik adabiyotlardan to'g'ri foydalana bilishi, o'quvchilar xulq-atvorini 
mukammal o'rganishi. 
8) 
Ijodiy hislatlari: o'z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib 
borishi, o'quvchilarni tarbiyalashda o'z dasturini ishlab chiqishi va uni 
muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o'quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish 
qobiliyati, o'quvchilarga pedagogik ta'siri natijalarini oldidan ko'ra olishga intilishi. 
Psixolog olimlarning fikricha, ushbu professiogramma yosh o'qituvchilarga 
o'zlarinig kelgusida o'qituvchilik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy 
mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yordam beradi. Demak, o'qituvchi 
professiogrammasi ham pedagogik texnikani egallashning muhim xususiyatlaridan 
biri bo'lib, o'qituvchilarning o'z kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib 
borishiga va o'z kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. 
Bularning barchasi o'qituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga 
keladi. O'qituvchining pedagogik texnikasi-pedagogik faoliyatning tashkiliy shakli 
bo'lib, qo'l bilan tutib bo'llmaydigan, behad uzoq ijodiy izlanishlar va azob uqubatli 
kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat, o'qituvchirining fahm-farosati, bilimi va 
mahorati bilan amalga oshiriladigan qizg'in ijodiy mehnatining mahsulidir. 


Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashg'ulot tufayli aktyor yuksak 
cho'qqilarni egallaydi. O'zgalar obrazini mujassamlashtirishda u ma'lum bir 
qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qanday ijodkorlik, hatto pedagogik 
ijodkorlik ham ma'lum bir belgilangan qolipda shakllanishi kerak. U o'qituvchining 
ichki kechinmalari, tuyg'u-lari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin 
emas. Chunki, tarbiyalash san'atida o'qituvchining pedagogik texnikasi, ya'ni "bir 
qolipda"gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga aslo 
o'xshamaydi. Shuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnologiyalani 
muntazam bilishga intilish, o'qituvchi kadrlami tayyorlash va ularning malakasini 
uzluksiz oshirib borish o'qituvchining bir qolipdagi mehnat madaniyatini 
shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini doimiy oshirib borishiga 
qaratilgan. Ta'kidlash joizki, hali biror o'qituvchi oliy ta'lim muassasasini tugatib, 
yoki malaka oshirish kurslarida bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini 
mukammal biladigan tajribali o'qituvchi bo'lib qolgani yo'q. O'qituvchida 
pedagogik texnika ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatish jarayonida, o'quvchilar 
bilan yakkama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib boradi. 
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o'qituvchiga qo'yilayotgan javobgarlik 
hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasida 
olib borilayotgan islohotlarning yuksak natijalari bevosita o'qituvchilarning qizg'in 
mehnatlari samarasiga bog'liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh aviodni 
har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazishda o'qituvchining 
kasbiy bilimi, faoliyat texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga 
javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq o'qituvchining
ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar 
ustuvorligiga doimo e'tibor berib kelishi lozim. 


O'qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning 
ma'naviy merosini mustahkamlashga, o'quvcbilarning o'z imkoniyatlarini erkin 
namoyon qilishiga asoslangan bo'lishi shart. Shu ma'noda taniqli adib Tursunoy 
Sodiqova asarlarida hozirgi kun o'qituvchisiga qo'yiladigan "Murabbiylikning 
shartlari" oqilona berilgan: "...Siz insonlarning hech bir yo'q joydan" shoxini 
ko'kartirish", qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan 
bugunim yuksakroq qilish uchun bu ishga qo'l urdingiz. Ammo oldin biling: 
umringizni sarflab olib borayotgan harakallaringiz ro'parangizdagi o'quvchiga 
yoqayaptimi, yo'qmi? Bor gap shunda! Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga 
o'qigan odam murabbiy bo'lib qolmaydi. Ustozlikning o'ziga xos parhezlari, bosib 
o'tilmaydigan chegara chiziqlari bordir! Binnchidan, dilingizda ustoz—
murabbiyning yozilganu yozilmagan qomin-qoidalariga bo'ysunaman, degan 
Allohga qasamingiz bo'lsin! Ikkinchldan, niyatingiz sofbo'lsin! Men insonlami 
faqat yaxshilikka o'rgataman deng, orqamda o'z qo'lim bilan yaratilgan fayzli 
bog'lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan 
faqat savob ishlarga dahldor bo'lsinlar. Uchinehidan, haqiqiy murabbiy bo'laman 
desangiz, birovga biror narsa o'rgatishni astoydil hohlang va siz ilm oluvchiga 
nisbatan muhabbat qo'ying! 
Наr bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydilar! Shu 
ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bo'lsa, Tangri sizga shuncha ko'p uquv beradi, yer 
beradi, mushkullaringizni o'zi osonlashtiradi. Murabbiylikda ta'tilga chiqish, 
sog'ligi, kayfiyatiga qara bfaoliyatni to'xtatish, degangan yo'q. Yo'lda ham, cho'lda 
hum, hamma fasl, hamma manzilda, qo'yingchi, umringizning oxirgi nuqtasiga siz 
faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig'ingiz, har bir so'z, har bir ishorangiz 
odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir. 
Nazardan qolgan, qarg'ish olgan, loqayd murabbtylar tarbiya maskanlariga 
qadam bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo o'qituvchilikning nomi 
yuqmaydi, ro'shnolik ko'rmaydilar, falokatlari arimaydi, niyatlariga yetmaydilar. 
Chunki muqaddas kitoblarda "neki bersak, egallab turgan kasb koringizdan 
berarmiz" deb yozilgan. Kasbiga halollik buyuk ibodatdir". 


Adiba o'qituvchidan o'z kasbiga sadoqatli bo'lishm, fidoiylikni, yuksak 
ma'naviyatni, tinimsiz mehnatni, o'quvchilarga nisbatan mehr va muhabbatni, halol 
va pokiza bo'lishni talab qiladi. Bu aynan o'qituvchi pedagogik texnikasining ham 
muhim xususiyatlaridan biridir.

Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin