pedagogik
ma'lumotlarning
obrazini
"chiza"
olsa,
o'quvchilar
bundan
zavqlanadilar, ular ichki his tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun
ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika
gavdani
rost tutib yura bilish, qo'l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi,
rikrlarini aniq va to'liq bayon qilib qo'lini, boshini turli harakatlarda ifodalash
o'qituvchining o'zbilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun
o'qituvchining o'quvchilar oldida o'zini tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim,
{oyoqlari 12-15sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish).
O'qituvchining yurishi, qo'l va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan
holi bo'lishi kerak. Masalan: auditoriyada
orqaga oldinga tez-tez yurish, qo'llari
bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday
holallar dars davomida o'quvchilarning e'tiborini bo'lib, g'ashini keltiradi va
o'rganilayotgan fanga, o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg'otadi.
O'qituvchi mashg'ulot o'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi.
U yondan, bu yonga yurish talabalar fikrini bo'ladi. Old tomonga yurayotganida
o'qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar
o'qituvchini butut diqqatlari bilan eshitayotgan boiadilar.
O'qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o'z
hissiy holatini boshqara
olishi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot jarayonida
qizg'in kuzatuv ostida bo'ladi. Uning kayfiyatidagi o'zgarishlar pantomimik
harakatlarida namoyon bo'ladi. Shu tufayli o'quvchilarga ta'lim-tarbiyaviy ta'sir
ko'rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg'ulotlar paytida tarbiyaviy
ishlar jarayonida) o'z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo'lishi, umidbaxshlik,
xayrixohlik kayfiyatida bo'la olish qobiliyatlariga ega bo'lishi zarur. Pantomimik
harakatlar tizimi o'qituvchiga birdaniga paydo bo'ladigan ko'nikma emas.
Buning
uchun o'qituvchi o'z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida
kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olisbi darkor.
Chunki yillar davomida o'qituvchi o'zining har bir harakatiga moslashib uni
odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega bo'lgan
o'qituvchi o'z-o'zini nazorat qila oladi, ko'p yillik faoliyati davomida sog'lom asab
tizimini o'zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo'riqishlardan o'zim"
saqlay oladi.
O'qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish uchun
o'qituvchining
harakatlarida
aktyorlik
va
rejissorlik
malakalari
ham
mujassamlashgan bo'lishi lozim. Xususan, gumanitar fanlar o'qituvchilari aktyorlik
qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim. Ma'lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlar
haqida so'zlaganda aktyorlik, rejissorlik malakalari zarur. Ular o'qituvchiga
o'quvchilarning his-tuyg'u-lariga ta'sir ko'rsatishda,
mavzu qahxamonlariga
nisbatan hissiy-qadriyatli
munosabatda bo'lish tajribasini o'zlashtirisbiga
yordamlashadi.
Pedagogik texnik amalakalari o'qituvchining maxsus fanlar bo'yicha
bilimlarni egallash, pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish, o'z kasbiga
qiziqish, burch hamda mas'uliyatni his qilish asosida oshiriladi. Ular yoshlarni
o'qitish, tarbiyalash,
tashkil qilish, targ'ibot qilish, mustaqil bilim olishishlariga
yordam beradi.
O'qituvchining tashqi ko'rinishida nutq texnikasi, his-tuyg'ularini boshqara
olish, mimik va pantomimik malakalar bir qolipda mukammal olib borilganda
ko'zlangan maqsadga albatta erishiladi. Bunda so'z, gap ohangi, qarash, imo-
ishoralar, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda uddaburonlik,
osoyishtalik bilan
ziddiyatdan chiqish, voqelikni oldindan ko'ra olish va adolatli tahlil qilishga
asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar o'qituvchining shaxsiy,
individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Pantomimik
harakatlarni boshqarishda ham o'qituvchining individual pedagogik texnikasi,
yoshi, jinsi, mijozi, fe'1-atvori, sihat-salomatligi va anatomik-fiziologik
xususiyatlarini muhim ahamiyatga ega.
O'qituvchi avvalo tarbiyachi sifatida o'zida yuqoridagi malakalarni
shakllanishi, ularning mazmunini chuqur o'zlashtirib, pedagogik texnikani
egallashning imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Shunda u o'qituvchini
pedagogik mahorat sari etaklaydi.
Shunday qilib, o'qituvchining tashqi ko'rinishi
ham
pedagogik
texnikaning
muhim
xususiyatlaridan
biri
bo'lib
tarbiyalanuvchilarga ko'rib, eshitib turgan narsalarini erkin fikriash orqali, o'z
mulohazalanni mustaqil, cho'chimasdan o'qituvchiga yetkazish imkoniyatini
beradi. "Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni,
quvnoq yoki jahldor
bo'lishni bilishi lozim, u o'zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati,
yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin"-deb yozgan edi taniqli pedagog
A.S.Makarenko.
Dostları ilə paylaş: