Nutq uslublarida sinonimiya



Yüklə 29,94 Kb.
səhifə2/4
tarix25.09.2023
ölçüsü29,94 Kb.
#148614
1   2   3   4
NUTQ ma\'daniyati

Reja:

1. Voizlik kelib chiqish tarixi.
2. Xoja Muayad Mehnagiy va mavlono Riyoziy yetuk notiq.
3. Husayii Voiz Koshifiy-o’z zamonasining yetuk notig’i.

Notiqlik- o’tmish so’z san'atining eng va ommaviy barkamol natijalaridan bo’lib, bu san'atni musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. Shunga ko’ra nutq-va'z, notiq-voiz deb yuritilgan. O’rta Osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqi IX-XV asrlarda dunyo madaniyati taraqqiyotida oldingi saflardan biriga ko’tarila olgan edi. Umuman, o’rta asrlarda fan va madaniyatning rivojida Xorazmiy, Farog’iy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg’ariy, Navoiy kabi ulug’ siymolar katta hissa qo’shganlar. Bular yashagan davrni Sharq tarixida uyg’onish davri ham deb atalardi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot, san'at madaniyatimizning ravnaq topgan yillari bo’ldi. Adabiyot-san'at, fan va umuman, madaniyatimizning targ’ibotchilari bo’lgan bu allomalar ayni vaqtda voiz (notiq)lik san'atini ham yaratdilar. IX-X asrlar orasida yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy (837-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037) kabi yirik olimlarimiz faqat zamonlarining ilm-fani bilan chegaralanib qolmay, ayni vaqtda notiqdan bo’lganlar hamda notiqlikning tug’ilishi, shakllanishi va rivojiga ham katta e'tibor berganlar. Bulardan tashqari, XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan "Qobusnoma"da ham notiqlik san'ati haqida batafsil to’xtalib o’tilgan. Hatto muallifning ta'kidlashiga qaraganda, barcha hunarlar ichida o’z hunarini-notiqlikni ulug’laydi. Notiqlik juda uzoq tarixga ega, yana shu davr ichida u shakllanadi, o’zgardi va kamol topdi. Albatta, bu tarixiy jarayonda nasldan-naslga meros qolishga arzigulik an'analar ham yetib keldi. Sharq va xususan o’rta Osiyoda juda ko’plab notiqlar yetishib chiqdilar, faqat yetishib chiqdilargina emas, balki ular notiqlik asoslarini yaratib butun sharqqa, hatto, bu Jumladan: Voiz Muhammad Rafi'- "Abvobul jinon", Voiz Kazviniy "Zilolu maqol", Voiz Shirvoniy "Aksanul axoddis", Muhammad Bobur binni Muhammad Voiz "Hidoyatul-taqvim", Kuraysh Sindiy "Anisul-voizin", Mulla Kalon voiz, Samarqandiy "Ravzatul-voizin", Qozi Ushiy " Miftoxun-najjoh" ("So’zning kaliti") va boshqa bir qator mohir so’z ustalari o’zlarining risolalarini yaratib, notiqlik nazariyasi sohasida ham katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bularning har bir o’z tarixi, taqdiriga ega bo’lgan siymolardir. Voizlikning kelib chiqishi tarixi ham ancha qiziq nuqta Shveytsar olimi Adam Metsning ma'Iumotlariga ko’ra ilgari podshohlar el oldiga chiqib, davlat tuzumi, itoatkorlik, xalqaro ahvoldan diniy qoidalardan, o’z siyosatlari va boshqa mavzularda nutq so’zlab turganlar. Ularning nutq matnlarini esa, saroy xodimlari, yani devonul insho xodimlari yozib bergan. Ayniqsa, juma namozi kunlari ularning chiqib, nutq so’zlashlari shart bo’lgan. Vaqtlar o’tishi bilan bunday ishlarni maxsus so’z ustalariga topshira boshlaganlar. Jumladan, Mavlono Faxriddin Ali Safiyning "Latoyifut-tavoyif' asarida aytilishicha, Sulton Husayn Boyqaro bir kuni Sherozga, Shoh Shijo’ oldiga rasmiy davlat ishi bilan muzokara olib boorish uchun bir , vakil yubormoqchi bo’lgan. Arkoni davlat bilan maslahatlashib, Mavlona Irshoddan boshqa munosib kishi topa olmaydilar. Xullas Irshod borib, rasmiy ishlarni oz muddatda ijobiy hal etadi. Ammo, uning notiqlik mahoratiga qoil qolgan shoh Shijo’ Irshodga javob bermay, bir majlis qurib keyin ketishi mumkinligini aytib iltimos qiladi. Notiq majlisni juma kunga tayinlaydi. Boshqa odamlar qatori shoh va uning ayonlari masjidi Jomega yig’iladilar. o’sha kuni mavlono Irshod shunday ehtirosli nutq -so’zlaydiki yig’ilgan xaloyiq ho’ng-ho’ng yig’lay boshlaydi. Notiq hamma nutqqa berilib ketib yig’layotganini ko’radi. Shunda mavlono Irshod o’z notiqligining yana bir bunyodkor kuchini namoyish qiladi: u to’satdan shunday kutilmagan burilish yasaydiki, hamma birdaniga ko’z yoshi aralash qah-qah soladi. Shoh Shijo’ ham, yig’ilgan xaloyiq ham buyuk notiq Mavlono Irshodni hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo’ydilar, o’zbek xalqi orasida Mavlono Irshodga ham o’xshagan notiqlar juda ko’p bo’lgan. Ulardan biri Farg’onalik mashhur notiq Qozi Ushiy bo’lgan. U o’sh shahrida qozilik lavozimida ishlagani uchun qozi Ushiy taxallusiga ega bo’ladi. U xalq o’rtasida juda katta obro’ga ega bo’ladi. Yuqoridagi asarda yozilishicha, Erondagi Siiston viloyatining xalqi qattiq qo’lligi bilan dong chiqargan, hatto gadoyga ham non bermas ekanlar. Qozi Ushiy esa bu xalqning ko’ngil qulfini so’z kaliti bilan ochib yumshataman deydi. U Siistonga borib, bir ikki hafta shu xalq ichida yuradi, ularning ruhiy holatini o’rgandi. Shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi Jomeda katta, nutq so’zlaydi notiq bilan baravar xalqning fig’oni falakka ko’tariladi. Siiston xalqi topgan-tutganini minbar ostiga tashlaydi. Lekin Qozi Ushiy nutqi uchun hech kimdan haq olmasligini aytadi, buni eshitgan xalq notiqni yanada e'zozlaydi. Notiq, u xalqning xasis emasligini, aksincha oilyjanob ekanligini xalqning mehr xazinasini ochish uchun munosib kalit topa olish kerak ekanligini isbot etadi. Mutaxassis notiqlarni voizlar deb ataganlar. Ularning va'z matnlari odatda chiroyli va badiiy yuksak saviyada bo’lgan. Nutq matnlarining aksariyati nasriy she'r hatto she'riy shakllarda yozilgan. O’tmish sharq notiqlari orasida o’z zamonasining Demosfen va Sitseronlari juda ko’p bo’lgan. o’zbek va yunon san'atkor-mutafakkirlarining nutq talqinlari, ta'sirchanligi va notiqlik sanlati asoslari bo’yicha, olg’a surgan flkrlari jahon taraqqiyparvar notiqligining shu masalalaridagi talqinlarbilan hamohangdir.
Biz Alisher Navoiy tomonidan tilga olingan va ularning ijodi haqida fikr yuritgan notiqlardan faqat uch voiz haqida qisqa-qisqa ma'lumot beramiz. Xoja Muayyad Mehnagiy. U o’z zamonasining yetuk notiqlaridan bo’Iish bilan birga, oddiy mozor shayxlaridan bo’lgan. Alisher Navoiyning yozishicha, u "zohir ulumin takmil qilib erdi", ya'ni yuzadagi ilmlardan, o’ziga ayon bo’lgan fanlarning hammasini o’zlashtirgangina emas, balki uni to’ldirgan. Shuning bilan birga u o’z tinglovchilari qalbiga qo'l sola olgan, ularni faqatgina tinglovchilikdan, har birini faol fikr yurituvchi, va'z mazmuniga nisbatan faol munosabatda bo’luvchi ijodkor tinglovchilar darajasiga ko’tara olgan. o’z majlislarining qizg’in o’tishiga erisha olgan. o’sha davrlarda Xoja Muayyad kabi otash nafas notiqlar soni juda kam bo’lgan. Shuning uchun ham ular nomi ulkan adiblar nomi qatorida tarix sahifasidan sharafli o’rin olgan. Uning ijodiy mahorati boshqa notiqlar uchun namuna bo’la oladi. Chunki, u o’sha davrdagi mavjud fanlarning barchasini to’la o’zlashtirgan donishmand olimdir. Muayyad kabi, mahorat va bilimga ega bo’lgan har bir notiq o'z tinglovchilari qalbini larzaga keltirishi, ularni hayajonga sola olishi turgan gap. Ana shunday qudrat-zakovati tufayligina sultonlar, podshohlar ham uning mahorati, is'tedodi oldida bosh ekkanlar. Mavlono Riyoziy Zova deb atalgan viloyatda o’sdi ulg’aydi.


Yüklə 29,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin