481
Transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish hisobi maxsus shakldagi buyurtma-
topshirig‘i hujjati asosida yuritiladi. Buyurtma-topshirig‘i korxonaning to‘rtburchak
va dumaloq shakldagi muhri bilan tasdiqlanadigan, qattiq talabdagi hisobot hujjatlari
qatoriga kiradi, ko‘rsatiladigantransport-ekspeditsiya
xizmatlari hisobi oldindan
bajarilib, muddati belgilangandan keyin buyurtma-topshirig‘i agent (dispetcher)
tomonidan uch nusxada rasmiylashtiriladi. Buyurtma-topshirig‘ining birinchi nusxasi
haydovchiga, uchinchi nusxasi buyurtmachiga beriladi. Ikkinchi nusxani agent
(dispetcher) o‘zida qoldirib hisobotga biriktirib qo‘yadi. Aholiga ko‘rsatilayotgan
transport-ekspeditsiya xizmati haqi ta’sir qilayotgan yagona tariflar bo‘yicha naqd
pulga olinadi.
Aholiga transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish korxonalari va agentliklarini
tashkil etish uchun savdo markazlarining joylashish va ularning tovar aylanish hajmi
aniqlanadi. Aholi turar joyi qurilishining o‘sish istiqboli
aholining turar joylarini
almashtirishi,shahardan tashqarida dala hovlilari berilishi va oila budjeti kabi statistik
ma’lumotlar transport-ekspeditsiya xizmati hajmini aniqlash uchun kerakli bo‘lib
hisoblanadi.
Transport ekspeditsiya xizmatiga bo‘lgan talablar buyurtmachi mijozlar bilan
uchrashuv va konferensiyalarni o‘tkazish orqali aniqlanadi. Ushbu yig‘ilish va
konferensiyalarda maxsus shakldagi so‘rov varaqalari mijozlarga tarqatiladi. Olingan
ma’lumotlar qayta ishlanadi va tahlil qilinadi.
Transportekspeditsiya xizmatini ko‘rsatish binosida
buyurtma qabul qilish va
rasmiylashtirish zali va ishchilar uchun xonalar bo‘ladi.
Aholiga transport-ekspeditsiya ko‘rsatishda reklama katta ahamiyatga ega.
Reklamada ko‘rsatiladigan transport-ekspeditsiya xizmati turi,
qulayligi va afzalligi
tog‘risidagi ma’lumotlar yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: