Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm
2. Universal(bortli) avtomobil va samosval (o‘zi ag‘daruvchi yoki o‘zi ortuvchi) avtomobillardan foydalanish Samosval
avtomobilini
ishlatishda
yukni
tushirish
jarayoni
mexanizatsiyalashadi, o‘zi ortqich avtomobillar (samapogruzchiklar) qo‘llanilishida
esa yuklarni ortish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalash hisobiga, bunday
operatsiyada ishlovchilar mehnati engillashtiriladi.
Samosval va o‘zi ortuvchi avtomobillardan foydalanishda uning ortish va
tushirish operatsiyalarida turish vaktlarining keskin qisqarishi va tashish jarayonining
o‘zida esa ko‘proq bo‘lishi hisobiga ular unumdorliklari anchaga oshadi.
Samosval yoki o‘zi ortg‘ich avtomobillarining qo‘llanilishi o‘rnatilgan ortg‘ich
yoki samasval mexanizmlarining ayni bazadagi avtomobilga nisbatan yuk ko‘tarish
qobiliyatining kamayishi hisobiga ular unumdorligini kamaytiradi. Demak,
avtomobilning ortish va tushirish operatsiyasida turish vaqtining kamayishi hisobiga
uning unumdorligi oshsa, yuk ko‘tarish qobiliyatini bir muncha kamayishi esa
ularning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samosval yoki o‘zi ortuvchi
avtomobillarni qaerda ishlatish maqsadga muvofiqligini aniq bilish lozim.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, universal bortli avtomobil va samasval
avtomobillarini ishlatishning shunday tashish masofasi borki, unda ular
unumdorliklari o‘zaro teng bo‘ladi. Bunday masofani teng baholi masofa deb ataladi.
Demak, universal bortli avtomobil va samasval yoki o‘zi ortuvchi avtomobillarni
o‘rtasidagi tanlovni yuqorida keltirilgan teng baholi masofani aniqlashga qaratiladi.
Teng baholi masofani aniqlashda transport vositalarining bir soatli
unumdorligidan foydalanamiz.
Universal bortli avtomobillarda «b» indeksini va samosval avtomobillarda esa
«s» indeksini ishlatamiz.
Demak, universal bortli avtomobil uchun: