596
33-mavzu:Haydovchilar mehnatini tashkil qilish
Reja
1.
Haydovchilar mehnatini
tashkil qilish
2.
Oylik ish jadvalini tuzush
3.
Bitta avtomobilga ikkita haydovchi biriktirilish grafigi
4.
Haydovchilarniig ish rejimlari
Haydovchilar ishi ko‘p g‘ayrat va diqqat talab qiladigan juda mas’uliyatli ish
hisoblanadi. Haydovchilar ishini rejalashtirish va tashkil qilishda mehnat va dam
olish tartibiga qattiq amal qilish kerak. Haydovchining
ish vaqti transportni
tayyorlash va ishni tugallashga sarflanadi.
Tayyorlov-tugallash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
– yo‘l varaqalarini tayyorlash;
– avtomobil asboblarini olish va topshirish;
– avtomobilga yoqilg‘i va sovituvchi suyuqlik quyish;
– dvigatelga moy quyish, uni ishga
tushirish va qizdirish;
– avtomobilning texnik holatini tekshirish;
– avtomobilni belgilangan joyga olib borib qo‘yish va hokazolar.
Haydovchining tayyorlov-tugallash ishlarini bajarishi uchun kundalik tibbiy
ko‘rikni hisobga olib, smenani topshirish-qabul qilishga 0,38 soat vaqt ajratiladi.
Haydovchilar ishi mehnat qonunlari asosida tashkil qilinadi. Haydovchilarning
bir haftadagi ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Haftasiga 6 kunlik ishda
haydovchilarning ish vaqti 7 soat, dam olish va bayram kunlari oldidan 6
soatdan
oshmasligi kerak.
Avtokorxonada haydovchilar ishini tashkil qilishda faqat bir ish kunigina emas,
balki haftadagi ish vaqtida ham me’yorlangan vaqtga amal qilish ancha qiyin.
Shuning uchun ham ko‘pchilik holatlarda avtotransport korxonasi ma’muriyati
kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda haydovchiga boshqa ish kuni vaqtini
belgilaydi. Bunda smenadagi ish vaqti 12 soatdan oshmasligi lozim. Haydovchilar ish
vaqtini nazorat qilish uchun kunlik va oylik ish kuni hisobi yurtiladi. Yuk tashish
sharoitlarini hisobga olib avtotransport korxonalarida haydovchilar oylik ish kuni
hisobi keng tarqalgan. Oylik ish vaqti fondidan oshgan ish soatlari me’yordan oshgan
soatlar deb yuritiladi. Qonunda belgilanishicha, me’yordan
oshgan soatlar soni bitta
haydovchi uchun ketma ket 2 ish kuniga 4 soatdan, bir oyda 10 soatdan va yiliga 120
soatdan oshmasligi kerak.
Avtotransport korxonasi ma’muriyati haydovchilarga qonun asosida tushlik
vaqti, dam olish, bayram kunlari va mehnat ta’tiliga chiqarishni rejalashtiradi.
Haydovchilarning yo‘nalishidagi ishi bittalangan, ikkitalangan va smena almashinuvi
tamoyillari asosida tashkil qilinishi mumkin. Haydovchilar ish vaqtini ish grafiklari
yordamida rejalashtirish maqsadga muvofiq.
597
Haydovchilarni ishlatish va ular mehnatini tashkil qilish turiga ko‘ra
harakatlanuvchi tarkiblardan yo‘nalishda foydalanishning 1; 1,5; 2 va 3 smenali oylik
grafiklari tuziladi.
Oylik ish grafigini tuzishi uchun haydovchilarning ish kunlarini aniqlash kerak.
Haydovchilar ish kunlari oylik ish vaqti kunlik ish vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi.
Haydovchilar birinchi ikkinchi jami soatlar 182,7
Bunda: – rejalashtirilgan oylik ish vaqti fondi;
– avtomobilning smenadagi naryad vaqti;
Tt.t
– tayyorlov -tugallash vaqti.
Rejalashtirilgan oylik ish vaqti fondi quyidagicha aniqlanadi:
Bunda:
kk
– kalendar kunlari soni.
Kd
– dam olish kunlari soni.
Kb
– bayram kunlari soni. (
sm
– smena vaqti haftasiga 6 kunlik – 7 soat)
Kbo
– dam olish va bayram oldi kunlari soni.
Haydovchining oydagi haqiqiy ish vaqti fondi hisobi quyidagicha yuritiladi:
Haydovchining bir oydagi me‘yordan oshgan
soatlar hisobi quyidagicha
aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: