O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


-mavzu: Avtomobil transportida yuklarni bojxonadan



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə342/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

36-mavzu: Avtomobil transportida yuklarni bojxonadan 
o‘tkazishtartibi 
Reja 
1.
Yuk avtotransport vositalarining harakati
 
2.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi boʻyicha tushuntirish
 
3.
Bojxona tekshiruvi tartibi 
 
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tratib davrida 
O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga 
oshirishning vaqtinchalik tartibi belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “davlat bojxona xizmati organlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi pq-1595-son va “mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish va tovarlarni 
respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2013-
yil 29-yanvardagi pq-1913-son qarorlari bilan davlat bojxona xizmati organlari oldiga 
qo‘yilgan vazifalarni, shu jumladan respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishdek asosiy vazifalardan birini 
bajarish yuzasidan, shuningdek bojxona tartibotlarining ochiq-oshkoraligini yanada 
ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish, respublika hududi bo‘ylab tovarlar va kontrafakt mahsulotlar noqonuniy olib 
o‘tilishiga barham berish maqsadida vazirlar mahkamasi qaror
Yuk avtotransport vositalarining harakati alohida belgilangan davlat chegara 
o‘tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga 
koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar 
dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorida qayd etildi. 
Unga ko‘ra, alohida topshiriq bo‘lgunga qadar yuk avtotransport vositalarining 
harakati faqatgina quyidagi davlat chegara o‘tkazish punktlari orqali amalga 
oshirilishi belgilandi: 
- Afg‘oniston islom Respublikasi bilan – “termiz”; 
- Turkmaniston Respublikasi bilan – “olot”; 
- Tojikiston Respublikasi bilan – “sarosiyo”, “oybek” va “plotina”; 
- Qirg‘iziston Respublikasi bilan – “do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “vodil”, 
“chashma” va “oq qiya”; 
- Qozog‘iston Respublikasi bilan – “daut-ata”, “guliston”, “yallama”, “zangiota” 
va “toshkent”. 
Chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat olib boruvchi bojxona xodimi tomonidan 
kirib kelayotgan xorijiy yuk avtotransport vositalari haydovchilariga ularning 
harakatlanishi, to‘xtab turishi (avtoturargoh, texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish va 
x.k.), oziq-ovqatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan joylari ko‘rsatilgan yo‘nalishlar 
chizmasi taqdim etiladi. 


618
2020 yil 30 apreldan respublika hududiga kirib kelayotgan barcha yuk 
avtotransport vositalari chegara o‘tkazish punktlariga eng yaqin joylarda tashkil 
etilgan maxsus avtoturargohlarga yo‘naltiriladi va o‘sha yerda haydovchilaridan 
koronavirus infeksiyasiga test olinadi. 
Test natijalari e’lon qilingunga qadar avtotransport vositalari va ularning 
haydovchilari maxsus avtoturargohlarda bo‘ladilar. 
Test 
natijalari 
bo‘yicha koronavirus 
infektsiyasi 
aniqlanmagan 
taqdirda harakatni tasdiqlangan yo‘nalish chizmasi asosida davom ettirishga ruxsat 
beriladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin