Bunda, xalqaro tashuvlarni amalga oshirayotgan haydovchilar faqatgina maxsus kombinezon, bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplardan foydalangan taqdirdagina harakatni davom ettirishi mumkin . Test natijalari bo‘yicha koronavirus infektsiyasi aniqlangan hollarda haydovchi
o‘rnatilgan tartibda davolash muassasasiga olib ketiladi, agar ikkinchi haydovchi
bo‘lsa, u haydovchi statsionar karantinga joylashtiriladi.
Avtotransport vositasi to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilgandan so‘ng, boshqa (yuk
jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchining mazkur tashuvga aloqasi bo‘lmagan) haydovchi
tomonidan harakatlanishi davom ettirilishi yoki avtotransport vositasidagi yuklar
boshqa transport vositasiga bojxona nazorati ostida qayta yuklanib olib ketilishi
mumkin.
Bunda, avtotransport vositasi boshqa haydovchi tomonidan harakatlanishi davom ettirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona nazoratidagi tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq majburiyatlar avtotransport vositasini qabul qilgan haydovchiga yuklanadi . Xalqaro
yuk
tashuvchi
haydovchilar
respublika
hududida
taqdim
etilgan yo‘nalish chizmasiga muvofiq harakatlanishni amalga oshirishi lozim.
Respublika ichki hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy va
xorijiy tashuvchilarning belgilangan yo‘nalish chizmasi doirasida harakatlanishi va
to‘xtab turishlari ustidan tegishli vazirlik va davlat idoralari tomonidan nazorat
o‘rnatiladi.
Xalqaro yuk tashuvchi milliy haydovchilar belgilangan yo‘nalish doirasida
yukni manziliga yetkazib berganidan so‘ng o‘rnatilgan tartibda 14 kunga o‘zini
izolyatsiya qilish chorasini ko‘rishi shart.
Bunda, eksportga mo‘ljallangan yukni tashish talabi vujudga kelgan taqdirda,