35-mavzu:Yuk tashishni tashkil qilish. Boshlang‘ich tovar-transport
hujjatlari
Reja
1.
Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish
2.
Yo‘l varaqalarini to‘ldirish
3.
Tovar-transport hujjatlarini to‘ldirish
4.
Yuk qabul qiluvchidagi tovar-transport hujjatini to‘ldirish
Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish
Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil qilish murakkab jarayon
hisoblanadi. Yuk tashishni tashkil etish oldindan tuzilgan yillik va chorak rejalari
asosida amalga oshiriladi. Yuklarni tashishni tashkil qilish o‘z ichiga tashishga
tayyorgarlik ko‘rish va tashishni boshqarish, nazorat qilish, hujjatlarning aylanishini,
yuk tashish hisobi va hokazolarni oladi. Tashishni tashkil qilish darajasi tashish
jarayoni sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtotransport korxonalari bilan buyurtmachi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar
ta’sir qilayotgan asosiy me’yorlashtirilgan dalolatnomalar bilan boshqarilib boriladi
va bu munosabatlar tashish shartnomasida aks ettiriladi. Yuk tashishni tashkil qilish
qoidalari avtomobil transporti ustavida belgilangan bo‘ladi.
Harakatlanuvchi tarkiblarning ishi tonna va tonna kilometrda hisoblanadi.
Ayrim holatlarda tashishlar vaqtbay tarifda ishlovchi harakatlanuvchi tarkiblarda
bajariladi. Yuk tashishlar sharnomaga asosan buyurtmalar berish yo‘li bilan hisob
yo‘l varaqasi va tovar-transport hujjatlarida yuritiladi. Amalda yo‘l varaqasining 4-i
raqamli (ishbay); 4-v raqamli (vaqtbay); 4-sh raqamli (shaharlararo) shakllaridan
foydalaniladi.
Yo‘l varaqasining 4-i; 4-v; 4-sh shakllari ishbay va vaqtbay ta’riflarda
bajarilganda, 4-sh shaklidan shaharlararo yuk tashilganda qo‘llaniladi. Yo‘l varaqasi
tovar-transport hujjati bilan birgalikda harakatlanuvchi tarkib va haydovchining
ishini, ish haqini yuk tashish hisoblarini aniqlovchi birlamchi asosiy hujjat bo‘lib
hisoblanadi.
Tovar-transport hujjatiga asosan yuklar rasmiylashtiriladi. Ba’zi hollarda yuk
tovar xarakteriga ega bo‘lsa, tovartransport hujjati 2 nusxada yoziladi. Bu hujjatning
1-nusxasi yuk jo‘natuvchida qoladi, 2-nusxasini haydovchi yuk qabul qiluvchiga
topshiradi, 3-nusxa avtotransport korxonasida buyurtmachi tashkilot bilan hisob-kitob
qilishda asos sifatida qoladi, 4-nusxa va bajarilgan transport ishining hisobi maxsus
hujjatga rasmiylashtirilib, birgalikda buyurtmachi tashkilotga qaytalrib beriladi.
Amalda tovar-transport hujjatining 1-t va 2-tsh sonli shakllaridan foydalaniladi.
Tovar-transport hujjatining 2-tsh sonli shakli yuk avtoshohbekatlari tomonidan
shaharlararo yuk tashishda qo‘llaniladi. Avtomobil transporti ishini tashkil qilish
604
tizimida tashish va boshqa yordamchi ishlarni bajaruvchi barcha bo‘lim va bo‘linma
ishlari muvofiqlashtiriladi.
Tashish ishlari rejaga asosan va boshqarishni tashkil etish hujjatlari talablari
asosida bajarilishi lozim. Boshqarishni tashkil etish hujjatlari avtomobil transporti
korxonalari va mijozlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi. Bunday hujjatlar
qatoriga o‘zbekiston avtomobil transporti ustavi va uning ilovalari, «yo‘l harakati
xavfsizligi qoidalari», «avtomobil transporti korxonasi nizomi», shaharlararo yuk
avtomobillari harakat grafigi, shaharlararo yuk tashishni tashkil qilish qoidalari va
boshqalar kiradi.
Avtomobil transporti korxonasi ustavi yuk jo‘natuvchi va yuk qabul
qiluvchilarning o‘zaro munosabatini belgilovchi hujjat bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan
iborat;
1. Umumiy qoidalar.
2. Korxonaning maqsadi va vazifalari.
3. Korxonaning mulki.
4. Xo‘jalikning moliyaviy-ijtimoiy faoliyati, korxona foydasi.
5. Korxona mustaqilligi.
6. Korxonani boshqarish.
7. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish.
Avtotransport korxonalarining asosiy maqsadi: xalq xo‘jaligi va aholining
avtotransport xizmatiga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada to‘la
qondirishdan iborat. Bozor munosabatlaridagi xizmatlar marketingiga asoslanib
ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbolini belgilash, ishchi-xodimlarning ijtimoiy
sharoitlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishni yanada
rivojlantirish maqsadida uni zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash kerak.
Yo‘l varaqalarini to‘ldirish
Yo‘l varaqalarining rekvizitlarini to‘ldirish ushbu ko‘rsatmalarga muvofiq
ketmket bajariladi va hamma avtotransport korxonalari va xo‘jalik tashkilotlari uchun
ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar majburiydir. Avtomobil qabul
qilishni (chiqishda) va topshirishni (qaytishda) tasdiqlovchi imzolardan tashqari
hollarda haydovchining yo‘l varaqasini to‘ldirishda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Yo‘l varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun javobgarlikni avtokorxonalar rahbarlari,
shuningdek, gaz avtomobillarini ishlatishga javobgar va hujjatni to‘ldirishda ishtirok
etuvchi shaxslar o‘z zimmalariga oladilar. Yo‘l varaqasi haydovchiga berilguncha
avtokorxona nozimi yoki buning uchun vakolatli shaxs tomonidan quyidagi tartibda
to‘ldiriladi:
Yo‘l varaqasining old tomonida hujjatning nomi tagida uning berilgan sanasi
(yil, oy, kun) yoziladi, bu berilgan yo‘l varaqasining sanasi nozimlik jurnalida qayd
etilgan sanaga mos kelishi kerak.
«ish tartibi» qatorida ish tartibining kodi yoki nomi yoziladi (ish kunlarida
ishlash, xizmat safari, ish vaqtining umumiy hisoblash, ish vaqtini har kun hisoblash,
605
dam olish yoki bayram, shanbalik kunlari ishlash, jadval bo‘yicha yoki jadvaldan
tashqari ishlash va hokazo) va shunga ko‘ra haydovchiga ish haqi yoziladi.
«jamlanma, brigada» nomli qatorida avtomobil va haydovchi bo‘lgan jamlanma
va brigada bo‘yicha haydovchi va avtomobillarning ishini hisobga olish uchun xizmat
qiladigan jamlanma va brigadalarning raqamlari yoziladi.
«avtomobil » nomli qatorida avtomobilning davlat raqami va rusumi,
shuningdek, avtomobil ishini avtomatlashgan usulda hisobga olish uchun garaj
raqami yoziladi:
«haydovchi» nomli qatorida ushbu yo‘l varaqasi bo‘yicha ishlayotgan
haydovchining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, guvohnomasining
raqami va sinfi yoziladi.
«tabel raqami» qatorida haydovchining avtokorxonadagi raqami yoziladi.
«tirkamalar» qatoriga avtomobil bilan yo‘lga chiqariladigan tirkama va yarim
tirkamalarning rusumi, davlat va garaj raqamlari yoziladi. Bu qatorlarga joylarda
almashtirilgan tirkama va yarim tirkamalarning raqamlari yoziladi.
«kuzatib boruvchi shaxs» nomli qatorda topshiriqni bajarish uchun avtomobilni
kuzatib boruvchi shaxslar (yukchi, ekspeditor, stajyor va boshqalar)ning sharifi, otasi
ismining bosh harflari yoziladi.
«haydovchi va avtomobilning ishi» qatorida 2 va 3-ustunlarga jadval bo‘yicha
yo‘lga chiqadigan va qaytadigan avtomobilning chiqish sanasi (oy, kun) va qaytish
vaqti (soat va daqiqa) yoziladi.
«haydovchiga topshiriq» qatorida «kimning ixtiyoriga» nomli 16-ustunga
buyurtmachining talabi asosida avtomobil topshiriqlarni bajarish uchun kimning
ixtiyoriga borsa, o‘sha buyurtmachining nomi yoziladi.
«kelish vaqti» nomli 17-ustunga sharnoma shartlari bo‘yicha avtomobil
buyurtmachining talabi yoki ish jadvaliga ko‘ra buyurtmachiga kelish vaqti (soat,
daqiqa) yoziladi.
«yuk qayerdan olinadi» nomli 18-ustunda va «yuk qayerga olib boriladi» nomli
19-ustunda buyurtmachilarning talabi yoki shartnoma shartlariga muvofiq yuk ortish
va yuk tushirish joylarining manzili yoziladi.
«yukning nomi» nomli 20-ustunga buyurtmachining talabnomasiga asosan
yukni boshqa avtomobilga ko‘chirib ortiladigan va avtomobilni tashishga tayyorlash
(brezent, arqon, mustahkamlaydigan moslamalar va hokazo) va haydovchiga axborot
beradigan narsalarning nomlari yoziladi.
«yuk bilan qatnov soni» nomli 21-ustunga talabnoma yoki bir martalik buyurtma
asosida topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan yukli qatnovlar soni yoziladi.
«masofa» nomli 22-ustunga masofalar jadvali, joylar yoki xarita bo‘yicha
masofalarni o‘lchash dalolatnomalari asosida yuk tashish joylari orasidagi masofa
yoziladi.
Rekvizitlar haydovchiga axborot berish, yo‘lda nazorat qilish va talab etiladigan
yonilg‘i miqdori va boshqa hisoblarni belgilashga xizmat qiladi.
606
«tonnalarni tashish» nomli 23-ustunga buyurtmachiga olib borish lozim bo‘lgan
yuklar soni yoziladi.
«haydovchiga topshiriq» bo‘limida ko‘rsatilgan topshiriqni faqat avtokorxona
o‘zgartirish huquqiga ega. Ayrim hollarda buyurtmachi «ayrim belgilar» nomli
qatordagi yozuvlarga muvofiq topshiriqni o‘zgartirishi mumkin. Yo‘l varaqasining
old tomonidagi «yonilg‘i berilsin» qatoriga avvalgi kundagi ishdan qolganini hisobga
olib, topshiriqqa muvofiq, yonilg‘i berishga ruxsat etilgan. Yonilg‘i miqdori so‘z
bilan yoziladi.
«nozimning imzosi» nomli qatorga nozim, yo‘l varaqasining rekvizitlari to‘g‘ri
to‘ldirilganligi va haydovchining guvohnomasi borligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Garajdan chiqquncha yo‘l varaqasi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
«yonilg‘i sarflash» bo‘limida 7, 9-ustunlaridagi tegishli qatorlarga yonilg‘i
quyuvchi, yoqilg‘i moylash materiallarin bo‘yicha texnik yoki bunday shaxsning
vakili berilgan yoqilg‘i (benzinning rusumi va suyo‘ltirilgan gazning) miqdorini
yozib boradi. Yo‘l varaqasining old tomoniga tibbiy xodim qatnov oldidan tibbiy
ko‘rik o‘tkazib haydovchining sog‘lig‘i va uni avtomobilni boshqarishga ruxsat berib,
varaqada qayd etib, imzo chekib tasdiqlaydi.
«haydovchi va avtomobil ishi» bo‘limida «spidometr ko‘rsatkichi» nomli 5-
ustunga nazoratdan o‘tkazish joyi yoki texnika nazorati bo‘limi avtomobilni yo‘lga
chiqarishda spidometrning ko‘rsatishini yozib boradi.
«haqiqiy vaqti» nomli 6-ustunda shtamp-soat bilan avtomobilning garajdan
chiqqan haqiqiy vaqti qo‘yiladi. Shtamp-soat bo‘lmasa yoki buzilgan bo‘lsa vaqt
(kun, oy, soat, daqiqa) yoziladi. «yonilg‘i» sarfi bo‘limidagi «yo‘lga chiqishdagi
qoldiq» nomli 10-ustunga nazoratdan o‘tkazish joyi yoki texnika nazorati bo‘limi
yo‘lga chiqishda avtomobil bakida qolgan yonilg‘i miqdorini yozadi va bu ustunda
yozilganlarning barchasi to‘g‘riligini imzo qo‘yib tasdiqlaydi.
«mexanikning imzosi» nomli qatorda nazoratdan o‘tkazish joyi va texnik
nazorat bo‘limining mexanigi avtomobilni texnik jihatdan soz holda haydovchiga
topshirilganligini va garajdan chiqishga ruxsat berilganligini imzo qo‘yib tasdiqlaydi.
«haydovchining imzosi» nomli qatorga haydovchi avtomobilni texnik jihatdan
soz holatda qabul qilgani va ishlashga topshiriq olganligini imzo qo‘yib tasdiqlaydi.
Yo‘l varaqasi yo‘lda quyidagicha to‘ldiriladi: 4-ye raqamli «topshiriqni bajarish
tartibi» bo‘limida yuk jo‘natuvchi 24-ustunga bajarilgan ishning (qatnov) tartib
raqamlarini yozadi.
«tovar-transport hujjatiga ilova qilingan raqamlar» nomli 25-ustunga yuk
jo‘natuvchining ushbu qatnovga aloqador bo‘lgan barcha tovar-transport
hujjatlarining raqamlari yoziladi.
«kelish vaqti» nomli 26-ustunga haydovchi yo‘l varaqasini yuk jo‘natuvchi yoki
yuk oluvchiga chiqish darvozasi oldida yoki nazoratdan o‘tkazish joyi, yuk ortish
yoki yuk tushirish joyi (temiryo‘l bekatidan tashqari)da taqdim etgan vaqti (soat va
daqiqa) yoziladi. Chiqish darvozasi yoki nazoratdan o‘tkazish joyi bo‘lmaganda
607
ko‘rsatilgan ustun to‘ldirilmaydi, yuk ortish yoki yuk tushirish vaqti tovar transporti
hujjati (tth)da ko‘rsatiladi.
«imzo va muhr» nomli 27 ustunga yuk qabul qilib oluvchi yo‘l varaqasiga
yozilgan rekvizitlarning to‘g‘riligini tasdiqlab imzo qo‘yadi va muhr bosadi.
«avtokorxona belgilari» nomli 28-ustundan atk va aj avtomobil va tirkama
ishdagi qo‘shimcha hisoblash ko‘rsatkichlarini yozishda foydalanishi mumkin.
«yo‘lda turib qolish» bo‘limida texnik yordam ko‘rsatish xizmati xodimi yoki
uning vakili tegishli ustunlarda turib qolish kuni, vaqti (oy, kun, soat, daqiqa)ning
boshlanishi va tugashini yozadi, turib qolishi sababini imzo qo‘yib, shtamp bosib
tasdiqlaydi.
«ayrim belgilar» bo‘limiga yo‘l varaqasida ko‘zda tutilmagan ma’lumotlar
(davlat avtomobil nazorati organlarining belgilari, buyurtmachilarning avtomobil yuk
ortishdan voz kechganligi, yo‘l xizmati va boshqa belgilari) yoziladi. Avtomobil
garajga qaytganda yo‘l varaqasi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
«haydovchi va avtomobil ishi» bo‘limidagi 6-ustunga nazoratdan o‘tkazish
joyining mexanigi avtomobilning garajga qaytish vaqtini ( oy, kun, soat, daqiqa)
yozadi yoki shtamp-soat bilan belgilaydi va «spidometr ko‘rsatkichi» nomli 5-ustunni
to‘ldiradi.
«yonilg‘ining sarflanishi» bo‘limida texnika nazorati bo‘limi va nazoratdan
o‘tkazish joyining mexanigi «qaytgandagi qoldiq» nomli 11-ustunini to‘ldiradi va
uning ostiga imzo qo‘yadi.
«yonilg‘i sarflanishi» bo‘limida yonilg‘i moylash materiallari bo‘yicha texnik
yoki yonilg‘i quyuvchi haydovchiga yonilg‘i moylash materiallari uchun talon
berayotganda
«berildi» nomli 12-ustunni to‘ldiradi va uning tagiga imzo qo‘yadi.
«topshirdi» nomli qatorga haydovchi avtomobilni nazoratdan o‘tkazish joyining
mexanigiga uni soz holatda topshirganini tasdiqlab imzo qo‘yadi. Nazoratdan
o‘tkazish joyining mexanigi
«qabul qilindi» nomli qatorga imzo qo‘yib, «haydovchi va avtomobil ishi»
bo‘limining «qaytish» qatorida 5 va 6-ustunlarning to‘g‘ri to‘ldirilganligini va
haydovchidan avtomobilning texnik tomondan soz holatda qabul qilganligini
tasdiqlaydi.
Haydovchi yo‘l varaqasini nozimiga yoki korxona, tashkilot, muassasaning ish
bo‘yicha vakiliga topshirgandan so‘ng bu hujjat quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
«haydovchi va avtomobil ishi» bo‘limida «nol masofa» nomli ustuniga masofa
jadvali bo‘yicha garajdan birinchi yuk ortish joyigacha bo‘lgan masofa va yuk
tushirish joyidan garajgacha bo‘lgan masofa yoziladi.
«yonilg‘i sarflanishi» bo‘limdagi «me’yorning o‘zgarish koeffitsienti» nomli 13
ustunga avtomobilning kun bo‘yi bajargan ishi uchun bitta umumiy yonilg‘i sarflash
normasi o‘zgarishi koeffitsienti,
608
«maxsus uskunalarning ish vaqti» nomli 14-ustunga yonilg‘i sarflash normasini
oshirayotgan avtomobil ishi bilan bog‘liq bo‘lgan va
«dvigatelning ishlash vaqti» nomli 15-ustunga yo‘l varaqasiga ilova qilingan tth
asosida tegishli ma’lumotlar yoziladi, shuningdek, maxsus uskunalarining ishlash
vaqti va alohida sharoitda ishlatishda (dvigatel, yuk ortish-tushirish mexanizmlari ishi
va hokazo) dvigatel ishining qo‘shimcha vaqti yoziladi. Bu rekvizitlar yonilg‘i
sarflashning qo‘shimcha me’yorlarini belgilash uchun zarurdir. Nozim ushbu
rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tegishli ustun tagiga imzo qo‘yib tasdiqlaydi.
«topshiriqni bajarish tartibi» bo‘limidagi 24-ustunga qatnovlarning umumiy
soni, «tth soni » nomli qatorga esa topshirilgan tovar-transport hujjatining umumiy
soni yoziladi. Topshirilgan va qabul qilingan tovar-transport hujjatining umumiy soni
uchun yo‘l varaqasining orqa tomonidagi
«haydovchi topshirdi» qatoriga haydovchi, «nozim qabul qildi» qatoriga esa
nozim imzo qo‘yadi. P raqamli shakldagi yo‘l varaqasining «haydovchiga topshiriq»
bo‘limidagi «kimning ixtiyoriga » nomli 16-ustunda buyurtmachining talabnomasi
yoki bir martalik buyurtmachi asosida nozim avtomobil topshiriqni bajarish uchun
ixtiyoriga beriladigan buyurtmachining nomi va manzilini yozadi, 17- va 18-
ustunlarga reja bo‘yicha kelish va ketish vaqti, 19-ustunga rejadagi soati va 20 -
stunga rejadagi qatnovlarning soni yoziladi. 4-v raqamli shakldagi yo‘l varaqasining
«haydovchiga topshiriq» bo‘limidagi «kimning ixtiyoriga» nomli 16-ustunda
buyurtmachining talabnomasi yoki bir martalik buyurtmasi asosida nozim avtomobil
topshiriqni bajarish uchun ixtiyoriga beriladigan buyurtmachining nomi va manzilini
yozadi, 17-18-bo‘limlarda reja bo‘yicha kelish va ketish vaqti, 19-ustunga ishning
rejadagi soati va 20-ustunga rejadagi qatnovlarning soni yoziladi. 4-v raqamli
shakldagi yo‘l varaqasida buyurtmachining qirqib oladigan taloni bo‘lib, atk va
ajning transport xizmatiga haq to‘lash uchun asos sifatida taqdim etiladi.
Buyurtmaning qirqib olinadigan talonida haydovchi topshirgan yo‘l varaqasiga
asosan tegishli qatorlarga yo‘l varaqasining raqami va berilgan vaqti, harakatlanuvchi
tartkib, yuk tashuvchi avtokorxonaning nomi, kelgann avtomobil va tirkamaning
rusumi haqida davlat raqami yoziladi.
«buyurtmachi» nomli qatorga avtomobildan foydalanishga mas’ul bo‘lgan
tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning ismi, familiyasi va otasi ismining bosh
harflari yoziladi.
«vaqt» nomli qatorda avtomobilning buyurtmachiga kelgan va bu yerdan ketgan
vaqti ko‘rsatiladi. «spidometr»nomli qatorda avtomobilning buyurtmachiga kelgan va
u yerdan ketgan paytdagi «spidometr» ko‘rsatkichi yoziladi. «1gh» ilovasi nomli
qatorga tth raqamlari yoziladi, uning bir nusxasi yo‘l varaqasiga ilova qilinadi va
ularning umumiy soni ko‘rsattiladi. Vaqtbay tarif bo‘yicha haq to‘lanadigan ish
uchun berilgan avtomobil yo‘l varaqasiga tth ilova avtomobil ishiga haq to‘lash
shaklini o‘zgartirish uchun asos bo‘la olmaydi.
609
«qatnov soni» qatoriga bajarilgan qatnovlarning umumiy soni yoziladi.
«buyurtmachining imzosi va shtampi» nomli qatoriga yo‘l varaqasining tegishli
qatoriga rekvizitlar to‘ldirishning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tasdiqlab, buyurtmachi
imzo qo‘yadi va shtamp bosadi.
«topshiriqni bajarish» bo‘limida buyurtmachi har kuni bir qatnov bo‘yicha
harakat yo‘nalishining qayerdan qayerga borishini yozib boradi va bu yozuvlarni o‘z
imzosi bilan tasdiqlaydi. 4-sh shaklidagi yo‘l varaqasining «nazoratdan o‘tkazishi
joyi», tranpsort ekspeditsiyasi korxonasi boshqarmasi, nozim nazorati joyi va «yuk
avtobekati» bo‘limida avtokorxonaning nozimi, 27-ustunga avtomobil qatnaydigan
yo‘ldagi nazorat joyi dam olish va tunash joylarining nomlari, shuningdek, haydovchi
avtomobilga yuk oladigan transport ekspeditsiyasi korxonasining boshqarmasi, nozim
nazorati joyi va yuk avtobekati, shu jumladan, yo‘nalishda yuradigan
avtomobillarning nomlari yoziladi; 28. 1 – ustuniga ularning jadval bo‘yicha yurish
sanasi va vaqti yoziladi. – tekb, nnj yoki yuab nozimi 28. 2-ustuniga nazorat joyi,
dam olish va tunash joylaridan o‘tish vaqti va sanasi yoziladi; jadvaldan chiqishi
aniqlanadi va
«farqlanish» nomli 28. 3-ustuniga yoziladi, 28. 4-ustuniga imzo qo‘yiladi va
shtamp bosiladi; raqami (xalqaro) shakldagi yo‘l varaqasining asosiy qismi 4-m
shaklidagi yo‘l varaqasi singari to‘ldiriladi.
«avtotransport korxonasini to‘ldiradi» nomli bo‘limning «avtomobilning bekor
turib qolish vaqti» nomli kichik bo‘limiga yuk ortish, tushirishda turish sanasi (oy va
kun) va bunga ketgan vaqti (soat va daqiqa), avtomobilning texnik tomondan
buzuqligi bo‘yicha dam olish, o‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar hududida qaytishda
boshqa sabablarga ko‘ra turib qolishlar yoziladi. «soat» nomli kichik bo‘limdagi
tegishli ustunlarga ishda, harakat paytida, bekor bo‘lgan vaqt (hammasi, shu
jumladan, texnik buzuqligi sababli ) yoziladi.
«yo‘l yurish, km» nomli kichik bo‘limdagi tegishli ustunlarga avtomobilning
haqiqiy umumiy yurgan yo‘li (kilometr hisobida), shu jumladan, yuk bilan (hammasi
va shu jumladan xorijiy hududda ) yurishi yoziladi. «tashilgan tonnalar» kichik
bo‘limidagi tegishli ustunlarga amalda tashilgan yuklarning hammasi (shu jumladan,
xorijiy hududda) yoziladi.
«bajarildi» (tkm) nomli kichik bo‘limdagi tegishli ustunlarga haqiqiy bajarilgan
tonna kilometr, shu jumladan, xorijiy hududda bajarilgani yoziladi. «yonilg‘i» nomli
kichik bo‘limdagi tegishli ustunlarga o‘zbekiston respublikasi hududida olingan
yonilg‘i (dizel, moyi, benzin)ning shifri, aniq miqdori va xorijiy davlatlar hududidagi
hisoblash usullari (dkv, minod, petrodeks, gv va naqd pulga olish) yoziladi.
«yonilg‘i» kichik bo‘limdagi tegishli ustunlarga barcha olingan yonilg‘i,
moyning aniq miqdori, yo‘lga chiqishdagi qoldig‘i, qaytishdagi qoldig‘i, aniq
sarflanishi, formula bilan sarflanishi, yonilg‘i moyini tejash(+), yoki ortiqcha sarflash
(-) yoziladi.
Yo‘l varaqalari ikki usulda qayta ishlanishi mumkin:
610
* ehmni qo‘llash bilan avtomatlashtirilgan usulda.
* qo‘lda yozib.
Ehmda avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlanadigan yo‘l varaqalari,
axborotlarni kodlash (ustunlarni to‘ldirish) dan iborat bo‘lgan dastlabki qayta
ishlashdan o‘tadi. Yo‘l varaqalarini avtomatlashgan usulda qayta ishlashda ehmdan
olingan mashinagramma ma’lumotlari yo‘l varaqalari blankalariga o‘tkazilmasligi
mumkin. Bunda mashinagramma «avtomobil va tirkamalar ishi natijalari» nomli
tasdiqlangan bo‘lim ko‘rsatkichlariga mos ko‘rsatkichga ega bo‘lishi lozim.
«avtomobil va tirkamalar ishi natijalari» bo‘limida sarflangan yonilg‘i sarflash
avtomobilning umumiy yurgan yo‘li va uning bir kun (smena)dagi ishida bajarilgan
tonna kilometr bo‘yicha belgilanadi.
Ishga yakun chiqarishda avtomobillarning ayrim rusumlari uchun tasdiqlangan
norma bo‘yicha haqiqiy sarfxarajatlar yo‘l varaqasida ko‘rsatiladi. Avtomobilning
ishda bo‘lgan vaqti uning garajdan chiqishidan garajga qaytishgacha bo‘lgan vaqti,
ovqatlanishi va dam olish uchun ketgan vaqtini (avtotransportga tegishli nizomga
muvofiq) chiqarib tashlab, soat hisobida belgilanadi. Yo‘lsizlik, texnik buzuq va shu
kabi sababli bir kunlik bekor turish uchun ketgan vaqt ishdagi soatlardan chiqarib
tashlanadi.
Harakatdagi vaqt ish paytidagi va bekor turib qolishdagi vaqtning farqini tashkil
etadi. Bekor turib qolishda ketgan vaqt yuk ortish va yuk tushirish, avtomobilning
yo‘lda buzilishi, shina almashtirish, yo‘lning noqulayligi va boshqa sabablar bilan
bekor turilgan vaqtni qo‘shish bilan belgilanadi. Yuk ortish va yuk tushirishda turib
qolish vaqti, tovar va transport hujjatida ko‘rsatilgan bekor turish haqidagi yozuvlar
bo‘yicha belgilanadi.
Texnik buzuqlik va boshqa sabablarga ko‘ra bekor turib qolish vaqti yo‘l
varaqasining «yo‘lda bekor turib qolish» bo‘limidagi yozuvlar bo‘yicha
belgilanadiyuk ortish va tushirishda turish, me’yordan ortiq turib qolish va texnik
buzuqlikdan kelib chiqqan bekor turishlar alohida belgilanadi. Yuk bilan qatnov soni
dastlabki yuk ortish joyi bilan oxirgi yuk tushirish joyi o‘rtasidagi yuk bilan barcha
qatnovni hisoblash yo‘li bilan belgilanadi. Oxirgi yuk ortish va tushirishlarni bajarish
tovar transport hujjatlaridagi yozuvlar bo‘yicha belgilanadi. Yuk bilan yurilgan
masofa tthda ko‘rsatilgan barcha yuk bilan yurilgan masofalar yig‘indisiga teng
bo‘ladi. Yuksiz yurilgan masofa umumiy yurilgan masofa bilan yukli yurilgan
masofa o‘rtasidagi farqni tashkil etadi. Avtomobilning umumiy yurgan yo‘li
spidometrning garajdan chiqishidagi ko‘rsatkichi bilan garajga qaytib kelganidagi
ko‘rsatkichi o‘rtasidagi farqiga to‘g‘ri kelishilozim. Avtomobilda tashilgan yukning
umumiy miqdori tovar transport hujjati bo‘yicha belgilangan manzilga tashilgan
yukning miqdorini hisoblash orqali belgilanadi. Tonna-kilometrlar har bir qatnovda
tashilgan yukning miqdorini (og‘irligini) yuk ortish va yuk tushirish joylari
o‘rtasidagi har bir qatnov masofasiga ko‘paytirish orqali belgilanadi.
611
Yuk avtomobili bir kunda (smenada) bajargan tonnakilometrning umumiy
miqdori yuk bilan barcha qatnovdagi tonna kilometrlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Haydovchilarning ish haqi barcha yo‘l varaqalariga ilova qilingan tovar-transport
hujjatlaridagi «narxni belgilashda» aks ettirilgan ma’lumotlarga asoslanib
ko‘rsatiladi.
Tovar-transport hujjatlarini to‘ldirish
Yuk jo‘natuvchining TTHini quyidagilar to‘ldiradi:
– yuk jo‘natish uchun tayinlangan mas’ul shaxs (sotuvchi, ta’minot bo‘limining
xodimi va boshqalar);
– tovarlarni jo‘natish uchun moddiy javobgar shaxs (omborxona mudiri,
omborchi va boshqalar);
– narxlarni tthning tovar bo‘limi boshqa moliyaviy ma’lumotlarni to‘g‘ri
qo‘llash uchun ma’sul bo‘lgan xodimlar.
Yuk jo‘natuvchilarda tovarlarni yuklab jo‘natish jarayonining xususiyatiga ko‘ra
yuk ortish mas’uliyati, boyliklarni jo‘natish uchun moddiy javobgarlik va yuk ortish
ma’lumoti tthning jadval bo‘yicha o‘z imzosi va tamg‘asi bilan tasdiqlangan tthda
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning yetarligi uchun javobgar bo‘lgan shaxsga yuklatilishi
mumkin.
Tth blankalarida yuk jo‘natuvchilar quyidagi rekvizitlarni to‘ldirishi shart:
– tovar-transport hujjatining sarlavha qismida, ushbu hujjatning berilgan vaqti
ko‘rsatiladi;
– buyurtmachi (to‘lovchi) qatorida tth ma’lumoti bo‘yicha transport ishi uchun haq
to‘laydigan tashkilotning nomi yoziladi, «yuk jo‘natuvchi» va «yuk qabul qiluvchi»
qatorga tovar moddiy boyliklarning hujjatlarida sanab o‘tilgan yuk jo‘natuvchi
(hisobdan chiqaruvchi va yuk oluvchi kirim qiluvchi) tashkilotlarning nomi yoziladi.
«jo‘natuvchi joyi» va «tushirish joyi» nomli qatoriga ortish va tushirish joylarning
nomlari yoziladi.
«yuk haqida ma’lumotlar» bo‘limida 1 dan 7 gacha bo‘lgan ustunlar yuk
oluvchiga yuklab jo‘natiladigan tovar-moddiy boyliklar har birining alohida nomi va
miqdori, shuningdek, ularning qiymati haqida ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Yuklarni
konteynerlarda tashishda 3 ustunda «konteynerlar»ning raqamlari va miqdori
ko‘rsatiladi.
Yo‘riqnomaning 8-bandiga muvofiq tthga ilova qilingan tovar bo‘limi sifatida
ixtisoslashtirilgan shakl rasmiylashtiriladi, bunga asosan omborxona, tezkor
buxgalteriya hisobi olib boriladi va tovar-moddiy boyliklar hisobdan chiqariladi va
kirim qilinadi. Bunday holatlarda tth «yuk to‘g‘risida ma’lumotlar» bo‘limining 1, 2,
4, 5, 6 va 7-ustunlari to‘ldirilmaydi. Ko‘rsatilgan ustunlarning ochiq qolgan
qatorlarida ixtisoslashtirilgan shaklning nomi, raqami va ularni yozib borish vaqti
ko‘rsatiladi.
«hammasi bo‘lib shuncha pullik tovar berildi» nomli qatorga yuklab jo‘natilgan
tovarlarning umumiy qiymati so‘z bilan yoziladi,
612
«jo‘natishga ruxsat beruvchi» nomli qatorda tovarmoddiy boyliklarni
jo‘natishga mas’ul bo‘lgan hujjatdagi yozuvlarning to‘g‘riligi uchun imzo qo‘yuvchi
va yukni oluvchiga jo‘natish uchun ruxsat beruvchi mansabdor shaxs ko‘rsatiladi.
Tovar-transport hujjatining sarlavha qismiga quyidagilar yoziladi:
«yo‘l varaqasining raqami» nomli qatorga yo‘l varaqasining raqami yoziladi.
«avtokorxona» nomli qatorga haydovchi taqdim etgan yo‘l varaqasi asosida
harakatlanuvchi tarkibda yuk tashiyotgan avtokorxonaning nomi yoziladi.
«haydovchi» nomli qatorga haydovchining ismi-sharifi yoziladi. «avtomobil» va
«tirkama» qatorlariga yuk ortish uchun kelgan avtomobil va tirkamalarning rusumi
hamda davlat raqamlari yoziladi. «yuk haqida ma’lumotlar» bo‘limida old
tomonidagi yozuvlar asosida quyidagi rekvizitlar to‘ldiriladi: «yuk bilan keluvchi
hujjatlar» nomli 8-ustunga tovartransport hujjatiga ilova qilinadigan hujjatlar
(temiryo‘l nakladnoylari, sertifikatlar, guvohnomalar va boshqalarning raqamlari va
nomlari yoziladi. Haydovchi ekspeditor ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilishi va uni
yuk bilan birga yuk oluvchiga topshirishi shart. «o‘ram turi» nomli 9-ustunda yuk
tashiladigan idishlar turi (masalan, «yash», «korz» «boch», «pak» va sh. K)
qisqartirilib yoziladi.
Tashish uchun o‘ralmagan holda olib kelingan yuklar qisqartirilgan holda,
«o‘rin» deb yozib qo‘yiladi. «o‘rinlar soni» nomli 10-ustunda 1-ustunda keltirilgan
har bir yukning alohida egallagan joyining soni yoziladi va har bir o‘ram bo‘yicha
ham yoziladi.
Yuklar konteynerlarda tashilayotganida ana shu ustunga konteynerlar soni
ko‘rsatiladi. Yuklar tagliklarda, paketlarda bo‘lsa paketlar soni ko‘rsatiladi.
Yuklar sochiluvchan holda bo‘lsa shunga mos belgi yozilib, joy soni ko‘rsatilmaydi.
«og‘irlikni aniqlash usuli» nomli 11-ustunda yukning og‘irligi qanday usulda
belgilanganligi yoziladi. Yuklar tarozida tortilganida tarozining turi («tov torozi»)
«avt. Tarozi» va sh. K ko‘rsatilishi lozim. Agar barcha yuklar standartga ko‘ra
o‘lchangan yoki chamalab ko‘rilgan bo‘lsa, shu ustunga tegishli yozuv yoziladi. 12
va 13-ustunlar avtokorxona tomonidan to‘ldiriladi. «bruttoog‘irligi tonna» nomli 14
ustunga yukning og‘irligi yoziladi, tthning tovar bo‘limida ham shundaym og‘irlik
aks ettiriladi.
Yukning og‘irligi tonna hisobida 0. 01 tonnagacha aniqlik bilan tashilayotgan
yuklarning turlari va yukning umumiy og‘irligi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Yuklar bir tovar
transport hujjati bo‘yicha talonlar bilan tashilib, bir necha qatnov rasmiylashtirilgan
bo‘lsa, «qatnov soni» nomli qatorda qatnovlarning umumiy soni ko‘rsatiladi. Tthning
transport bo‘limidagi qatorlarida haydovchiekspeditor va tovarlarni jo‘natuvchi
moddiy javobgar shaxs o‘rtasida yukni topshirish va qabul qilish aks ettiriladi,
plombaning (yuklar konteynerlarda, sisternalarda va sh. K plombalangan holda
tashilganda) namunasi yoki plombaning raqami ko‘rsatiladi, yuklar o‘rnining yoki
konteynerlarning umumiy soni so‘z bilan yoziladi, ushbu tovartransport hujjati
bo‘yicha tashishga berilgan yuklarning umumiy og‘irligi 0,01 tonnagacha aniqlikda
613
(so‘z bilan)yoziladi. «topshirish» nomli qatorga yuklarni tashishga bergan yuk
jo‘natuvchi vakilning lavozimi, ismi sharifi va otasining ismi yoziladi. Ana shu
qatorda shu vakilning imzosi va yuk jo‘natuvchi korxonaning tamg‘asi va muhri
qo‘yilib tovar transport hujjatida yozilgan barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligi
tasdiqlanadi, shuningdek, yukni tashishga bergan yuk jo‘natuvchi tomonidan shu
tartibda rasmiylashtiriladi, yozuvlar bo‘lmagan ustunlarga chizib qo‘yiladi,
«haydovchi ekspeditor qabul qildi» nomli qatorda yukni tashishga qabul qilgan
haydovch ekspeditorning ismi sharifi, otasining ismi yoziladi va bu qatorga imzo
qo‘yadi. U mana shu qatorga tashish uchun qabul qilgan yuklarning egallab turgan
joylari soni, konteynerlarning soni plombalarning raqamini yozib, o‘z imzosi bilan
tasdiqlaydi. Haydovchi-ekspeditor tthning barcha nusxalarida tashish uchun yuk
jo‘natuvchidan qabul qilgan yuklarni ozma ravishda tasdiqlaydi. Tovar-moddiy
boyliklarni tashish uchun yuk oluvchining ishonch qog‘ozi bilan qabul qilayotgan
shaxs «yukni oldim» nomli qatorga oluvchi uchun imzo qo‘yadi. Bu vaqtda yuk
jo‘natuvchi ishonch qog‘ozini kim bergani, raqami va berilgan vaqtini ko‘rsatadi.
Keyingi qatorga yuk ortish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs yuk jo‘natuvchidan olingan
ma’lumotlarni tushiradi. «yuk ortish-tushirish jarayoni» bo‘limida «yuk ortish» nomli
qatorda quyidagi rekvizitlar yoziladi: «ijrochi nomli» 15-ustunga yuk ortish
jarayonini bajaruvchi tashkilotlar (avtokorxona, tovar bekati, yuk jo‘natuvchi,
ixtisoslashgan tashkilot va sh. K. )ning nomlari yoziladi. «usul» nomli 16-ustunda
ortish usuli(qo‘lda mehanizatsiya bilan, qo‘yib, bunkerdan va sh. K.) Ko‘rsatiladi. 18
va 19-ustunlar «sana va kelish vaqti» hamda «sana va ketish vaqti»deyilib,
avtomobilning yuk ortishga kelishi va bu yerdan ketish vaqti: yil, oy, kun, soati,
daqiqasi yozilib, tamg‘a, muhr mas’ul lavozimdagi shaxsning imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Yuk ortish uchun kelish vaqti haydovchining yo‘l varaqasini kirish darvozasi
yoki nazorat o‘tkazish joyidagi yuk jo‘natuvchi tashkilotning tovar jo‘natish uchun
mas’ul kishiga ko‘rsatgan vaqti hisoblanadi. Avtomobilning yuk ortishdan ketish
vaqti tovarni jo‘natish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning tovar-transport hujjatini
imzolab haydovchiga bergan vaqti hisoblanadi. Agar bir qatnovda yuk bir necha
tovar-transport bilan yuklanadigan bo‘lsa, yuk ortish uchun kelish vaqti ulardan
birinchisi va ketish vaqti oxirgisi hisoblanib, qolganlari tth ning tegishli ustunlariga
yozilib, ochiq qolganlariga chizib qo‘yiladi. Yuk talonlar bo‘yicha tashilsa va bir
necha qatnov bitta tovar transport hujjati bilan rasmiylashtirilsa, 18-ustundagi «yuk
ortish uchun kelish vaqti» ushbu tovar-transport hujjati bo‘yicha birinchi qatnovdagi
yuk ortish uchun kelish vaqti yoziladi, 19-ustunga esa oxirgi qatnovdagi ketish vaqti
yoziladi. Bir vaqtning o‘zida 20-ustunga avtomobilning yuk ortish va yuk tushirishda
turgan vaqtining umumiy yig‘indisi ko‘rsatiladi. «qo‘shimcha jarayonlar» nomli 21,
22 ustunlarda yuk ortishda bajarilgan qo‘shimcha jarayonlar (tortish, tahlil, qayta
hisoblash va sh. K) har birining soni va uni amalga oshirish uchun ketgan vaqt
ko‘rsatilib, yozib qo‘yiladi.
614
«transport xizmati» nomli qatorda yuk ortishda haydovchi tomonidan
ko‘rsatilgan transport xizmati (yukni o‘rash, bog‘lash, brezent bilan yopish, axborot
xizmati va boshqalar), ularning soni ko‘rsatilib, sanab o‘tiladi. Yuk jo‘natuvchida
ortish va sanab o‘tilgan rekvizitlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun mas’ul bo‘lgan
shaxs 23 ustundagi «mas’ul shaxs imzosi» nomli ustunga imzo qo‘yadi. Yo‘lda
yurayotganda tovar-transport hujjatini to‘ldirish. Agar yo‘lda yurayotganda yuk
manzilini o‘zgartirishga zarurat tug‘ilsa, yoki yuk tashishga oid dalolatnoma
tuzishiga ehtiyoj tug‘ilsa, bu haqda haydovchida bo‘lgan tovar-transport hujjatining
barcha uchta nusxasining orqa tomonidagi «manzilni o‘zgartirish» yoki «dalolatnoma
tuzish to‘g‘risida belgi» nomli qatorga qayd etiladi. Yukning borish joyini
o‘zgatirishda «yuk oluvchi» va «yuk tushirish joyi» nomli qatorlaridagi rekvizitlar
ustiga chizib qo‘yiladi (chunki, ularni o‘qish mumkin bo‘ladi) va «manzilni
o‘zgartirish» nomli ustunga yangi yuk oluvchining rekvizitlari qo‘yiladi, shuningdek,
manzil kim tomonidan o‘zgartirilganligi, farmoyish raqami ham yozib qo‘yiladi. Bu
xil yozuvlarning hammasi avtotransport korxonasining vakili bo‘lgan haydovchining
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jo‘natishga oid dalolatnoma tuzishida «dalolatnoma tuzish haqida belgi»
ustuniga dalolatnoma raqami tuzilgan sana va nima to‘g‘risida tuzilganligi (masalan,
joyning yetishmasligi haqida, «plomba buzilganligi to‘g‘risida» va h.k.) Yozib
qo‘yiladi. Yo‘lda ketayotganda yukni boshqa avtomobilga yuklangan holatda
«haydovchi», «avtokorxona» va «avtomobil» nomli qatorlardagi avvalgi rekvizitlar
chizib tashlanadi (chunki ularni o‘qish mumkin bo‘ladi) va avtomobil va haydovchi
to‘g‘risida yangi ma’lumotlar, shuningdek, avtotransport korxonasining rekvizitlari
qo‘yiladi. Bu yo‘nalish yukni boshqa avtomobilga ko‘chirishga rahbar bo‘lgan
xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi. Shu bilan birga yukni bir haydovchi
ekspeditordan boshqa haydovchi ekspeditorga olib berish haqida belgilangan tartibda
dalolatnoma tuziladi, bu haqda «tuzilgan dalolatnoma haqida belgi» nomli qatoriga
tegishli belgi qo‘yiladi.
Yuk qabul qiluvchidagi tovar-transport hujjatini to‘ldirish
Yukni yuk oluvchiga yetkazib bergandan keyin haydovchi ekspeditor tovar
transport hujjatining uchta nusxasini yuk qabul qiluvchi tashkilotning, yukni qabul
qilishga javobgar vakiliga topshiradi, bu vakil o‘z navbatida kopirka qog‘oz
yordamida ketma-ket to‘rtinchi, uchinchi, ikkinchi nusxalarini tthning orqa tomonini
(transport bo‘limi) tegishli rekvizitlar bilan to‘ldirishi shart. «yuk, yukni ortish va
tushirish ishlari» bo‘limida «yuk tushirish» qatori quyidagi rekvizitlar bilan
to‘ldiriladi
«bajaruvchi» nomli 15 qatorda yuk tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning nomi
(avtokorxona, yuk qabul qiluvchi yuk avtobekati, ixtisoslashgan tashkilot va sh. K)
yoziladi, yuk tushirish ishlarini bajargan mexanizmning nomi va uning tavsifi (bir
vaqtda ko‘tariladigan yukning og‘irligi, ekskavator cho‘michning sig‘imi va h.k)
yoziladi.
615
«usul»
nomli
16-qatorda
yuk
tushirish
usuli
yoziladi
(qo‘lda,
mexanizatsiyalashgan, quyish ag‘darma mashina bilan va h.k.). 18, 19-qatorlarda
avtomobilning yuk ortishga kelgan va yuk ortilgandan keyin ketgan vaqti (soat va
daqiqalari) yoziladi yoki shtamp-soat bilan belgilab qo‘yiladi va 20-qatorga yuk
ortish paytidagi turgan vaqti yoziladi. Yuk tushirish ishlari haydovchiga
rasmiylashtirilgan tovar-transport tegishli ravishda hujjati berilgandan keyin
tamomlangan hisoblanadi. «qo‘shimcha jarayonlar» qatoridagi 21, 22-ustunlar yukni
tushirish va qabul qilishda bajarilgan qo‘shimcha jarayonlar (tortish, hisoblash, tahlil
va sh. K) har qaysi jarayon bo‘yicha miqdorini ko‘rsatish bilan sanab o‘tiladi.
«javobgar shaxsning imzosi» nomli 23-qatorda yuk qabul qiluvchiga yuk tushirish
uchun javobgar vakili tegishli qatorlarning, shuningdek, yuk tushirishda haydovchiga
ko‘rsatilgan xizmatlar (har bir xizmat bo‘yicha miqdorini ko‘rsatish bilan), sanab
o‘tiladigan «transport xizmatlari» qatoridagi yozuvlarning to‘g‘riligini o‘zining
imzosi bilan tasdiqlaydi. Tthning transport bo‘limida haydovchi ekspeditor bilan
tovarlarni qabul qiluvchi moddiy javobgar shaxs o‘rtasidagi qabul qilishni topshirish
aks ettiruvchi qatorlarida, yetkazib berilgan yukning tamg‘alangan namunasi (yoki
raqami) ko‘rsatiladi. Yuk qabul qiliuchiga yuk konteynerlarda, furgonlarda,
sisternalarda
tamg‘a
ostida
yetkaziladigan
hollarda
yuk
joylarining
va
konteynerlarning umumiy soni (so‘z bilan), shu tovar-transport hujjati bilan
yetkaziladigan yukning umumiy og‘irligi (tonna hisobida 0,01 t gacha aniqlikda) so‘z
bilan yozib ko‘rsatiladi. «qabul qildi» qatorida yukni qabul qilgan moddiy javobgar
shaxsning lavozimi, ismi, sharifi, otasining ismi yoziladi va shu qatorning o‘zida
uning imzosi va yuk oluvchi korxonaning shtampi bilan yukning qabul qilinganligi
tasdiqlanadi. «haydovchi-ekspeditor topshirdi» qatorida haydovchi o‘z imzosi bilan
yukni yuk oluvchiga topshirilganini tasdiqlaydi.
Avtokorxonada tovar-transport hujjatini to‘ldirish
Yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchining imzolari va muhrlari bilan
tasdiqlangan tovar-transport hujjatining uchinchi va to‘rtinchi nusxalari yo‘l varaqasi
bilan birgalikda haydovchi tomonidan avtokorxona nozimiga topshiriladi.
Avtokorxona tth ning sarlavha qismida:
– «buyurtmachi kodi», «yo‘nalish raqami», «tirkamalarning garaj raqami»
qatorlari to‘ldiriladi,
– «yuk tashish usuli» qatorida yuk tashish turlarini hisobga oluvchi yuk tashish
usulining nomi yoziladi.
«yuk haqida ma’lumotlar» bo‘limining 12, 13- qatorlarida yukning kodi va
klassi yoziladi. «boshqa ma’lumotlar» bo‘limda quyidigalar yoziladi:
– 24, 25, 26, 27 va 28-qatorlarda yuk tashish masofasi yo‘llarni guruhlarga
bo‘lish bilan;
– 29-qatorda yukni jo‘natish kodi;
– 30 va 31-qatorlarda transport buyurtmachisidan haydovchiga ko‘rsatilgan
transport xizmati uchun berilishi lozim bo‘lgan pul va ko‘rsatilgan transport
616
xizmatlari
kodlari.
– 32 va 33-qatorlarda haydovchining ish haqini to‘g‘rilovchi koeffitsientlar
yoziladi (haydovchi ish haqini nizomlarga binoan yuk tashish sharoitlariga muvofiq
o‘zgartirish uchun).
«narxni hisoblash» va «narxni belgilash» bo‘limlarida avtokorxonaning narx
qo‘yuvchi xodimi berilgan tovar-transport hujjati bo‘yicha avtomobil xizmatlari
narxini va haydovchining ish haqini hisoblaydi.
1.
Yuk tashishni tahlil qilish qanday ishlarni o‘z ichiga oladi?
2.
Yo‘l varaqasining qanday shakllari mavjud?
3.
Tovar-tranport hujjatining qanday shakllari mavjud?
4.
Avtotransport korxonasi ustavi nechta bo‘limni o‘z ichiga oladi?
5.
Yo‘l varaqasida qanday nomli qatorlar yoziladi?
6.
Yuk jo‘natuvchining tovar-transport hujjati qanday to‘ldiriladi?
7.
Tovar-tranport hujjatining sarlavha qismida nimalar yoziladi?
|