Transport va logistika tizimi
- transport va logistika infratuzilmasi ob'ektlari va
sub'ektlari to‘plami, ular orasidagi moddiy, moliyaviy va axborot oqimlari bilan birga,
tovarlarni tashish, saqlash, taqsimlash funktsiyalarini bajaradi, shuningdek tovar
oqimlarini axborot va huquqiy qo‘llab-quvvatlaydi.
Transport va logistika tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi
faoliyatining
maqsadi
:
Foyda va likvidlik bilan foyda ko‘rinishida ifodalanadigan moliyaviy maqsadlar;
Alohida birliklarning umumiy unumdorligi va unumdorligi bilan ifodalanadigan
ishlab chiqarish va texnik maqsadlar, ishlab chiqarish jarayonida alohida davrlarni
minimallashtirish;
Texnik samaradorlik, ya'ni ishlab chiqarishning texnik parametrlari va
resurslarning intensivligi va boshqalar.
Transport elementlari
logistika tizimi
yuk egalari va tovarlarni etkazib berish
jarayonini ta'minlaydigan har xil transport turlari bo‘lishi mumkin. Bunday holda,
terminal tizimlari alohida ahamiyatga ega.
Transport-logistika tizimlarini yaratish potentsial sheriklar, shu jumladan
raqobatchilar (transportning har xil turlari, ekspeditorlik tuzilmalari va boshqalar) bilan
integratsion aloqalarni rivojlantirishni nazarda to‘tadi.
Transport faoliyati barqarorligini oshirish uchun hozirgi vaqtda xarajatlarni
kamaytirish, transport jarayonini boshqarishni takomillashtirish, mehnat, moliyaviy va
moddiy resurslar me'yorlarini asoslab berish muammolarini hal qilish zarur. Raqobat
muhitida transport integratsiyasining yangi shakllarini izlash alohida ahamiyatga
ega,
bojxona organlari
, ekspeditorlar, yuk egalari va yuklarni etkazib berish logistika
zanjirining boshqa ishtirokchilari.
631
Yangi transport-logistika tizimlarini yaratishda va ularning ishlash jarayonini
modellashtirishda mulkni boshqarishda "reaktiv" emas, balki "faol" usulni qo‘llash
kerak. Bunday holda, infratuzilmani boshqarishda transport-logistika tizimlarini
rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollari hisobga olinadi va nafaqat transport
bozoridagi vaziyat o‘zgarishiga reaktsiya. Strategik rejalashtirish vazifasiga transport
oqimining pasayishi paytida ekspluatatsiya xarajatlarining pasayishi va qayta ishlangan
yuk oqimlari hajmining oshishi paytida ishonchlilikning oshishini ta'minlaydigan
standartlarni aniqlash ham kiradi.
Transport xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi qonunlar va me’yoriy
hujjatlar tizimi
Transport faoliyati turli ko‘rinishdagi va turli shakllarga ega bo‘lgan
mulkchilikdagi va jismoniy shahslar va korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni
qamrab oladi.
Aniq transport turlariga taalluqli milliy huquq normalariga transport ustavlari va
kodekslari kiradi. Hozirgi kunda davlatimizda quyidagi ustav va kodekslar mavjud:
Avtomobil transporti nizomi;
Temiryo‘l transporti nizomi;
Havo transporti kodeksi.
Halqaro aloqalarda har bir transport turi bo‘yicha ko‘p sonli halqaro bitimla
rtuzilgan bo‘lib, u transport konvensiyalari deb nomlanadi.
Temiryo‘l transporti. Temir yo‘l transportida quyidagi asosiy konvensiya va
bitimlar amal qiladi:
Temir yo‘l transporti dahal qarotashishlar haqida konvensiya (1980 y.);
Temir yo‘l transportida halqaro yuktashish haqida bitim (1953 y.);
Chegara orqali yuk larni temir yo‘lda tashishni osonlashtirish haqidagi halqaro
konvensiya (1952 y.) Va boshqalar.
Temir yo‘l transporti samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatda temir
yo‘llar halqaro ittifoqi (mejdunarodniy soyuz jeleznыx dorog- msjd) muhim
ahamiyatga ega. U 1992 yilda genuyeda halqaro iqtisodiy konferensiyaning qarori
bilan yaratilgan. Msjdning maqsadi - halqaro yo‘nalishlarda tashishlarni amalga
oshiruvchi temir yo‘llarni qurish sharoitlarini yahshilash, ularni muvofiqlashtirish va
standartlashtirish, milliy temir yo‘l ma’muriyatlari bilan aloqani yahshilashdan iborat.
Avtomobil transporti. Avtomobil transportida quyidagi asosiy konvensiya va
bitimlar amalqiladi:
1956 yilda jenevada imzolangan yuklarni halqaro tashish shartnomasi haqidagi
konvensiya;
1973 yilda imzolangan avtomobillarda halqaro yuk va passajirlarni tashish
shartnomasi haqidagi konvensiya;
1975 yildagi halqaro avtomagistrallar haqidagi yevropa bitimi;
632
1957 yilda imzolangan va 2003 yilda qayta tahrirdan o‘tkazilgan havfli
yuklarni halqaro yo‘llarda tashish haqidagi yevropabitimi (dopog);
1975 yilda yuklarni tashishda halqaro yo‘llarda tashish kitobchasini qo‘llash
haqidagi bojhona konvensiyasi (mdp).
Bmt yevropa iqtisodiy komitetining ichki transport komiteti (komitet
povnutrennomu transportu – kvt) 1948 yilda barcha turdagi ichki transportlar
sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Unga barcha bmt
yevropa iqtisodiy komitetiga a’zo davlatlar a’zo hisoblanadi.
Ichki transport komitetining faol ishtiroki va yordami bilan halqaro tashuvlarni
soddalashtirish, unifikasiyalash va milliy me’yorlarni yahshilash borasida birqator
konvensiya va bitimlar, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Faqatgina avtomobil transporti
sohasida ichki transport komiteti 40 ga yaqin halqaro konvensiya va bitimlar, tv
konstruksiyasi haqidagi 50 yaqin qoidalar ishlab chiqilgan.
Ichki transport komiteti faoliyatida halqaro avtomobillar harakati va yuk hamda
passajirlarni tashishni tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar yoritib berilgan. Bmt
yevropa iqtisodiy komitetining ichki transport komiteti tomonidan ishlab chiqilgan va
maqabulqilingan me’yoriy hujjatlar asosida halqaro aloqalarda yuk va passajirlarni
tashish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar tuziladi.
Avtomobil transporti halqaro ittifoqi (mejdunarodniy soyuz avtomobilnogo
transporta – msat) ga 1948 yilda yevropa avtomobil yo‘llari va avtomobil transporti
assosiasiyasi tomonidan asos solingan. Uning shtab-kvartirasi jeneva shahrida
joylashgan. Msatning asosiy maqsadi – avtomobillarda tashuvchilarning manfaatlari
asosida avtomobillarda halqaro tashuvlarni rivojlantirishga imkoniyat yaratishdir.
Msatga 45 ta davlatning 150 dan ortiq assosiasiyalari kiradi. Uning asosiy
yo‘nalishlari:
Halqaro avtomobillarda tashuvlarda davlat cheragalaridan o‘tish, soliq va
yig‘imlarni qisqartirish yoki bekor qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini
yahshilash, haydovchilar ishi va dam olishini tashkil etish va boshqalar;
Muvofiqlashtirish va milliy va halqaro transportni rivojlantirish bo‘yicha
tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash;
Ma’lumot va ahborotlarni materiallarini yaratish;
Avtomobillarda halqaro tashish masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalarini, msat
a’zolari haqidagi ma’lumotnomalarni nashr qilish.
Avtomobillarda halqaro yuklarni tashishda tijorat shartlarini aniqlash va tartibga
solishda yuklarni halqaro yo‘llarda tashish shartnomasi haqidagi konvensiya
(konvensiya o dogovore mejdunarodnoy dorojnoy perevozki gruzov – kdpg) asosiy
hujjat hisoblanadi.
Bu konvensiya bmt yevropa iqtisodiy komitetining ichki transport komiteti
doirasida 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 25 ta davlat ishtirok etadi. Kdpg
ning amaliy masalalari bilan msat shug‘ullanadi.
633
Konvensiya avtomobillarda yuklarni tashishni tartibga solishda oliy yuridik
kuchga ega bo‘lgan halqaro shartnoma hisoblanadi. Unga yevropaning barcha
davlatlari va osiyo hamda afrikaning bir qator davlatlari a’zo.
Bu konvensiyaning amal qilish doiralari: tashuvchining javobgarligi, tashish
shartnomasini tuzish va bajarish, e’tiroz va da’volar, bir nechta tashuvchilar orqali
tashishni tashkil etish va boshqalar.
Havo transporti. Havo transporti xx asrning boshlarida paydo bo‘lib, u
passajirlarni, pochta va yuklarni mamlakatlar va dunyoning yirik shaharlari orasida
muntazam tashishlarni amalga oshirib kelmoqda. Tahminan 40 yil ichida halqaro
liniyalarda passajirlarni tashish deyarli 42 baravarga ortdi.
Havo transporti sohasida katta avtoritetga ega bo‘lgan halqaro tashkilot grajdan
aviasiyasi halqaro tashkiloti hisoblanadi. Bu tashkilot 1947 yilda chikago
konvensiyasi asosida bmt tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unga 150 davlat a’zo
bo‘lgan. Shtab-kvatirasi monreal shahrida joylashgan.
Uning asosiy vazifasi:
Havo huquqi bo‘yicha halqaro konvensiya loyihalarini va boshqa hujjatlarni
tayyorlash;
Standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, havo navigasiyasi havfsizligi turli
muammolarini va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab
chiqish;
Havo transporti bo‘yicha konkret muammolarni o‘rganish va natijalarni
manfaatdor davlatlarga taqdim etish.
Bundan tashqari “halqaro tranzit havo aloqalari haqida”, “halqaro havo tashuvlar
haqida va “halqaro havo tashuvlariga taalluqli ayrim qoidalarni unifikasiya qilish
haqida” gi konvensiyalar ham amal qiladi.
Ekspeditorlik va agentlik korxonalarida da’vo ishlarining tashkil etilishi
Yuklarni tashish va transport xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq ekspeditorlik va
agentlik tashkilotlarida shartnoma-huquqiy ishlar tijoratni amalga oshirishda
firmaning mavqyeida alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksi yuklarni tashish shartnomasining bajarilishi, agentlik yoki
ekspeditorlik xizmatlari bilan bog‘lik talablarni sud va arbitrajlik organlari orqali
tartibga solishni ko‘zda to‘tadi.
Kodekslarda va nizomlarda yuklarni tashishnida yuzaga keluvchi nizolarda
tashuvchiga nisbatan da’vo qilish majburiyati ko‘zda tutilgan.
O‘z vaqtida bir tomondan ikkinchi tomonga taqdim etilmagan yoki qonuniy
noto‘g‘ri taqdim etilgan da’vo yuk jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchini, ya’ni sud yoki
arbitrajga shikoyat qilishdan mahrum etadi.
Transportda qo‘llaniladigan da’vo – bu yuk jo‘natuvchi, qabul qiluvchi yoki
ekspeditor tomonidan tashuvchiga tashish bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmaganligi
uchun haq to‘lashdir. Agar tashuvchi tashish bajarilmasdan oldin uni sifatli bajarish
majburiyatidan o‘zini mustasno qilsa, ya’ni transport hujjatlarida yoki boshqa
634
shartlarga ko‘ra (masalan, yukning massa yoki holatiga nisbatan “sifati va miqdori
noma’lum”) da’vo ishlari ko‘rib chiqilmaydi.
Transport kodekslari va nizomlarda yuk jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va
tashuvchilarning turli ko‘rinishdagi talablariga ko‘ra ularning da’volarini ko‘rib
chiqish va qondirish uchun tartib va muddatlari ko‘rsatilgan qoidalar ishlab chiqilgan.
Har qanday transport korxonasida shartnoma-huquqiy xizmatdan tashqari shikoyat va
e’tirozlar xizmati ham tashkil etilishi, unga yurist emas, balki korxona mansabdor
shahslaridan biri mas’ul etib tayinlanishi kerak, chunki yuk jo‘natuvchi, qabul
qiluvchi va tashuvchilar bilan ular o‘zaro aloqada bo‘ladilar.
Kodeksga muvofiq da’vo yozma ravishda taqdim etilishi, tashuvchi esa uni
olgandan so‘ng e’tirozni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa ikki haftadan
so‘ng uni ko‘rib chiqmasdan qaytarish huquqiga ega.
Ekspeditorlik topshiriqnoma (dalolatnoma) sini rasmiylashtirish
Tijorat dalolatnomasini tuzishdan maqsad yuk jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va
tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi buzilganda moddiy javobgarlikka asos
bo‘ladigan holatni tasdiqlashdan iborat.
Bu dalolatnoma quyidagi holatlarda tuziladi:
Dostları ilə paylaş: |