O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Xt 
quyidagi formuladan aniqlanadi: 
Bunda: 

– Yuk hajmi;
Ta
– taglikning bir sutkadagi aylanish vaqti
Ke 
– taglikning ekspluatatsiyada bo‘lish kuni; 
Qt 
– taglikning yuk ko‘taruvchanligi, t; 
Γ
– taglikning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish koeffitsienti. Tagliklarning 
sof og‘irligi tashilayotgan yuk og‘irligining 4–5% ni tashkil qiladi. Tagliklarni ishlab 
chiqarish va ekspluatatsiya qilishga xarajat kam bo‘ladi. 
Yuklarni konteynerlarda va paket usulida tashish samaradorligi 
Konteyner va paket usulida yuk tashishda xalq xo‘jaligi katta iqtisodiy samaraga 
erishadi. Bu yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash, tara materiallarini tejash 
va shu kabi ishlar natijasida hosil qilinadi. Yuk ortish-tushirish jarayonini 
mexanizatsiyalashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik yuk turi va jarayonlar soniga 
bog‘liq bo‘ladi. Konteyner va paket usulida foydalnilganda yuk ortish-tushirish vaqti 
taxminan uch marta, tashish xarajatlari 4–5 marta kamayadi. Konteyner va paket 
usulida tashishda yuklar yaxshi saqlanib, isrof bo‘lishri keskin qisqaradi. Masalan, 
bortli avtomobilda shisha idishlardagi yuklar tashilganda 15–20% isrofgarchilikka 
yo‘l qo‘yilsa, konteynerlar qo‘llaganda 1,5% dan oshmaydi. Yuk tashishda konteyner 


657
va yog‘och tagliklar ishlatilganda tara xarajatlari qisqarib omborxona binolaridan 
foydalanish samarasi ortadi. 
Tagliklarni qo‘llaganda olinadigan katta iqtisodiy samaraga oldindan paketlar 
hosil qilib qo‘yish natijasida erishiladi. Buning uchun yuk jo‘natuvchi va yuk qabul 
qiluvchi tashkilotlarda kerakli ortish-tushirish mexanizmlariga ega bo‘lgan tagliklarni 
joylashtirish va tushirish maydonlari bo‘lishi kerak. Qisqa masofaga tagliklarda yuk 
tashilganda eng kata iqtisodiy samara hosil qilinadi. Paket usuli yuk tashishda 
qo‘llanilganda faqat iqtisodiy samaraga erishilmay, balki ortish-tushirish va 
omborxona ishlarida avtomatik boshqarish tizimini joriy qilishga imkoniyat paydo 
bo‘ladi. 
Iqtisodiy samarani aniqlashda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan 
foydalanishning kamayishi, yuksiz konteyner va tagliklarni tashish xarajatlarini 
hisobga olish kerak bo‘ladi. 
Paket usulida tagliklar yordamida yuk tashish iqtisodiy samaradorligi quyidagi 
formuladan aniqlanadi: Bunda:
Bt 
– taglik bahosi, so‘m;
Xt.t.h
– taglikni ta’mirlash xarajatlari, so‘m;
Ta
– taglikning aylanish vaqti, yil; 
Km 
– taglik ishlash muddati, yil;
Γ
– taglikning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish koeffitsienti;
Ke 
– taglikning ekspluatatsiya qilish kuni. 
Konteynerlarda tashish samaradorligi 1 tonna yukni konteynerda va 
konteynersiz tashish haqini taqqoslash bilan aniqlanadi. Buning uchun 1 tonna yukni 
konteynerlarda 
tashish 
umumiy 
xarajatlari 
quyidagicha 
hisoblanadi. 
Sk = Sot + St ltu + Xe
Bunda: 
Sot 
– 1 tonna yukni ortish-tushirish haqi, so‘m; 
St 
– 1 tonna yukni tashish haqi, so‘m; 
Ltu 
– yukni tashish uzunligi; 
Xe 
– 1 tonna yukni tashishga to‘g‘ri keladigan konteynerlarni ekspluatatsiya 
qilish xarajatlari, so‘m. 
Transport jarayoni o‘z ichiga yuk ortish, tashish va tushirish ishlarini oladi. 
Avtomobillarda yuk tashish masofasining qisqaligi sababli transport jarayonida yuk 
ortishtushirish ishlariga ko‘p vaqt sarflanadi. Yuk ortish-tushirish ishlarini 


658
mexanizatsiyalash natijasida avtomobillarning ish unumi oshadi va yuk tashish 
tannarxi kamayadi. Yuk ortish-tushirish ishlari asosiy va yordamchi yuk ortish-
tushirish ishlaridan tashkil topadi. 
Asosiy yuk ortish-tushirish ishlariga: 
– yukni ko‘tarib ortish; 
– o‘rnidan siljitish; 
– yukni tushirish; 
– yukni taxlash va joylashtirish kiradi. 
Yrdamchi yuk ortish -tushirish ishlariga: 
– yuklarni ilgichlarga ildirish yoki ajratib olish; 
– yukni yo‘naltirish; 
– yukni mahkamlash va boshqalar kiradi. 
Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda, mexanizmlar yordamida avtomatlarda 
bajariladi 
Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda bajarilganda, avtomobillarning yuk ortish-
tushirish punktlarida ko‘p to‘xtab qolishi hisobiga xalq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi. 
Bunday ishlarni bajarish uchun ko‘p qo‘l mehnati talab qilinadi. 
Umumiy bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarida mashinalar bilan bajarilgan 
yuk ortish-tushirish ishlarining hajmiga qarab mexanizatsiyalashtirish darajasi 2 xil 
turda bo‘ladi, ya’ni: 
1. Qisman mexanizatsiyalashgan ishlar. 
2. To‘liq mehanizatsiyalashgan ishlar.
Qisman mexanizatsiyalashgan ish turida avtomobillarga yukni ortish va tushirish 
ishlari mashina va mexanizmlar yordamida to‘liq bajarilmaydi, chunki ortish-
tushirish jarayonida ishchilarning qo‘l mehnatidan ham foydalaniladi. Agar yuk 
ortish-tushirish jaryonida qo‘l mehnatidan foydalanilmasa, yuk ortish-tushirish ishlari 
to‘liq mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Kompleks mexanizatsiyalashgan yuk ortish-
tushirish 
ishlari faqat mashina yoki mashinalar tizimi yordamida bajariladi, ishchilar qo‘l 
mehnatidan umuman foydalanilmaydi. 
Bu usulda insonning faoliyati mashinalarni boshqarishdan iborat bo‘ladi, xolos. 
Avtomatlashgan usuldagi yuk ortish-tushirish ishlari mashina va mexanizmlar 
yordamida oldindan tuzilgan rejadastur asosida bajariladi. 
Avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to‘xtab turish vaqti 
Avtomobil transportida transport yuklari qisqa masofalarga tashiladi. Shuning uchun 
ham avtomobillarning yuklab-tushirish punktlarida to‘xtab turish vaqti, umumiy ish 
vaqtining o‘rtacha 25 foizini, ayrim turdagi yuklar uchun esa 50 foizni tashkil qiladi. 
Yuk ortish-tushirish punktlarida avtomobillarning to‘xtab turish vaqti yuk ortish 
tushirish ishlarini bajarish usuliga bogliq bo‘ladi. Mehnat unumdorligining darajasi 
va yuk tashish tannarxiga yuk ortish-tushirish vaqti katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Avtomobillarni yuklab-tushirish puntklarida to‘xtab turish vaqti yuk hujjatiga asosan 


659
aniqlanadi. Yuk hujjatida avtomobilning yuk ortish-tushirish punktiga kelgan va 
ketgan vaqtlari qayd qilinadi. 
Avtomobilning yuk ortish-tushirish punktiga kelganidan boshlab ketganigacha 
oralig‘idagi vaqti yuk ortishtushirish punktida to‘xtab turgan vaqtini tashkil qiladi. 
Yuk ortish- tushirish vaqtining tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 
– yuk ortish-tushirishni kutish vaqti
– avtomobilni yuk ortish-tushirish punktida joylashtirish vaqti; 
– yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti; 
– hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti. 
Ayrim holatlarda yuk ortish-tushirishni kutish vaqti avtomobilni yuk ortish 
tushirishda turish vaqtidan ham katta bo‘ladi. Yuk ortish-tushirishni kutish vaqtini 
kamaytirish tashishni to‘g‘ri tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Yo‘nalishdagi 
avtomobillar soni punktlarning o‘tkazuvchanligiga mos kelishi kerak. 
Avtomobillarni yuk ortish-tushirish punktlarida joylashtirish vaqti, maydon sathi 
o‘lchamlari, harakatlanuvchi tarkib turi, kirish yo‘llarining obodonlashtirilganligi, 
harakatlanuvchi tarkibning va yuk ortish-tushirish mashinalarining joylashish 
ko‘rinishiga bog‘liq. 
Yuk 
ortish-tushirish 
ishlarini 
bajarish 
vaqti 
avtomobilning 
yuk 
ko‘taruvchanligiga va yuk turiga bogliq bo‘ladi. Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda 
bajarilganda yuk ortishtushirish punktlarida turish vaqti faqat avtomobilning yuk 
ko‘taruvchanligiga bogliq bo‘lmasdan, yuk turiga, ishchilar soniga va malakasiga 
ham bogliq bo‘ladi. Yuk ortish-tushirish ishlari mehanizatsiyalashgan usulda 
bajarilganda yuk ortish- tushirish punktlarida turish vaqti mashina turi va uning ish 
unumiga, mashinaning ishlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bevosita yuk ortish-
tushirish ishlari asosiy jarayon hisoblanadi. Yordamchi jarayonga avtomobil kuzovi 
eshiklarini yoki bortlarini ochish va berkitish, yukning og‘irligini o‘lchash va sanash, 
yuk ustini brezent yoki sholcha bilan berkitish, yukni bog‘lash, tamg‘alash va boshqa 
ishlar kiradi. 
Hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtining qiymati ish noto‘g‘ri tashkil qilinganda 
asosiy yuk ortish-tushirish vaqtlaridan ham oshib ketadi. Hujjatlarni rasmiylashtirish 
jarayoni yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda 
avtomobillarning to‘xtab turish vaqti ancha kamayadi. Avtomobillarning yuk ortish-
tushirish punktlarida to‘xtab turish me’yoriy vaqti mehnatni me’yorlash asosida 
belgilanadi. Bu vaqt avtomobilning yuk ko‘taruvchanligiga, yuk turiga va yuk ortish 
hamda tushirish ishlarini bajarish usuliga bogliq bo‘ladi. 
Me’yoriy ma’lumotlar 
Avtomobillarning (avtopoyezdlarning) yuk ortish va tushirish punktlarida 
to‘xtab turish me’yoriy vaqtlari quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi: 


660
1. Bortli avtomobillar, furgon avtomobillar, standart tent bilan jihozlangan 
tirkama va yarim tirkamali avtomobillar, avtomobildan olinmasdan tushiriladigan 
(yuklanadigan) universal konteynerlar uchun. 
2. Ag‘darma avtomobillar va turli sisternali avtomobillar uchun (28- jadval). 
3. Paxta idishsiz usulda tashilganda mexanizatsiyalashgan yuk ortish-tushirish 
ishlari uchun 1 tonna yukni ortishga 10,2 daqiqa, 1 tonna yukni tushirishga 6,8 daqiqa 
vaqt belgilanadi. 
Eslatma: Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda bajarilganda me’yoriy vaqti 50% ga 
oshadi. 
Universal konteynerlarni tashuvchi avtomobilga mexanizatsiyalashgan yuk 
ortish tushirish ishlari uchun 1 dona konteynerga yuk ortishga yoki avtomobildan uni 
tushirishga quyidagicha me’yor vaqti belgilanadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin