42-mavzu.Avtomobillarning texnik holatini tekshirish Reja: 1.
Yo‘lga chiqishdan oldin nazorat qilish.
2.
Yo‘nalishda ishlaganda va atkga qaytgandan keyin nazorat qilish.
3.
Avtomobillarning texnik holatiga tashxis qo‘yish.
4.
Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning
belgilanishigaqo‘yiladigan qo‘shimcha talablar.
Tayanch iboralar: harakat havfsizligi, haydovchi, harakat xavfsizligi bo‘limi,
gaz ballonli avtomobillar, avtomobillarning texnik holati.
Yo‘lga chiqishdan oldin nazorat qilish . Yo‘lga chiqishdan oldin transport
vositalarining texnik holatini otk nazoratchisi, yoki, navbatchi mexaniq
tekshiradi.tormoz tizimi, rul boshqarmasi va old ko‘prik, tashqi yoritish uskunalari,
oyna tozalagich va oyna yuvgich, g‘ildirak va shinalar, dvigatel va transmissiyalarida
nosozliklar mavjud bo‘lgan avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar yo‘nalishga
chiqarilmaydi.
Tez alangalanadigan, zaharli, portlaydigan va radioaktiv moddalar, siqilgan va
suyiltirilgan gazlar tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining kuzovi va
undagi jihozlar, bunday yuklarni tashish uchun amaldagi qoidalar talabiga javob
bermasa; boshqarish pedallari va richaklarning zichligi buzilgan bo‘lsa, (natijada
salaonga uglerod oksidi kirsa), old, yonlardagi va orqa oynalarga haydovchining
ko‘rishiga halaqit beradigan pardalar va boshqa narsalar osilgan bo‘lsa,
avtomobillarning yo‘nalishga chiqishga ruxsat etilmaydi.
Yo‘l hujjatlari haydovchiga ko‘zdan kechirish tugagandan keyingina beriladi.
Yo‘nalishda ishlaganda nazorat qilish –
avtomobil yurib ketayotganda
haydovchi uning texnik holatini,qirilmalarning (pribor)ko‘rsatishiga, boshqarish
organlaridagi kuchning o‘zgarishiga, avtomobil agregatlaridagi shovqin darajasiga
qarab nazorat qiladi. To‘xtash joylarida haydovchi shinalardagi havo bosimini va
shinalar holatini, tirkash asbobining holatini, yoritish va elektr priborlarining ishini
tekshiradi. Agar harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan buzuqliklar sezilsa, va ularni
shu joyning o‘zida tuzatishning iloji bo‘lmasa, haydovchi texnik yordamni chaqirishi,
uning ham iloji bo‘lmasa, tegishli ehtiyot choralarini ko‘rib, atkga qaytib kelishi
lozim.