O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


Avtomobil transportining texnik holatiga va



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə369/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Avtomobil transportining texnik holatiga va
Jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar
Barcha xildagi, toifadagi, vazifadagi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar 
va boshqa transport vositalari, texnik holati jihozlanishi va butlanishi, harakat 
tarkibining texnik ishlatish qoidalariga, yo‘l harakat qoidalariga, shuningdek, mazkur 
qoidalarga javob berishi va mos bo‘lishi kerak. 
Avtomobil kabinasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Old va yon tomondagi oynalari soz holatda bo‘lishi kerak; 

O‘rindiqlar haydovchining qulay o‘tirishi uchun mos va soz holatda 
bo‘lishi kerak; 

Avtomobillar kabinasi va salonida zararli gazlarning me’yoriy sanitar 
normalardan oshmasligi kerak; 
Uglerod oksidi 20 mg/m
3
Akrolein 0,2 mg/m
3
Azot oksidi 5 mg/m
3
Benzopiren 0,00015 mg/m
3
Benzin bu`gi 100 mg/m
3
Bo‘tan 200 mg/m
3
Propan 180 mg/m
3

Barcha eshiklar yarim yopilishi va o‘z o‘zidan ochilib ketmasligi lozim; 


665

Kabina va salonni isitish moslamalari doimo soz holatda bo‘lishi shart; 

Kabina va salonga ishlatilgan gazlar kirmasligi lozim; 

Avtomobil dvigateli tizimlaridan suv, moy, antifriz, yonilg‘i oqmasligi kerak

Karter ventelyasiyasidan 
chiqadigan gazlar kapot 
osti 
bo‘shlig‘ida 
yig‘`ilmasligi shart; 

Ishlatilgan gazlardagi zararli moddalar miqdori standartlarda ko‘rsatilgan 
me’yordan oshmasligi kerak; 
Avtomobillar g‘ildiraklari, ularning qulf xalqalari texnik soz va qayrilgan joylari 
bo‘lmasligi kerak. Avtomobil transporti doimiy soz holatda bo‘lishi, elektr jihozlariga 
yaxshi mahkamlangan bo‘lishi kerak. Akkumlyator batareyalari, klemmolari va elektr 
tarmoq simlari mahkam ulangan bo‘lishi, harakat vaqtida battareyalar siljimasligi 
kerak. 
Har bir avtomobilda g‘ildirak ostiga qo‘yish uchun 2 ta tayanch damkrat uchun 
taglik, tibbiy aptechka, avariyali to‘xtash belgisi va o‘t o‘chirgich bilan ta’minlanishi 
lozim. 
Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili va avtobuslar 2 ta o‘t 
o‘chirgich bilan jihozlanadi. 
Uzoq yo‘nalishga jo‘nab ketadigan (1 kecha kunduzdan ortiq davom etadigan) 
yuk avtomobillari va avtobuslar qo‘shimcha ravishda belkurak, metall eshakchalar, 
shatak moslamasi, g‘ildiraklarini qulf halqasi uchun saqlash vipkasi, qishki paytda 
esa, g‘ildiraklarning sirpanishini oldini olish uchun zanjirlar bilan ta’minlanishi 
lozim. 
Chiqindi gazlarni chiqarib yuborish uchun ovoz pasaytirgich tizimi texnik soz 
holatda bo‘lishi shart. 
Gaz ballonli avtomobillarga nisbatan qo‘shimcha talablar
Gaz ballonli avtomobillarning texnik holati ularni tayyorlagan zavodlar va gaz 
ballonli avtomobillarni ishlatish qoidalariga javob berish lozim. Gaz yonilg‘isi bilan 
ta’minlash tizimi gazning kabinaga va salonga kirishini va atmosferaga 
chiqishini
 
oldini olishi va texnik soz holatda bo‘lishi shart. Gaz ballonlari 949-73 
raqamli davlat standartiga javob berishi qizil, rangga bo‘yalishi va gaz nomi yozib 
qo‘yilishi lozim. 
Ballonlarda quyidagi kamchiliklari bol`gan avtomobillardan foydalanish 
ta’qiqlanadi. 

Pasport ma’limoti bo‘lmagan; 

Sinov muddati o‘tgan; 

Shikast yetgan joyi bo‘lgan; 

Gaz o‘tkazgichi va jumraklari nosoz; 

Bo‘yalishi va yozuvlari talabga mos emas. 
Gaz ballonlar avtomobillarga puxta joylashtirilishi va rezba joylarida o‘yiqlar 
bo‘lishi ta’qiqlanadi. 


666
Avtomobillarni siqilgan tabiiy gazda, yoki, suyo‘ltirilgan neft gazida ishlash 
uchun qayta jihozlash, gaz ballonlarni tayyorlovchi zavodlarning texnik hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. Qayta jihozlangan avtomobillarga mos keladigan raqam 
berilib, zavod yo‘riqnomasi talablari va quyidagi qoidalarga muvofiq foydalanish 
zarur: 

Qayta jihozlangan joylarini yuvish 

Yonilg‘i baki va quvurlardan benzinni to‘qish 

Simlar asboblarning qisqichlariga nisbatan bo‘ralmasligi; 

Motor bo‘limidagi past bosimli gaz datchigiga, elektr – magnit benzin 
klapaniga va elektr uskunalar boshqa elementlariga boradigan simlar, dvigatelning 
qizigan qismlariga tegmasligi lozim. 

Simlarning himoya qoplamasi shikastlanmagan bo‘lishi; 
Ballonlarda, o‘tkazish quvurlari va jumraklarni o‘rnatish chog‘ida quyidagi 
talablarga rioya qilish lozim. 
- gaz ballonlari davlat texnika nazorati quyidagi talablarga mos bo‘lishi; 

Zichlikni ta’minlash uchun konusli rezbalarga qo‘rg‘oshin gleti, 
bo‘yog‘i, yoki, suyuq oyna surtilishi; 

O‘tkazish moslamalari va jumraklar konusli rezbalarni mahkamlashda 
kuch 450-500 n (45-50 kgs)ni tashkil etishi va maxsus dinamometrik burash 
asboblaridan foydalanish; 

O‘tkazish moslamalari va jo‘mraklarni montaj qilinmaganda, ballon 
uning bo‘ralib ketishiga to‘sqinlik qiladigan maxsus mahkamlash qurilmasiga 
o‘rnatilishi kerak; 

Ballonlar puxta mahkamlanishi lozim; 
Siqilgan tabiiy gaz va suyo‘ltirilgan neft gazi uchun ballonlar quyidagi 
muddatlarda tekshirishdan o‘tkazilishi lozim. 
Uglerodli po‘latdan tayyorlangan, siqilgan gaz uchun mo‘ljallangan ballonlar 
davlat texnika nazorati tashkilotlari nazoratchilari tomonidan, uch yilda bir marta 
ligerlangan po‘latdan tayyorlangan, gaz ballonlari esa, 5 yilda 1 marta, suyo‘ltirilgan 
neft gazi uchun ballanlar esa 2 yilda 1 marta sinaladi. 
Ballonlarni tekshirishdan o‘tkazish va gaz ballonli avtomobil yonilg‘i tizimini 
sinash bo‘yicha maxsus o‘qitilgan xodimlar tomonidan, davlat texnika nazorati 
organlari tomonidan yozma ruxsat olgandan so‘ng, bosim ostida ishlaydigan idishlar 
xavfsiz foydalanish qoidalariga asosan amalga oshirish mumkin. Gaz ballonlarini 
tekshirishdan o‘tklazish va gaz ballonli avtomobillarning yonilg‘i tizimini sinash 
uchun xonalar va ularning jihozlanishi, “gaz ballonlarini va gaz ballonli 
avtomobillarning yonilg‘i ta’minlash tizimini tekshirish va sinovdan o‘tkazish” 
to‘g‘risidagi nizomga mos kelishi zarur. Gaz ballonli avtomobillar ballonlarini va 
yonilg‘i ta’minlash tuzilishini tekshiruvdan va sinovdan o‘tkazishda belgilangan 
texnologik jarayonga qat’iy rioya qilinishi zarur. 


667
Gaz ballonlar siqilgan gaz bilan to‘ldirilayotganda, xonada begona qishilarning 
bo‘lishi qat’iy man etiladi. Shuningdek, avtomobillar gaz bilan to‘ldirish uhun 
kiritilganida ham yo‘lovchi va haydovchilar avtomobil salonida bo‘lishi va gaz 
qo‘yish shaobchalarida cheqish, ochiq olovdan foydalanish, hamda, gaz ta’minlash 
tizimida, sozlash ishlarini olib borish qat’iy ravishda man etiladi.sinovdan o‘tkazish 
uchun olib kelingan gaz ballonlari, shovqinni yo‘tadigan maxsus qurilma orqali 
gazdan bo‘shatilishi, gaz bilan to‘ldirilayotganda boshqarish pulti oldida begona 
qishilarning bol`ishi ham mumkin emas. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin