669
Shaharlaro yuk tashishda harakat yo‘nalishlari avtomobil yo‘nalishlari deyiladi.
Shaharlaro yuk tashishda tugun transport ekspeditsiya tashkiloti, agentligi, yuk
avtobosh bekatlari va dispetcher nazorat punktlari rahbarlik qiladi.
Shaharlararo yuk tashish mamlakatning yuk aylanmasidan katta ahamiyat kasb
etadi, bunda yuklarni tashishga ketadigan vaqt va mablag‘ sarfi kamayadi.
Bortli avtomobillardan foydalanilganda konteynerlarda tashishni qo‘llash kerak.
Bunda yuklarni qayta ortish osonlashadi va yuk tashilayotgan yo‘nalish qismlarining
to‘tashish joylarida yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga imkon
beradi. Shaharlararo tashishdagi mayda partiyali yuklarni bir joyga yig‘ib,
komplektlab tashishni tashkil etishda, yuk tashish avtomobili bekati (yo‘tab) ning
ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari
keltiradilar. Yuklarni yo‘nalishlarga qarab komplektlab, avtopoyezdlarda yuk
egalariga jo‘natiladi. Bunday, oldindan komplektlab, yuklarni tashish tizimi,
avtomobil va avtopoyezdlar yuk ko‘tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini
beradi.
Uzoq masofalarga yuk tashishda avtomobillarning harakati ishlab chiqarishdan
quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Harakatlanish vaqti
To‘xtab turish vaqti
Yuk tashish masofasi
Texnik tezlik
Shaharlararo yuk tashish 2-ilovaga muvofiq n2-tm shakliga binoan
rasmiylashtirilgan tovar-transport nakladnoylari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga
oshiriladi.
Shaharlaro yuktashishda yo‘l varaqalari 6-ilovaga muvofiq (yuklarni
avtomobillarda tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi qoidalar) 4-m shakl (shaharlaro)
da to‘ldiriladi. Ushbu shaklda yo‘l varaqasining old tomonida qizil rangda
bosmaxona usulida “shaharlararo tashishlar” yozuvi yoziladi.
Dostları ilə paylaş: