O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə379/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Yuklarni tashish 
Tez buziladigan yuklar asosan harorat rejimiga rioya qilgan holda izotermik 
kuzovli (furgonlarda, refrijiratorlarda va shu kabilarda) ixtisoslashtirilgan 
avtotransport vositalarida tashiladi. 
Tez buziladigan yuklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
O‘simlik mahsulotlari: mevalar, reza mevalar, sabzavotlar, qo‘ziqorinlar va 
boshqalar; 
Hayvonlarning mahsulotlari: har xil hayvonlar va parrandalarning go‘shti, baliq, 
ikra, sut, tuxum va boshqalar; 
V) 
qayta ishlash mahsulotlari: sut mahsulotlari, har xil yog‘lar, muzlatilgan 
mevalar, kolbasa mahsulotlari va boshqa go‘sht mahsulotlari, pishloqlar va shu 
kabilar; 
G) o‘simliklar: ko‘chatlar, gullar va boshqalar. 
Agar tashish hujjatlarida yukni jo‘natuvchi tomonidan tashishning cheklangan 
muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shuningdek agar tashishning cheklangan muddati 
yetkazib berish muddatidan kam bo‘lsa, tez buziladigan yuklar tashish uchun qabul 
qilinmaydi. 
Tez buziladigan yuklar, agar: 
Yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etsa, yukni jo‘natuvchi esa yangi yukni 
qabul qiluvchi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar bermagan bo‘lsa; 
Yuklar ularni bundan keyin tashib bo‘lmaydigan yoki maqsadga muvofiq 
bo‘lmagan darajada shikastlangan bo‘lsa sotilishi kerak. 


684
Tashuvchi tez buziladigan yukni sotish uchun berish zarurligi to‘g‘risida mijozni 
yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Agar bildirishnoma jo‘natilgandan keyin besh 
kalendar kundan so‘ng mijozdan javob olinmasa, tashuvchi tez buziladigan yukni 
uning ruxsatisiz sotishi mumkin. 
Agar o‘z xususiyatiga ko‘ra omborga joylashtirilishi mumkin bo‘lmasa, 
shuningdek agar yukni sotish kechiktirilishi uning buzilishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lsa, tashuvchi yukni sotish uchun qisqaroq muddatda ham berishi mumkin. 
Sotilgan yuk uchun tashuvchi olgan summa ular o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha 
mijozga o‘tkaziladi (beriladi). 
Tashuvchi tashish uchun berilayotgan tez buziladigan yuklarning sifatini tanlab 
tekshirishi mumkin, germetik o‘ramdagi yuklar bundan mustasno. 
Yukni ochish va keyinchalik uni o‘rab-joylashtirish tekshirishdan keyin yukni 
jo‘natuvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Yukni jo‘natuvchi tashuvchiga tez buziladigan yukka tovar-transport yukxati 
bilan birgalikda, agar bunday yuk majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan 
mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, sertifikat yoki sifat guvohnomasini taqdim 
etishi kerak. 
Yukni jo‘natuvchi tez buziladigan yukka tovar-transport yukxatida yuklashdan 
oldin yukning amaldagi haroratini va yukni tashishning cheklangan muddatini 
ko‘rsatishi kerak. Agar yukxatida ko‘rsatilgan tashishning cheklangan muddati 
yetkazib berish muddatidan ortiq bo‘lsa, tez buziladigan yuklar tashuvchi tomonidan 
tashish uchun qabul qilinmasligi kerak. 
Bir avtotransport vositasida tarkibi va xossalariga ko‘ra bir xil bo‘lgan tez 
buziladigan yuklarning har xil turlarini birgalikda tashishga yo‘l qo‘yiladi. 
Avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar 
ro‘yxati mazkur qoidalarga 1-ilovada keltirilgan. Tez buziladigan yuklarni saqlash va 
tashish harorat rejimi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar 
bilan belgilanadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin