O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2022 yil 12-apreldagi



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2022 yil 12-apreldagi 
172-sonli qarorida nazarda tutilgan xavli yuklarni tashish to‘g‘risidagi nizomi
Transport vositasi konstruksiyasining boshqa tarkibiy qismlari. 
7.1. Orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgular soni, joylashuvi va turi belgilangan 
talablarga mos kelmasa, transport vositasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan 
oynalari bo‘lmasa. 
7.2. Tovushli ishora ishlamasa. 


677
7.3. Haydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishini cheklaydigan qo‘shimcha 
narsalar o‘rnatilgan va qoplamalar tushirilgan bo‘lsa. 
Transport vositasi salonidagi va ikki yonidagi orqa tomonni ko‘rish ko‘zgusiga 
ko‘rinishini cheklaydigan buyum, narsa yoki jihozlar taqilgan bo‘lsa. 
7.4. Barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorug‘lik 
o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, 
shuningdek, ruxsatnoma asosida tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport 
vositalarining oynalari bundan mustasno. 
Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga 
pardalar, ikki yonga orqa tomonni ko‘rish uchun tashqi ko‘zgusi mavjud bo‘lgan 
barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorug‘lik 
o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, 
ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat beriladi. 
7.5. Konstruksiyasida ko‘zda tutilgan yukxona yoki kabina eshiklarining 
qulflari, yuk platformasi bortlarining yopqichlari, sisternalar og‘zining qulflari va 
yonilg‘i idishining qopqoqlari, haydovchi o‘rindig‘i holatini sozlovchi qurilma, 
avtobusda falokat yuz bergan vaqtida eshiklarni ochish moslamasi va to‘xtatish talabi 
ishorasi, avtobus salonini yoritish asboblari, falokat yuz bergan vaqtda chiqish joylari 
va ularni harakatga keltiruvchi moslamalari, eshiklarni ochish va yopish qurilmalari, 
spidometr, taxograf, oynalarni isituvchi va shamollatuvchi moslamalari va haydab 
olib qochishga qarshi moslamalari ishlamaydi. 
7.6. Spidometr qurilmasi nosoz va tamg‘alanmagan (shaxsiy transport vositalari, 
motosikl va mopedlardan tashqari) bo‘lsa. 
7.7. Transport vositasi konstruksiyasida ko‘zda tutilgan orqa himoya vositasi, 
loy to‘sgichlar bo‘lmasa. 
7.8. Ishlab chiqargan korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan antenna, sirena, 
rasiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar, konstruksiyasida ko‘zda 
tutilmagan nostandart yukxonalar va boshqalar belgilanmagan joyda va tegishli 
ruxsatsiz o‘rnatilsa. 
7.9. Tirkama bo‘g‘imining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi nosoz 
hamda konstruksiyasida ko‘zda tutilgan ehtiyot po‘lat arqon (zanjir) yo‘q yoki nosoz 
bo‘lsa. Motosikl ramasi bilan yon tirkama ramasi mahkamlangan joyda lyuft bo‘lsa. 
7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo‘lsa: 
M2, M3 toifadagi — favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun 
foydalaniladigan bolg‘acha, tibbiyot qutichasi, 2 ta o‘t o‘chirgich (bittasi 
haydovchining kabinasida, ikkinchisi — yo‘lovchilar salonida), majburiy to‘xtaganini 
bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); 
M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g‘ildirakli traktorlarda tibbiyot 
qutichasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi 
qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); 


678
M3, N2, N3 toifadagi — o‘zi yurib ketishidan saqlovchi, g‘ildirak diametriga 
muvofiq (kamida ikkita) tirgak; 
O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa o‘ziyurar mashinalarda — tashqi nur 
qaytargichlar; 
kajavali motosikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy to‘xtaganligini bildiruvchi 
belgi. 
7.11. Motosikllarda konstruksiyasida ko‘zda tutilgan xavfsizlik yoyi (duga) 
bo‘lmasa. 
7.12. Motosikl va mopedlarda konstruksiyasida ko‘zda tutilgan oyoq tiragich, 
egarida yo‘lovchi uchun ko‘ndalang tutqich bo‘lmasa. 
7.13. Konstruksiyasida ko‘zda tutilgan xavfsizlik kamarlari va o‘rindiqlarning 
bosh suyanchiqlari bo‘lmasa. 
7.14. Xavfsizlik kamarlari ishga yaroqsiz yoki tasmasida ko‘rinadigan 
yirtiqliklar mavjud bo‘lsa. 
7.15. Transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yoki 
ularni o‘rnatish usuli belgilangan talablarga javob bermasa. 
Transport vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini ko‘rinishini 
cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va 
qoplamalar bilan qoplangan bo‘lsa. 
7.16. Yarim tirkamada tayanch moslamasi, tayanchlarni transport holatida 
qulflovchi moslama, tayanchlarni ko‘tarish va tushirish moslamasi yo‘q yoki nosoz. 
7.17. Ehtiyot (zaxira) g‘ildirakni ushlab turgich, lebyodka va ehtiyot g‘ildirakni 
ko‘tarish — tushirish qurilmasi ishlamasa. Lebyodkaning xrapli qurilmasi barabanni 
mahkamlash kanati bilan qulflanmayotgan bo‘lsa. 
7.18. Dvigatel, uzatmalar qutisi, reduktorlar, orqa ko‘prik, ilashish (ssepleniye) 
mexanizmi, akkumulyator batareyasi, sovitish va kondisioner tizimlari va transport 
vositasiga qo‘shimcha o‘rnatiladigan gidravlik qurilmalarning (moslamalarning) 
birikmalari va zichlagichlarining zichligi buzilgan bo‘lsa. 
7.19. Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz 
ballonlarining tashqi tomonida ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatgichlar texnik pasportdagi 
ma’lumotlarga mos kelmasa, oxirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi 
bo‘lmasa. 
7.20. Transport vositalarining tashqi yuzasiga qonunchilik hujjatlariga mos 
kelmaydigan, harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi turli xil tasvirlar tushirilgan, 
oynalariga (lyukdan tashqari) reklama chizilgan (qoplangan) bo‘lsa. 
Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan hollarda kuzov 
(kabina) bir necha xil rangga bo‘yalgan, plyonka yopishtirilgan yoki rangi, tusi 
o‘zgartirilgan bo‘lsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno). 
7.21. Transport vositalari o‘zboshimchalik bilan yalt-yalt etuvchi mayoqcha va 
(yoki) maxsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan bo‘lsa, yoxud transport 


679
vositasining tashqi yuzasida belgilangan talablarga mos kelmaydigan maxsus rangli 
bo‘yoq sxemalar, yozuvlar va belgilar bo‘lsa. 
7.22. DYXXX organlarining ruxsatisiz transport vositalarining konstruksiyasiga 
o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa. 
Transport vositalariga boshqa turdagi moldinglar, g‘ildirak qopqoqlari 
o‘rnatilishiga, shuningdek, ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan avtomobillarga boshqa 
turdagi va rusumdagi transport vositalarining buferlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. 
Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyo‘ldagi 191-
son 
qarori 
bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish 
shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan 
avtotransport vositalarini tasnifi (klassifikasiyasi) keltirilgan: 
M toifasi — kamida to‘rt g‘ildirakka ega bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashish 
uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari, shu jumladan: 
M1 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining 
o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari. 
M2 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining 
o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha 
bo‘lgan avtotransport vositalari. 
M3 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining 
o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko‘p 
bo‘lgan avtotransport vositalari. 
M2 va M3 toifalardagi avtotransport vositalari quyidagi klasslarga mansub: 
a) uch klassdan (I, II, III) bittasiga yoki bir nechtasiga; 
b) ikki klassdan (A, V) bittasiga. 
I klass — yo‘lovchilar salonda bemalol yurishi maqsadida konstruksiyasida 
turib ketadigan yo‘lovchilar uchun joylar ko‘zda tutilgan avtotransport vositalari. 
II klass — konstruksiyasi asosan o‘tirib ketadigan yo‘lovchilar uchun 
mo‘ljallangan va qatorlar orasida va (yoki) ikkita birlashgan o‘rindiq uchun ajratilgan 
joy chegarasidan chiqmasdan joylashib, turib ketadigan yo‘lovchilarni ham tashish 
ko‘zda tutilgan avtotransport vositalari. 
III klass — konstruksiyasi faqat o‘tirib ketadigan yo‘lovchilar uchun 
mo‘ljallangan avtotransport vositalari. 
A klass — turib ketadigan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan 
avtotransport vositalari; bu klassdagi transport vositalari o‘rindiqlar bilan jihozlangan 
va ularda turib ketadigan yo‘lovchilarni tashish ko‘zda tutilgan. 
V klass — turib ketadigan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallanmagan 
avtotransport vositalari. 
Mikroavtobuslar yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan, haydovchidan 
tashqari 16 tagacha o‘tiradigan yo‘lovchi uchun joy bo‘lgan V klassdagi 
avtotransport vositasi. 


680
N1 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan 
oshmaydigan avtotransport vositalari. 
N2 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq
lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari. 
N3 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq 
bo‘lgan avtotransport vositalari. 
O toifasi — tirkamalar (yarim tirkamalar ham). 
O1 toifasi — eng katta vazni 0,75 t dan oshmaydigan tirkamalar. 
O2 toifasi — eng katta vazni 0,75 t dan ortiq, lekin 3,5 t dan oshmaydigan 
tirkamalar. 
O3 toifasi — eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 10 t dan oshmaydigan 
tirkamalar. 
O4 toifasi — eng katta vazni 10 t dan ortiq bo‘lgan tirkamalar. 
Yo‘l harakati 
qoidalariga
 
4-ILOVA 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin