44-mavzu: Yuklarning ayrim turlarini tashish xususiyatlari Reja 1
Havli yuklarni umiy shartlari
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2022 yil 12-apreldagi 172-
sonli qarorida nazarda tutilgan xavli yuklarni tashish to‘g‘risidagi nizomi
3
Yuklarni kuzatib boruvchilarning huquq va majburyatlari va ularning yukga
javobgarligi
4
Tashuvchilar, yukni jo‘natuvchilar va yukni oluvchilarning huquq va
majburiyatlari hamda ularning javobgarligi
Umumiy shartlar Yuklarning ayrim turlarini tashishda ularning xossalaridan, gabaritlari va boshqa
xususiyatlaridan kelib chiqib:
Tashuvchi haydovchi texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi xavfsizlik, yo‘l
harakati xavfsizligi, yuklarni qabul qilish va yetkazib berish qoidalari bo‘yicha
o‘qitilishini va unga yo‘l-yo‘riq berilishini ta’minlaydi;
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda yukni
jo‘natuvchiga tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport
vositasini yuklash uchun beradi. Yukni boriladigan joyga tashishga, tipi va yuk
ko‘tarishiga ko‘ra tashish shartnomasida belgilanganga muvofiq bo‘lgan, shuningdek
tegishli asbob bilan jihozlangan avtotransport vositalari va konteynyerlar yukni
tashish uchun yaroqli deb e’tirof etiladi;
Yukni jo‘natuvchi tovar-transport hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida belgilangan fitosanitariya, sanitariya, karantin, bojxona talablarini va
boshqa talablarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek
tashishning cheklangan muddatlari va harorat rejimi to‘g‘risidagi tavsiyalarni va
konteynerning qulflash, tamg‘alash qurilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
ko‘rsatadi.
Bitta avtotransport vositasida bir necha yukni oluvchilarga yuklarni tashishda
yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) ularni avtotransport vositasi kuzovida har bir yukni
oluvchiga mo‘ljallangan yukning butun assortimenti yuklanishini ta’minlaydigan etib
joylashtirishi, shuningdek har bir yukni oluvchiga tovar-transport yukxatlarini yozishi
shart.