672
shakllardagi yo‘l varaqalari mundane uzoqroz muddatga ham beriladi. Beriladigan
yo‘l varaqasida avtomobil tegishli bo‘lgan tashkilotning shtampi va muhri bo‘lishi
shart. Yuklar xalqaro yo‘nalishlarda tashilganda yuklarni yo‘llarda xalqaro tashish
shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiya shartlariga muvofiq jo‘natuvchi (yuk egasi)
bilan tashuvchi o‘rtasida tashish shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma cmr
shaklidagi xalqaro tovar transport nakladnoyi tuzilishi bilan tasdiqlangan va tomonlar
o‘rtasida shartnoma mavjudligini tasdiqlaydigan yuridik hujjat hisoblanadi. Cmr
nakladnoyi 3 nuxsada tuziladi, jo‘natuvchi va tashuvchi tomonidan imzolanadi.
Ushbu imzolar bosmaxona usluda bosilishi yoki jo‘natuvchi va tashuvchining
shtempellari bilan almashtirilishi mumkin.
Nakladnoyning birinchi nusxasi jo‘natuvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi yuk
bilan birga qo‘shib jo‘natiladi, uchinchi nusxasi tashuvchida qoladi. Xalqaro yuk
tashishlarda katta yuk ko‘taruvchi avtomobillar va furgon avtopoyezdlardan
foydalaniladi, hamda yoshi 21 yoshdan katta malakali va ishonchli haydovchilarga
ruxsat etiladi. Xalqaro yuk tashishda haydovchilar ishi boshdan oxirigacha
almashmasdan qatnash uchastka uslublarida juft bo‘lib (ikki kishilab) va smenali
tashkil qilishadi. Haydovchiga xorijga jo‘natilganda o‘sha mamlakat valyo‘tasida yo‘l
harakatlari beriladi. Yuk tashish ishlarida bojxona hujjati-mamlakatlararo yo‘l
daftarchasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: