O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

61
2
. Bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruxsat beriladigan tez 
buziladigan yuklar ro‘yxati mazkur qoidalarga 2-ilovada keltirilgan. 
61
3
. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport 
vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish tartibi mazkur qoidalarga 3-ilovada keltirilgan

(61
1
—61
3
-bandlar O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2018-
yil 7-apreldagi 277-sonli qaroriga asosan kiritilgan — qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/277/1048-son) 
Taraga joylashtirilgan sabzavotlar, mevalar, reza mevalar, uzumni tashishda 
yukni jo‘natuvchi ularni avtotransport vositasi kuzovining yuk o‘rinlariga zich qator 
qilib joylashtiradi. 
Unli-kremli qandolatchilik mahsulotlari o‘ramlarda tashiladi. Ular avtotransport 
vositasi kuzovida bir nechta qator qilib ustma-ust joylashtirilishi mumkin. 


685
Unli-kremli qandolatchilik mahsulotlarini nooziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek 
o‘tkir hidli mahsulotlar yoki yangi yopilgan non bilan birgalikda tashishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun furgon tipidagi kuzovli, 
seksiyalarga bo‘lingan va lotoklar o‘rnatish uchun yo‘naltiruvchilar bilan jihozlangan 
avtotransport vositasi yoki non va non-bulka mahsulotlarini konteynyerlarda tashish 
uchun moslashtirilgan avtotransport vositasi qo‘llaniladi. Non va non-bulka 
mahsulotlarini ushbu talablarga muvofiq jihozlanmagan avtotransport vositalarida 
tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun yukni jo‘natuvchidan qabul 
qilish va yukni oluvchiga topshirish tashuvchi tomonidan har bir lotokdagi 
(konteynerdagi) mahsulotlarning sonini hisoblamasdan standart to‘ldirilgan lotoklar 
(konteynyerlar)ning nomi va soni bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Un ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari — sisternalarda tarasiz usulda va 
sholcha bilan yopilgan bortli platformali avtotransport vositalari — furgonlarda tarali 
usulda tashilishi mumkin. Yorma faqat tarali usulda tashiladi. 
Un, yorma, shakar va tuzni turg‘un hidli yoki ularning o‘rami yuzasini iflos 
qiluvchi yuklar bilan birgalikda tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Texnik tuz sholcha bilan o‘ralgan ochiq avtotransport vositalarida tashiladi. 
Un, yorma, shakar va tuz solingan qoplar, agar ularni joylashtirish balandligi 
avtotransport vositasi borti balandligidan ortiq bo‘lsa mahkamlanadi. 
Don, hashakning silos massasi va pichanni tashishda avtotransport vositasining 
kuzovi yukni atmosfera yog‘ingarchiligidan va tashishda kamayishdan himoya qilish 
uchun parda bilan jihozlanadi. 
Paxta xomashyosi avtotransportning barcha turlarida tarasiz usulda (to‘kilgan 
holda) tashiladi, elita urug‘lik chigit va yangi qoplarda tashiladigan yangi navlar 
bundan mustasno. To‘kilgan holda tashiladigan paxta xomashyosining usti mato bilan 
yopilishi kerak. 
Paxta xomashyosini tashiydigan avtotransport vositalari uchqun so‘ndirgichlar, 
olovni o‘chirgichlar va kuzovni yopish vositalari bilan jihozlanadi. 
Xavfsizlik shartlari va agrotexnika talablari bo‘yicha paxta xomashyosini 
daladan tayyorlov punktiga tashishda avtotransport vositalarining paxtazorga 
kirishiga ruxsat berilmaydi. 
Yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi tomonidan paxta xomashyosini jo‘natish va 
qabul qilish seleksiya va sanoat navlari, terish turlari va hokazolar bo‘yicha bir 
xildagi turkumlar bilan amalga oshiriladi. 
Paxta tolasi, lintni tashishda yukning saqlanishini va yong‘in xavfsizligini 
ta’minlash uchun poliga metall bo‘lmagan material to‘shalgan va tekis bortli yopiq 
avtotransport vositalaridan foydalanilishi kerak. 


686
Paxta tolasini bo‘yog‘i qurimagan yuk bo‘lmalarida hayvonot-xomashyo yuklari 
(teri xomashyosi, jun va shu kabilar) va nam chiqaruvchi yuklar bilan birgalikda 
tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Tolali paxta mahsulotlarining har bir turkumi (turkumning bir qismi) transportda 
alohida tashiladi. Avtotransport vositasiga tolali paxta mahsulotlarining bir nechta 
turkumlarini (qoidaga ko‘ra uchtagacha), agar ular bir xildagi seleksiya va sanoat 
navlari bo‘lsa, avtotransport vositasiga yuklashga yo‘l qo‘yiladi, bunda har bir 
turkumga sifat to‘g‘risidagi alohida hujjat rasmiylashtiriladi. 
Yukni oluvchi bilan kelishgan holda avtotransport vositalariga tolali mahsulot 
turkumlari, agar ayni bir seleksiya va sanoat mollaridan bo‘lsa, ularning uchtadan 
ortiq turkumini yuklashga yo‘l qo‘yiladi. Yuklanadigan turkumga sifat to‘g‘risidagi 
alohida hujjat rasmiylashtiriladi. 
Taxlamlarni avtotransport vositalariga ortish va tushirishda kamarlarni echishga 
va ularning “tugunchalari” uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Texnik chigitlar to‘kilgan holda yoki toza, quruq, o‘zga hidlarsiz qoplarda 
tashiladi. 
Transportda tashishda o‘rtacha tolali va uzun tolali seleksiya navlari urug‘liklari, 
turlicha sanoat navlari va darajalari, shuningdek namlik yuqori bo‘lgan urug‘liklar 
aralash tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ekiladigan chigit solingan qoplar yopiq avtotransport vositalarida tashiladi. 
Ekiladigan chigitlarni ochiq avtotransport vositalarida tashishda chigit solingan 
qoplar brezent bilan yopiladi. 
Dorivor ishqor bilan ishlov berilmagan ekiladigan chigitlarni to‘kilgan holda 
transportda tashishga yo‘l qo‘yiladi. 
Ishqor bilan ishlov berilgan chigitlarni sexga transportda tashishda 
nobudgarchiliklarga va ekiladigan chigitlarning shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Nuqsonlari aniq ko‘rinib turgan, bog‘lash kamarlari va o‘ralgan matoning 
yaxlitligi buzilgan, xo‘llangan va ifloslangan taxlamli paxta tolasi, lint taxlamlari, 
shuningdek o‘zidan o‘zi isib ketadigan yoki o‘zidan o‘zi yonib ketadigan paxta 
tashish uchun qabul qilinmaydi. 
Tashiladigan paxta xomashyosining amaldagi massasini aniqlash uchun ham 
tayyorlov punktida yuklashda (tara, brutto), ham paxta tozalash zavodlarida 
tushirishda (brutto, tara) avtotransport vositasining bir tipdagi tarozilarida tortiladi, 
shuningdek har bir kuzovdan namuna olish, analizlar qilish yo‘li bilan natijalari paxta 
xomashyosining turkumiga tatbiq etiladigan uning konditsion massasi aniqlanadi. 
Hayvonlar yoki parrandalarni tashish ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasida 
yoki u mavjud bo‘lmaganda, hayvonlar yoki parrandalarni tashish uchun jihozlangan 
bort platforma tipidagi kuzovli avtotransport vositasida tashiladi. 
Hayvonlar yoki parrandalarni o‘zi ag‘dargich kuzovli avtotransport vositasida 
tashish taqiqlanadi. 


687
Tashuvchi, agar bu tashish shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, hayvonlar 
yoki parrandalarni kuzatib borishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. 
Tashish shartnomasi shartlariga muvofiq yukni kuzatib boradigan mijoz yoki 
tashuvchining vakili hayvonlar yoki parrandalarning kamomadi, jarohatlanishi va 
o‘latga chalinishi, shuningdek sanitariya normalariga rioya etilmaganligi, hayvonlarni 
(parrandalarni) parvarish qilish uchun mo‘ljallangan mol-mulkning kamayishi va 
buzilishi uchun javob beradi. 
Asalarilarni tashishda maqbul harorat 8
0
s. Asalarilarni avtotransport vositalari 
— furgonlarda tashqi havo harorati 10
0
sdan ortiq bo‘lmaganda tashishga yo‘l 
qo‘yiladi. 
Charm, teri, momiq, pat, jun va boshqa shunga o‘xshash yuklarni (charm va teri-
mo‘yna xomashyo) tashish yuk albatta brezent bilan yopilgan holda furgonlarda yoki 
bortli avtotransport vositalarida amalga oshiriladi. 
Charm va teri-mo‘yna xomashyoni avtotransport vositalari bilan chilvir bilan 
bog‘langan tagliklarda tashishga yo‘l qo‘yiladi. 
Tuzlangan terilar bochkalarda, taxlamlarda, bog‘lam qilib va alohida (tarasiz) 
tashiladi. Terilarni quruq yuklar va o‘zga hidlarni o‘ziga singdirib oladigan yuklar 
bilan birgalikda tashish taqiqlanadi. 
Tuzlangan terilar atmosfera yog‘ingarchiliklaridan ishonchli himoyalangan 
bo‘lishi kerak. Separatsiyada yoki kuzovning poliga yotqizish uchun eman 
taxtalardan foydalanish taqiqlanadi. 
Yuvilgan va yuvilmagan (yog‘li) junni birgalikda tashish, nam yoki ho‘l junni 
tashish uchun taqdim etish va uni nam yoki yog‘li yukka yuklash taqiqlanadi. 
Hayvonlarning yunglari presslangan holda taxlamlar yoki qoplarda tashiladi. 
Yiriklashtirilgan paketlarda yoki konteynyerlarda idish-tovoqni tashishda 
avtotransport vositasi kuzovining poliga zich qilib teng o‘lchamda xashak, pichan 
qatlami yoki yog‘och qipig‘i to‘shaladi. Paketlar qatorlariga ham gorizontal va 
vertikal bo‘yicha o‘rash materiali qo‘yiladi. 
Shishadan yasalgan, xo‘jalikda ishlatiladigan idish-tovoq konteynyerlarda, tara-
uskunalarda yoki polietilen plyonka yopishtirilgan paketlarda tashiladi. 
Idish-tovoq solingan tara va konteynyerlarga “ehtiyot bo‘ling, shisha!” Degan 
yozuv yozilishi kerak. 
Ovqatlanish anjomlari solingan qutilar suv o‘tkazmaydigan qog‘oz bilan 
qoplangan yog‘och yashchiklarga yonma-yon joylashtiriladi. O‘ralgan yashchiklar 
ko‘ndalangiga po‘lat o‘rash lentasi yoki yumshatilgan sim bilan o‘raladi. 
Ovqatlanish anjomlarini kimyoviy moddalar va metallni korroziyaga 
uchratadigan boshqa materiallar bilan birgalikda tashishga ruxsat berilmaydi. 
Yukni oluvchi pachkalar (paketlar) ichidan singandagi tovush eshitilsa ularni 
ochishni va tovarni bittalab topshirishni talab qilish huquqiga ega. Buyumlarning 
singanligi aniqlanganda yukni oluvchi buyumlarni qabul qilishni va singan 
buyumlarning haqini to‘lashni rad etishga, tashish shartnomasida belgilangan 


688
miqdorda tashuvchidan jarima undirishga, agar tovarlarning haqi to‘langan bo‘lsa, 
to‘langan summalarni belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. 
Suyuq organik o‘g‘itlar faqat ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarda tashilishi 
kerak. Tashuvchi avtotsisternaning barcha rezbali birikmalari, qopqoqli tuynuklari va 
qulf qurilmalarining germetikligini, shuningdek shlanglarning mahkamlanganligi 
ishonchliligini ta’minlashi va to‘ldirish darajasini nazorat qilishi kerak. 
Matolar va ulardan tikilgan buyumlar maxsus qattiq, yarim qattiq va yumshoq 
taraga joylashtirib tashiladi. 
Matolar va ulardan tikilgan buyumlar solingan qattiq tara (taxta va faner 
yashchiklar) ko‘ndalangiga qulfga mahkamlangan metall lenta bilan o‘ralgan bo‘lishi 
kerak. 
Ipak matolarning taxlamlarini ingichka sim bilan o‘rash taqiqlanadi. 
Toyga o‘ralgan matolar qog‘oz bilan yoki o‘rash matosi bilan qoplanishi, bir 
chokda tikilishi va ko‘ndalangiga chilvir bilan o‘ralishi kerak. 
Gilam va gilam buyumlar qanday holda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaklda 
o‘ralmasdan rulonlarda tashish uchun taqdim etilishi mumkin. 
Poyabzalning har xil turlari maxsus taraga (karton qutilar, karton, yog‘och, 
faner, kombinatsiyalashtirilgan yashchiklarga solingan holda) joylashtirilgan holda 
tashish uchun taqdim etiladi. 
Maishiy mashinalar, priborlar va boshqa murakkab maishiy texnika 
avtotransport vositasida tashish uchun yukning turiga qarab mahkamlangan holda 
zavod o‘ramida tashish uchun taqdim etiladi. O‘ramga manipulatsion belgilar 
(“ehtiyot bo‘ling, shisha!”, “tepa qismi”, “namdan saqlang!”) Bosiladi. 
Mebel tashish uchun ham tarada, ham tarasiz usulda taqdim etiladi. Mebel 
tarasiz usulda tashilganda tashuvchi maxsus jihozlangan avtotransport vositasini 
qo‘llashi kerak. 
Sement va gips tarasiz va tarali usulda (qoplarda) tashiladi. Tarasiz usulda 
tashish faqat ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarda amalga oshiriladi. 
Sement va gipsni ixtisoslashtirilgan avtotsisternalardan omborxonaga tushirish 
uchun yukni oluvchi qattiq qoplamali maydonchalarga ega bo‘lishi kerak. 
Sement doimiy ravishda tushiriladigan joylarda (qorishma uzellari, zavodlar, 
qurilish maydonlari va shu kabilarda) yukni oluvchi ixtisoslashtirilgan avtotsisterna 
tushirish tomonga 12 — 14
0
qiyalikda bo‘lishini ta’minlagan holda tushirish 
maydonchalarini jihozlashi kerak. 
Ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarni tushirish joyiga traktorlarda shatakda olib 
kelish, shuningdek tushirish shlanglarini sim, chilvir va boshqa qo‘losti vositalar 
yordamida qabul qilish qurilmalariga mahkamlash taqiqlanadi. 
Asbestotsement shifer (yassi, to‘lqinli yoki boshqa konfiguratsiyali) 
avtotransport vositasida tashish uchun lentali yoki sim mahkamlash bandajlari bilan 
mahkamlangan konteynyerlarda, tagliklarda taqdim etiladi. 


689
Transportda tashish vaqtida mahkamlash buzilgan taqdirda shifer yukni 
oluvchiga tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan listlar soni bo‘yicha topshiriladi. 
G‘isht avtotransport vositasida konteynyerlarda, tagliklarda va ularsiz, 
shuningdek uyo‘lgan holda tashiladi. Tagliklar, agar g‘ishtni joylashtirishning 
balandligi avtotransport vositasi kuzovi bortining balandligidan yuqori bo‘lsa, 
to‘suvchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. 
Tashuvchi paketning pastki qatoridan, burchaklaridan yoki chetlaridan g‘ishtlar 
tushib ketayotgan bo‘lsa, shuningdek agar g‘ishtni joylashtirishning balandligi 
avtotransport vositasi kuzovi borti balandligidan yuqori bo‘lsa, to‘suvchi qurilmalar 
yo‘q bo‘lganda paketlarni tashishga qabul qilmasligi mumkin. 
Xom g‘isht 7 tonnagacha yuk ko‘taradigan avtotransport vositasining 
tagliklarida tashilganda paketlar yukni jo‘natuvchi tomonidan kuzovning o‘qi bo‘ylab 
joylashtirilishi, 7 tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan avtotransport vositasida 
tashilganda esa — kuzovning yon bortlaridan biriga taqashtirilib shaxmat tartibida 
kuzovning o‘qiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak. 
Qurilish qorishmalari kuzovi sisterna shaklidagi avtotransport vositalari — 
qorishma tashuvchilarda, bortli avtotransport vositasining kuzoviga o‘rnatilgan 
maxsus konteynyerlar va pastak yog‘och taralarda, shuningdek orqa bort 
termoizolatsiya qopqoqlari, kigiz to‘shamalar, shuningdek yilning qish vaqtida 
kuzovni ishlatilgan gazlar bilan isitish uchun qurilmalar bilan qo‘shimcha ravishda 
zichlashtirilgan avtosomosvallarning kuzovlarida tashiladi. 
Qurilish qorishmalari yopishib qolishidan himoya qilish uchun iflos narsalar va 
zanglardan sinchiklab tozalangan kuzovning ichki yuzasiga xlorli kalsiyning suvli 
eritmasi surtiladi. 
Listli shishani tashish uchun brezent bilan ta’minlangan bort platformali 
avtomobillardan (avtopoyezdlardan yoki avtomobil furgonlardan) foydalaniladi. 
Vitrinaga mo‘ljallangan list shisha maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida 
tashilishi kerak. 
Listli shisha yog‘och yashchiklarda, universal yoki maxsus konteynyerlarda, 
ko‘p oborotli yashchiklarda va shishaning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa tarada 
tashiladi. 
Shisha solingan yashchiklar bir-biriga zich taqalgan holda avtotransport 
vositasining harakati yo‘nalishi bo‘ylab ko‘ndalang holda uning kuzoviga 
joylashtiriladi. Kuzov to‘lmagan taqdirda yashchiklar harakat vaqtida siljimaydigan 
va tebranmaydigan qilib mahkamlanadi yoki tikiladi. 
Ko‘p oborotli yashchiklardagi listli shishani avtotransport vositasi kuzovining 
uzunasi va ko‘ndalangiga o‘rnatish mumkin. Yashchiklarni mahkamlash: yupqa 
taxtalar bilan tikish yoki burchaklari orqali sim bilan bog‘lash zarur. 
Ko‘ndalangiga joylashtirishda ko‘p oborotli yashchiklarni avtotransport 
vositasining kabinasiga tomon sal qiya holda o‘rnatish zarur. 


690
Nosoz va singan shisha bo‘laklari bo‘lgan yashchiklar va konteynyerlar tashish 
uchun qabul qilinmaydi. 
Santexnika buyumlari (chinni-ganch, metall) ularning himoya qilinishini 
ta’minlaydigan zavod o‘ramida tashish uchun taqdim etiladi. 
Temir-beton buyumlar konstruksiyasiga qarab yo‘lda yukning barqaror holatini 
ta’minlaydigan uskuna bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida 
va gorizontal, vertikal yoki qiya holatda ixtisoslashtirilmagan avtotransport 
vositalarida tashilishi mumkin. 
Ixtisoslashtirilgan avtotransportdan devorbop panellar va to‘sgichlarni, 
shuningdek massasi 16 tonnadan ortiq temir-beton buyumlarni tashish uchun 
foydalaniladi. 
Bortli platformali avtotransport vositalaridan (avtopoyezdlardan) uncha katta 
bo‘lmagan o‘lchamli temir-beton buyumlarni (poydevor bloklari, to‘shamalar, 
plitalar, zinapoya marshlari va boshqalarni) tashish uchun foydalaniladi. 
Uzun o‘lchamli temir-beton buyumlarni (fermalar, to‘sinlar va boshqalarni) 
tashish uchun yarimtirkamali va tirkamalar — yog‘och aravali avtopoyezddan 
foydalaniladi. 
Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallarini tashish uchun 
foydalaniladigan ixtisoslashtirilmagan avtotransport vositalari yog‘och-taxtalar 
kabinaga siljishining oldini oluvchi maxsus moslamalar (tishlar, sirg‘alishga qarshi 
taroqlar) bilan jihozlanadi, kabinaning orqasiga esa yog‘och xoda, govronlarning 
zarbalaridan himoya qilish uchun g‘ov o‘rnatiladi. 
Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallari avtotransport vositasi va 
tirkama bo‘yicha teng joylashtiriladi. Avtotransport vositasidagi yukning balandligi 
tirkama-yog‘och aravadagi yukning balandligidan 100 millimetrdan ortiq bo‘lmasligi 
kerak. 
Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallarini tashishda yukni 
jo‘natuvchi yog‘och-taxta materiallarini oldindan uzunligi bo‘yicha navlarga ajratib 
paketlarga joylashtirishi va ularni inventar bog‘ich bilan mahkamlashi kerak. 
Yog‘och-taxta va arralangan binokorlik materiallarini yukni jo‘natuvchidan 
tashish uchun qabul qilish va yukni oluvchiga topshirish tashuvchi tomonidan hajmi 
bo‘yicha, paketli usulda tashishda esa — yuk o‘rinlari (paketlar) soni bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Metall va undan yasalgan buyumlarni tashish uchun ularning guruhiga qarab 
bortli platformali avtotransport vositalari, yarimtirkamali shatakchilar, metall 
tashuvchilar, tirkamali-yog‘och aravali avtomobillar qo‘llaniladi. 
Metall va undan tayyorlangan buyumlar: 
Uzun o‘lchamli prokat (po‘lat prokat, burchaklar, shvellyerlar va qo‘shtavrlar — 
shtabellarda yoki bog‘lamalarda; 
Po‘lat kanatlar — buxtaga yoki barabanga o‘ralgan holda; 
O‘rama setkalar — yumshoq po‘lat sim bilan o‘ralgan holda; 


691
Yassi setkalar — paketlarga bog‘langan holda; 
Kichik gabaritli metall (mixparchinlar, boltlar, gaykalar, shaybalar, vintlar) — 
taraga joylashtirilgan holda; 
Elektrodlar — qog‘ozga o‘ralgan va yashchiklarga joylashtirilgan holda; 
Rangli metallar va qotishmalar — pachkalarga bog‘langan va taraga 
joylashtirilgan holda tashiladi. 
Uzun o‘lchamli metallarni (va boshqa metallardan tayyorlangan buyumlarni) 
yuklashda tirkama-yog‘och aravalarda tirkamaning burishini ta’minlash uchun 
avtomobilga nisbatan istalgan tomonga 90 darajada kabina bilan yuk o‘rtasida oraliq 
qoldirilishi kerak. 
Tashuvchi avtotransport vositasi kuzovining old qismiga yuk kabinani 
shikastlashidan himoya qilish uchun po‘lat g‘ov o‘rnatishi kerak. 
Yuk ortilgan konteynerni qabul qilib olishda tashuvchi va mijoz konteynerni 
tashqi tomondan ko‘zdan kechiradilar, tamg‘aning, tamg‘alash simining yaxlitligi va 
sozligini, konteyner raqami va tamg‘a izi nazorat belgisining tovar-transport 
yukxatida ko‘rsatilgan konteyner raqami va nazorat belgisiga muvofiqligini 
tekshiradilar. 
Yukni joylashtirishda yukni jo‘natuvchi yuk bilan konteyner eshigi o‘rtasida 30 
millimetrdan 50 millimetrgacha bo‘sh oraliq qoldirishi kerak. Yuk konteyner ichida 
yukni jo‘natuvchi tomonidan noto‘g‘ri joylashtirilishi yoki mahkamlanishi oqibatida 
yuz bergan yukning buzilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchi javob 
bermaydi. Tamg‘a noaniq bosilgan, shuningdek noto‘g‘ri ilingan tamg‘ali 
konteynerni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Har bir konteynerga yukni jo‘natuvchi yuklangan o‘rinlar sonini ko‘rsatgan 
holda imzo bilan tasdiqlangan yukning ro‘yxatini solib qo‘yadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin