693
To‘g‘ridan to‘g‘ri aralash tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan
boshlab to‘rt oy o‘tgach
yukni oluvchiga berilmasa, yukni yo‘qotilgan deb
hisoblashga va yuk yo‘qotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Avtotransport vositasi tashish shartnomasida belgilangandan ortiqcha vaqt
normasida yuk ortilgan yoki tushirilgan holda bekor turib qolganligi, shuningdek
mijozning aybi bo‘yicha avtotransport vositasi to‘xtash joyida yoki borish yo‘lida
bekor turib qolganligi uchun tashuvchi tashish shartnomasida nazarda tutilgan
neustoykani talab qilishga haqlidir.
Tovar-transport yukxatidagi yoki yo‘l varaqasidagi avtotransport vositasi kelgan
va jo‘nab ketgan vaqt to‘g‘risidagi belgilar avtotransport
vositasi bekor turib
qolganligi uchun da’vo qo‘zg‘ash uchun asos hisoblanadi.
Tashish shartnomasida tovar-transport yukxatini, shuningdek yo‘l varaqasini
rasmiylashtirish rad etilganligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun mijoz
tomonidan tashuvchiga neustoyka to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Yukni jo‘natuvchi u tomonidan tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning noto‘g‘riligi, noaniqligi yoki to‘liq emasligi munosabati bilan
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha
zararlar uchun tashuvchi, yukni oluvchi va
tashish jarayonida ishtirok etuvchi barcha shaxslar oldida javob beradi.
Mijoz avtotransport vositalariga qonun hujjatlarida taqiqlangan va ilova
hujjatlarida ko‘rsatilmagan yuklar ortilganligi uchun javob beradi.
Yukni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan da’voni tashuvchiga taqdim
etishdan oldin unga talab taqdim etish majburiydir.
Tashish shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoxud zarur tarzda bajarilmasligi
munosabati bilan tashuvchi bilan mijoz o‘rtasidagi
kelishmovchiliklar hollari
tomonlarning
kelishuviga
ko‘ra
erkin
shakldagi
dalolatnomalar
bilan
rasmiylashtirilishi mumkin, ularda tomonlarning javobgarligi choralarini belgilash
uchun asos hisoblanadigan holatlar ko‘rsatiladi.
Yukning yo‘qolganligi, buzilganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi uchun
zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo har bir jo‘natish bo‘yicha alohida taqdim etilishi
kerak. Bir yukni jo‘natuvchining bir yukni oluvchi manziliga
bir turdagi yuklari
bo‘yicha jo‘natishlar guruhiga bitta da’vo taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi.
Da’volarga zarur hujjatlar (tovar-transport yukxati, tovar uchun chek va
zararning hisob-kitobi) ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Tashuvchiga
da’volar
mijoz
tomonidan
ushbu
qoidalarning 7-
bandida belgilangan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin taqdim etilishi mumkin.
Zarur hujjatlarsiz tashuvchiga berilgan da’volar u olingan kundan boshlab o‘n
kun muddatda berilgan hujjatlar bilan birgalikda va qaytarish sabablari ko‘rsatilgan
holda ariza beruvchiga qaytariladi. Bunda da’volarni taqdim etish uchun belgilangan
muddat to‘xtatilmaydi.
Da’vo pochtada yoki bevosita tashuvchiga tilxat ostida berilgan kun mijoz
tomonidan da’vo berilgan kun deb hisoblanadi.
694
Da’voni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida tashuvchi mijozni o‘ttiz kunlik
muddatda xabardor qilishi kerak. Da’vo tashuvchi tomonidan rad etilgan taqdirda u
da’vo rad etilishining sabablarini ko‘rsatishi kerak.
Tashuvchi da’voni to‘liq yoki qisman rad etgan, yoxud tashuvcidan o‘ttiz kunlik
mudatda javob olinmagan taqdirda tashuvchiga da’vo yukni jo‘natuvchi yoki yokni
oluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Nazorat
savollar
1.
Yuklarning ayrim turlarini tashishda ularning xossalaridan
2.
Yukni jo‘natuvchi tovar-transport hujjatlari
3.
Bitta avtotransport vositasida bir necha yukni oluvchilarga yuklarni tashish
4.
Tez buziladigan yuklar quyidagi guruhlar
5.
Agar o‘z xususiyatiga ko‘ra
omborga joylashtirilishi
6.
Radiaktiv moddalarni tashish