Bundan tashqari, quyidagi konventsiyalarni keltirib O‘tish joiz.
1. 1980 yil 8 –maydagi temiryo‘l bo‘ylab yukni xalqaro transportirovka qilishga
oid konventsiyadagi qoidalar (COTIF)8 Temiryo‘l transporti bilan yukni xalqaro
tashish bo‘yicha kontraktga oid yagona qoidalar (CIM);
2. Transport nakladnoylariga taalluqli qonunchilikning ba’zi qoidalarini bir
xillashtirish
bo‘yicha
xalqaro
konventsiya
(1924,
Bryussel)
Bryusselda tuzilgan bayon noma asosida kiritilgan tuzatishlari bilan (Gaaga-Visbu
qoidalari);
3. Yukni dengiz transporti bilan transportirovka qilish bo‘yicha BMT
konventsiyasi, 1978, Gamburg (Gamburg qoidalari);
4. Yukni avtotransport bilan xalqaro tashishga oid ba’zi qoidalarni
birxillashtirish
bo‘yicha Konventsiya, Varshava, 1929 (Varshava Konventsiyasi). Yuklarni ichki suv
transporti
bilan
xalqaro
tashish
va
xalqaro
multimodal
tashish
bo‘yicha, hozirgi vaqtda hech qanday xalqaro konventsiyalar amalda emas. 1988 yili
Jenevada yukni xalqaro multimodal tashish bo‘yicha BMT Konventsiyasi tavsiya
etilgandi. Bu Konventsiyani faqatgina 9 davlat ratifikatsiya qilgan va hech qachon
kuchga kirmaydi. Xalqaro multimodal tashishlarga to‘xtalganda esa, bu sohada
multimodal tashishlar bo‘yicha hujjatlar uchun UNCTAD/IIC qoidalari, FIATA
Kombinatsiyalangan
transport
hujjati
va
yangi
chiqarilgan
BIMCO/INCACOMBIDOS
singari
xalqaro
andozaviy
kontraktlardan
foydalaniladi.[413]
Quyidagi ayrim xalqaro konventsiyalarni ko‘rib chiqamiz:
423
- Cotif – Cim Konventsiyasi. Birinchi CIM Konventsiyasi 1890 yilga mansub
bo‘lib, u xalqaro yuk tashish sohasidagi xalqaro konventsiyalar orasida eng eskisi
sanaladi. Bir necha marotaba tuzatishlar (qo‘shimchalar) kiritilgan. 1980 yilda
yuklarni transportirovka qilish bo‘yicha CIM konventsiyasi va yo‘lovchilarni tashish
bo‘yicha COTIF konventsiyasi bitta yuk kontseptsiyasiga va ikkita ilovaga ega
COTIF konventsiyasiga birlashtirilgan edi: CIM - yuklar transaportirovkasi uchun (B
ilova) va CIV - yo‘lovchilarni tashish uchun (A ilova). COTIF Konventsiyasi
Yevropadagi barcha davlatlar, Shuningdek,Shimoliy Afrika va Osiyoning ba’zi
mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. CIM Konventsiyasi yuklarni hech
bo‘lmaganda ikki davlat hududi bo‘ylab va OTIF (Temir yo‘l transporti bilan
yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha Xalqaro tashkilot, qarorgohi Shveytsariyaning Bern
shahrida joylashgan) tomonidan tuzilgan ro‘yxati kiritilgan temir yo‘l yo‘nalishlari
orqali tashishga yozilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nakladnoy shartlari bilan temir yo‘l
transporti bilan tashishda qo‘llanadi. Gaaga qoidalari va Gaaga-Visbu qoidalari. 1924
yil Bryusselda O‘tkazilgan Diplomatiya Konferentsiyasida Gaaga qoidalari qabul
qilingan, keyin esa transport nakladnoylari (Konosament) bo‘yicha Bryussel
konventsiyasiga kiritilgan edi. Gaaga qoidalari dengizdavlatlari tomonidan
umumjahon e’tirofiga sazovor bo‘ldi, garchi ulardan ba’zilari transport nakladnoylari
(Konosament) bo‘yicha Bryussel konventsiyasining haqiqiy a’zolari bo‘lishsada,
konventsiya qoidalari (shartlari)ni O‘z milliy qonunlariga kiritdilar. 1968 yilda
Konosamentlar bo‘yicha Bryussel konventsiyasiga (Visbu qoidalari deb ham
ataladi). Bayonnoma asosida Gaaga qoidalariga tuzatishlar kiritiladi. Tuzatilgan
Gaaga qoidalari Gaaga-Visbu qoidalari deb atala boshladi. Gaaga qoidalari
ishtirokchilari - davlatlarning cheklangan miqdorigina Visbu qoidalarini qabul qildi.
Gaaga-Visbu qoidalari konosamentda (transport nakladnoyida) yoki shunga O‘xshash
nomlanuvchi xujjatda ko‘rsatilgan dengiz yo‘llari bilan yuklarni tashish
kontraktlariga
nisbatan qo‘llanadi, qoidalar, Shuningdek, konosament yoki unga O‘xshash
hujjatning berilishi yuk tashuvchi va hujjat egasi O‘rtasidagi munosabatlarni tartibga
solish hollarida qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, qoidalar konosament uchun
tomonning fraxtlovchisi tarafidan berilganida qo‘llanadi. Qoidalar fraxt kontrakti
yoki boshqa tashish kontraktlariga, agar bunday tashishga konosament bo‘rilmagan
bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.
Hududiy hamroh masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Gaaga-Visbu qoidalari 10-
moddasining qo‘llanishi bu qoidalarning turli ikki davlat portlari O‘rtasida
transportirovka qilishda quyidagi hollarda qo‘llanishini ta’minlaydi: a) konosament
kontrakt tuzgan mamlakatga berilgan; b) transportirovka kontraktni imzolagan
mamlakat portidan amalga oshiriladi; c) konosament yuk tashish kontrakti qoidalar
yoki qoidalar asosida ish ko‘radigan istalgan yuk tashuvchi tomonidan boshqarilishi
faktini kafolatlagan holda sug‘urta qiluvchining bitta kema bo‘yicha javobgarligi
doirasi to‘g‘risida qo‘shimcha shartlarga ham egadir. Kontraktni imzolagan davlat
424
qoidalardan boshqa hollarda, masalan, O‘z hududida joylashgan portlarga yukni
transportirovka qilgan hollarda ham foydalanishi mumkin. Gamburg qoidalari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizda Xalqaro yuk tashish bo‘yicha birinchi
Konventsiyasi edi. Qoidalar UNCITRAL (bmtning Xalqaro Savdo to‘g‘risida qonun
bo‘yicha qo‘mitasi) tomonidan tayyorlangan va 1978 yil Gamburgda, Diplomatiya
Konferentsiyasida qabul qilingan edi. Ular yuzasidan jo‘shqin tortishuv bo‘lgan
va unga, jumladan, an’anaviy dengiz davlatlari ham qarshi chiqqan edilar. Gamburg
qoidalari faqat 1992 yilning noyabridan, 20 davlat tomonidan e’tirof etilganidan
keyin kuchga kirdi (ularning aksariyati transportirovkalardan arzimas darajada
manfaatdor bo‘lgan riovjlanayotgan mamlakatlaridir). Gamburg qoidalari Gaaga-
Visbu qoidalariga qaraganda ancha keng qo‘llanish doirasiga ega: - Gamburg
qoidalari nafaqat konosament sharti bilan dengiz yo‘li orqali yuklarni Xalqaro
transportirovka qilishga, qolaversa fraxtlash kontrakti shartlari bilan yuk tashishni
istisno qilganda, bunday Xalqaro transportirovka kontraktining istalgan sohasiga ham
tatbiq etiladi (masalan, dengiz transporti nakladnoyi sharti bilan). Shunga qaramay,
fraxt kontrakti shartida konosament berilganda Gamburg qoidalaridan foydalaniladi; -
Gamburg qoidalarining transport qamrovi Gaaga-Visbu qoidalarinikiga qaraganda
ancha kattadir. Ularga quyidagi qo‘shimcha havolalar ham kiritilgan: yuklash porti
yoki tushirish porti, kontraktda nazarda tutilganidek, kontraktni imzolagan davlatda
joylashgan
bo‘ladi yoxud agar u chindan ham tushirish porti bo‘lishi sharti bilan qandaydir
tanlangan portda joylashgan bo‘ladi. 106 - Varshava Konventsiyasi 1929 yilda e’lon
qilingan. Hamma joyda e’tirof etilgan. 1955 yilda Gaaga Bayonnomasi asosida
Varshava konventsiyasiga tuzatishlar kiritilgan, 1961 yilda esa gvaladahra
konventsiyasi bilan to‘ldirilgan edi, yana 4 ta Bayonnoma 1975 yilda qabul
qilingan. Bu bayonnomalar Varshava va Gaaga qoidalariga qo‘shimcha tuzatishlarni
kiritgan, ammo bu Bayonnomalar hech qachon kuchga kirmagan. Konventsiya
Xalqaro yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni havo yo‘llari bilan tashishning barcha
turlariga nisbatan qo‘llanadi. Xalqaro tashish kontraktini imzolagan ikki mamlakat
O‘rtasida kontraktga muvofiq amalga oshiriladigan yuk tashish sifatida ta’riflangan
edi. Konventsiya, Shuningdek, kontraktni imzolagan davlatning hududi ichidagi
tashishlarga tatbiq etiladi va hatto agar bu davlat Konventsiyaga a’zo bo‘lmagan
taqdirda ham boshqa bir davlatning hududi doirasida to‘xtash uchun shartlashilgan
joy mavjud bo‘ladi. - CMR Konventsiyasi 1956 yilda tasdiqlangan. Ushbu
Konventsiya yuklarni qabul qilish joyi va ularni yetkazib berish joyi kontraktda
belgilanganidek, ikkita turli mamlakatda bo‘lganida ulardan garchi bittasi CMR
a’zosi bo‘lgantaqdirda ham tomonlarning qaerda ekanligi va fuqaroligidan qat’iy
nazar muzd evaziga avtomobil transportida yuk tashish kontraktlariga nisbatan
qo‘llanadigan mintaqaviy Yevropa Konventsiyasi sanaladi. Agar bu kabi tashish
ishtirok etuvchi tomonlar O‘rtasida kelishilgan bo‘lsa, avtomobil transporti bilan
Xalqaro yuk tashishlarga nisbatan qo‘llanadi. CMR Konventsiyasi pochta
425
Konventsiyalari bo‘yicha tashuvlarga, dafn jo‘natmalariga mebellarni tashishga
nisbatan qo‘llanilmaydi. Yevropa mamlakatlarining aksariyati CMR Konventsiyasini
qabul qilgan.
Transport Intrnational Routiers (TIR) konvesiasi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy komissiyasi rahnamoligi
ostida 1975-yil noyabr oyida Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyada Xalqaro
yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi
bojxona konvensiyasi koʻrib chiqilgan. Ushbu konferensiya qatnashchilarining
koʻpchilik ovozi bilan xalqaro yuk tashish qonun-qoidalari qabul qilinib, shundan
buyon u asosiy universal tranzit tizimlaridan biri boʻlib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi ushbu konvensiyaga 1996-yil 28-martda aʼzo boʻldi.
Ushbu konvensiyasining asosiy gʻoyasi va prinsiplari koʻplab boshqa tranzit
tizimlarini asosi hisoblanadi. Shu bilan birga, u bevosita yoki bilvosita xalqaro
transportda yuk tashishga toʻliq va avtomobilda yuk tashishda qisman
soddalashtirishda nafaqat Yevropa va oʻrta Sharqda, balki Afrika va Lotin Amerikasi
mintaqalarida ham yordam bermoqda.
Bugungi kunda, oʻzbekiston Respublikasi Konvensiyaga aʼzo 77 ta davlatlar
oʻrtasida TIR Karnet kitobchalaridan eng koʻp foydalanadigan davlatlardan biri
hisoblanadi va bu borada 6 oʻrinni egallaydi. Respublikamiz hududida xalqaro
tashuvlarni amalga oshirayotgan har uchinchi avtomobil transporti TIR Karnet
kitobchasi asosida tashuvlarni amalga oshiradi.
TIR Karnet kitobchasi – bojxona maqsadlarida foydalaniladigan, tovarlarni
avtomobil transportida xalqaro tashish uchun moʻljallangan va kafolat bilan
taʼminlangan xalqaro yuk-kuzatuv hujjati hisoblanadi.
Joriy yil 11-fevral kuni Konvensiyaning Ijro etuvchi kengashi aʼzoligiga
saylovlar oʻtkazildi.
Konvensiyaga muvofiq, Ijro etuvchi kengash – Konvensiyaning nazorat organi
hisoblanib, TIR Karnet kitobchalari asosida amalga oshiriladigan xalqaro tashuvlarda
qatnashadigan barcha tomonlarni Konvensiya qoidalariga rioya qilishini taʼminlovchi
transport va bojxona sohasidagi nufuzli organ hisoblanadi.
Oʻtkazilgan saylovlarda 54 ta davlatlarning vakillari qatnashgan boʻlib, Ijro
etuvchi kengashning 9 ta aʼzolari saylandi. Ovoz berish natijalariga koʻra,
oʻzbekiston Respublikasidan ilk marotaba Konvensiyaning Ijro etuvchi kengashi
aʼzoligiga 2021-2022-yillar uchun Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona nazoratini
tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Kabulov Rustam Kaxramonovich saylandi.
Shuningdek, ushbu organ aʼzosi sifatida oʻzbekiston vakilidan tashqari
qoʻyidagi nomzodlar saylandi:
Dostları ilə paylaş: |