426
Konvensiyaning 6-ilovasida va 7-ilovasining III qismida mavjud bo‘lgan tushuntirish
xatlari ular taalluqli bo‘lgan Konvensiyaning ilovalari bilan birga joylashtirilgan (6-
ilovadagi rasmlardan tashqari). Mazkur Konvensiyaning 43-
moddasiga muvofiq
tushuntirish xatlarida mazkur Konvensiya va uning ilovalarining ayrim qoidalarini
talqini mavjud.
Ular shuningdek, tavsiya etiladigan amaliyotning ayrim turlarini
ta’riflagan. Tushuntirish xatlari mazkur Konvensiyaning
yoki uning ilovalarining
qoidalarini o‘zgartirmaydi, faqatgina ularning mazmunini, ma’nosini va qo‘llash
sohasini aniqlab beradi. Xususan, yo‘l transport vositalariga
bojxona muhrlari va
plombalari ostida tashishlarga ruxsat berishning texnik shartlariga nisbatan mazkur
Konvensiyaning 12-moddasidagi va uning 2-ilovasidagi qoidalar tufayli, tushuntirish
xatlarida tegishli holatlarda Ahdlashuvchi tomonlar tarafidan ushbu qoidalarga javob
beruvchi sifatida qaralishi kerak bo‘lgan konstruktiv xususiyatlari to‘g‘risidagi
ko‘rsatmalar mavjud. Tushuntirish
xatlarida shuningdek, tegishli holatlarda,
qanday
konstruktiv xususiyatlari ushbu qoidalarga javob bermasligi ham ko‘rsatilishi
mumkin. Shunday qilib, tushuntirish xatlari texnik taraqqiyotni
va iqtisodiy tartib
talablarini hisobga olgan holda mazkur Konvensiya va uning ilovalarining qoidalarini
qo‘llash imkonini ta’minlaydi. Sharhlar ham ular taalluqli bo‘lgan qoidalar bilan
birga joylashtiriladi. XYT Konvensiyasi bo‘yicha Qo‘llanmada mavjud bo‘lgan
sharhlar 1975 yilgi XYT Konvensiyasining barcha Ahdlashuvchi tomonlari tarafidan
bajarilishi shart emas, lekin ular baribir Konvensiya qoidalarini yanada aniqroq talqin
qilish uchun, uni unifikatsiya qilish va bir xilda qo‘llash uchun juda muhim, chunki
ular 1975 yilgi XYT Konvensiyasi Ma’muriy qo‘mitasi va transport bilan bog‘liq
bojxona masalalari bo‘yicha Ishchi guruhining fikrini ifoda etadi.
Bunga har bir
sharhda urg‘u beriladi.
Savollar
1.Xalqaro transportni huquqiy tartibga solishni rivojlantirish.
2.Xalqaro transport tashkilotlari.
3.Ixtisoslashtirilgan xalqaro transport tashkilotlari.
4.Temir yo‘l transporti sohasida.
5.Xalqaro tashkilotlarning hujjatlari
Dostları ilə paylaş: