O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə147/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Xalqaro ISO standartlari bu tushunchaga aniqlik kiritish uchun quyidagicha ta’kidlaydi : "Ob’ektning belgilangan va kutilayotgan talablarini kondirishga qaratilgan xarakteristikalar majmui."
Demak, biz belgilangan va kutilayotgan talablarni qondirish qobiliyatiga ega bo’ladigan mahsulot ishlab chiqarishga aloxida e’tibor berishimiz kerak ekan.Iste’molchining talablarini to’la-to’kis kondirish, xalkaro bozor rakobotlariga dosh bera oladigan, xalkaro standartlar tizimiga muvofiq mahsulot ishlab chiqish, uni joriy qilish xar bir korhona uchun ayni vaqtdagi iqtisodiy qiyinchilik davrida korhonaning asosiy rivojlanish tomonlaridan biri bo’ladi. Mahsulot sifatini oshirish, sifat tizimini xayotga tadbiq kilish va uni umumjaxon mikiyosida tan olingan tashkilot tomonidan sertifikatlashtirish bozor iqtisodiyoti sharoiti faoliyat ko’rsatayotgan barcha korhonalar qatori bizning korhonamiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri.
Sifat tizimi - bu sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan tashkiliy struktura, faoliyatni amalga oshirish usullari, jarayon va resurslar majmuidir. Demak sifat tizimi bu ma’lum bir mahsulot yoki hizmat turining sifatini ta’minlash va unga kafolat beruvchi bir mexanizm ekan.ISO xalqaro standartlari yuqorida aytib o’tilgan barcha talablarga javob beruvchi sifat tizimini yaratishni ko’zda tutadi. Ushbu standartlar asosida sifat tizimini yaratish nafaqat mahsulot sifatini ta’minlash, boshqaruv faoliyatini yengillashtirish balki kompaniyada ichki ijtimoiy iqlimni yaratish ya’ni xar bir ishchi egallab turgan vazifasidan ka’tiy nazar o’zini, sifat tizimini ishtirokchisi deb bilishi, mehnat natijalarini kun sayin oshirib borish va bugun kechagidan yaxshiroq ishlashga xarakat qilish demakdir.
ISO so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib «INTERNATIONAL ORGANIZATION FOR STANDARDITIZATION», ya’ni Standartlashtirish bo’yicha Xalkaro tashkilot deb nomlanadi. Bu tashkilot 1946 yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining standartlarni muvofiqlashtirish qo’mitasi majlisida tashkil etilgan. SHu bilan birga shu yili Oliy Assambleyaning majlisida bu tashkilotning Ustavi qabul qilindi. Bu ustav tashkilotning statusi, tarkibi asosiy organlarning funktsiyasi va ish uslublarini o’z ichiga jam qilgan.Xalqaro tashkilot ISOning Ustavida quyidagicha yozilgan: “Bu tashkilotning asosiy maqsadi standartlashtirishni jaxon mikyosida rivojlanishiga yordam kursatish. SHu bilan birga xalkaro tovar ayriboshlashni va uzaro yordamlarni osonlashtirish, kolaversa akliy, ilmiy, texnik va iqtisodiy sohalardagi faoliyatda xamkorlikni kengaytirishdan iborat.”
Standartlarni ishlab chiqish ISOning tehnik qo’mitalari tomonidan amalga oshiriladi. Standartlar 9000, 10000, 14000 va boshqa turlarga bo’linadi. ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar “Sifatni ma’muriy boshqarish va sifatni ta’minlash sohasidagi standartlar” nomi bilan quyidagi sohalarga bo’linadi.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin