O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Qishloq xo’jaligini ekstensiv shaklda rivojlantirish



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə156/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Qishloq xo’jaligini ekstensiv shaklda rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikni o’sishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni o’zlashtirish hisobiga ekin maydonlarini ko’paytirish, chorva mollarini boshini ko’paytirish va qo’shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslari ko’lamlarining ortishi yuz bergani holda texnika texnalogiyasi, sifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan o’zgarmaydi. ekstensiv omillar dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko’plab ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar o’z tarixining dastlabki davrlardan boshlab, o’zlari o’zlashtirgan yerlarni tark etib unumdor yerlarni qidirish uchun yer sharining har tomoniga tarqalganlar. YAngi yerlarni o’zlashtirish hozirgi davrda bizning mamlakatimizdagi kabi dunѐning boshqa mamlakatlarida ham davom etmokda. SHu bilan birgalikda dunѐ mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligini yuksaltirishni nisbatan samaradorlik va ahamiyatiliroq shakli bo’lgan intensivlashtirish muhim o’rin tutadi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning intensiv shaklida - mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi sifat omillari evaziga, ya’ni ishlab chiqarishga nisbatan takomillashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq etish (ulardan to’la va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etuvchi ilg’or texnalogiya, ilmiy-texnika taraqqiѐti natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga oshiriladi. SHuni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv shakli ba’zi hollarda samarali bo’lishi mumkin, shunga muvofiq har doim ekstensiv shaklni samarasiz deb ta’kidlash fikri o’zini oqlamaydi. Amalda bu ikki yo’l ishlab chiqarishni rivojlanishida bir-birini to’ldirib, piravorida umumiy iqtisodiy samardorlikni ortishiga olib keladi. SHu sababli qishloq xo’jaligida ayrim holatlarda ekstensiv o’sish omillari va intensiv o’sish omillarini birgalikda qo’llash natijasida samaraga erishiladi.Ular yagona xo’jalik faoliyatiga xos usullar bo’lib, bir vaqtning o’zida iqtisodiy o’sishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat(intensiv) jihatlari mavjud bo’ladi, ammo ularning nisbati har xil mutanosiblikda bo’ladi. Iqtisodiѐtda qo’l mehnati tehnologiyasi va malakasiz ish kuchiga asoslanilsa, ekstensiv o’sish ustun turadi. Aksincha, ishlab chiqarish mashinalashgan, serunum tehnologiya va yuksak malakali ish kuchiga tayanilgan joyda intensiv o’sish birinchi o’rinda turadi, ishlab chiqarish rivojlangan sari qonuniyatli tarzda intensiv o’sishning ahamiyati barqaror oshib boradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish nazariyasi avvalombor yer xususiyatini hisobga olish, uni qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi ekaniga asoslanadi. Ma’lumki yerni asosiy vosita sifatida muhim xususiyatlaridan biri uni chegaralanganligidir. yerni chegaranganligi o’z navbatida qishloq xo’jaligini intensivlvashtirishni taqozo etadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishni qo’shimcha yer maydonlarini o’zlashtirish orqali amalga oshirish chegaralanganligi ishlab chiqarish oldiga mavjud o’zlashtirilgan yerlarni sifatini yaxshilash, binobarin, ulardan intensiv foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin