O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə54/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Ball bonitetlari



Paxta



Don



Beda

Don uchun makkajo‘xori

Bir yillik o‘tlar

Ildiz mevalilar

10

4

6

20

7,5

30

90

20

8

12

40

15

60

180

30

12

18

60

22,5

90

270

40

16

24

80

30

120

360

50

20

30

100

37,5

150

450

60

24

36

120

45

180

540

70

28

42

140

52,5

210

630

80

32

48

160

60

240

720

90

36

54

180

67,5

270

810

100

40

60

200

75

300

900

1 ballning
Bahosi

0,4

0,6

2,0

0,75

3,0

9,0

1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan sof daromad quyidagicha aniqlanadi:


Bunda: CHDn – 1 ga sug‘oriladigan yerning meyoriy sof daromadi; VPn – 1 ga sug‘oriladigan yerning meyoriy yalpi mahsuloti;


Rn – har xil sifatli yerlar foizidan hosil bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hisoblangan daromadi meyori.
Asosiy ekinlarni birga qo‘shish bo‘yicha meyoriy yalpi hosilni hisoblash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

  • yerni baholayotgan obyektning ekin maydonlari tarkibi va shu ekinlarni sotish baholari bo‘yicha o‘rtachasini qo‘llab;

  • umumiy ekin maydonidagi ekinlar bo‘yicha baholar hisoblab chiqilib, quyidagi tartibda hisoblanadi:

;
Bunda: X – 1 gektardagi paxta xom-ashyosining qiymati; Z – 1 gektardagi don mahsulotining qiymati;
K – 1 gektardagi ozuqa ekinining qiymati;
R – ekinlarning foiz (%) hisobidagi solishtirma miqdori.
Sug‘oriladigan 1 gektar yerning meyoriy bahosi quyidagicha aniqlanadi:
;
Bunda: Sn – sug‘oriladigan yerning 1 gektarining meyoriy bahosi;
CHDn – sug‘oriladigan yerning 1 gektaridan olinadigan meyoriy sof foyda; P – kapitalga bank qo‘yadigan ssuda foizi;
K – qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida, xo‘jalik yuritish mavqei va intensivlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Respublikadagi barcha yerlar xalqimiz hayoti, faoliyati va farovonligining asosidir. Undan faqat bugunni emas, kelajak avlodlarning manfaatini ko‘zlab, ilmiy asoslangan holda oqilona, samarali foydalanish, uni muhofaza etish umummilliy dolzarb masala hisoblanadi. Bu vazifani hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000 yil 23 dekabrida «Yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizom»ni tasdiqladi. Yer monitoringi respublika yer fondidagi barcha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida ilmiy asoslangan holda aniqlash, yerlarga baho berish (sifat hamda iqtisodiy jihatdan), ularga ta’sir etuvchi salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini izchil tugatish maqsadida yerning holatini kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar tizimidan iboratdir. Respublikaning barcha yerlari monitoring obyekti hisoblanadi.
Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, respublikadagi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi zimmasiga vazirliklar va idoralar faoliyatini va yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtirishdek muhim vazifa yuklatilgan. «O‘zdavYerloyiha» institutining Yer kadastri sho‘ba korhonasi yer monitoringi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha qishloq xo‘jalik yerlari tuproq monitoringini amalga oshirish uchun tuproqshunoslik tadqiqotlariga oid to‘plangan barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, monitoring tadqiqotlarini olib borish maqsadida respublika, viloyatlar hamda tumanlar hududida asosiy maydonlarni tanlash va ularni asoslash; vaqt o‘tishi bilan tuproqlarning asosiy hususiyatlari o‘zgarganligini isbotlovchi ma’lumotlarni tYeran va to‘liq tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan asosiy hamda ekologik maydonlarda tuproqlarning holatini isbotlovchi ko‘rsatkichlar majmuasini asoslash, tashkil etish hamda yuritish; tuproqning holatini kuzatish, unga oid ma’lumotlarni sifatli to‘plash hamda ularga o‘zgartirishlar kiritish ishlarini olib boradi. Buning uchun qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarini suv va shamol Yeroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarish jarayoni monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari og‘ir metallar bilan zaharlanganlik hamda zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogen o‘zgarishi monitoringi; neft mahsulotlari salbiy ta’siri natijasida tuproqlarning ifloslanishi monitoringi; barcha o‘simliklarning og‘ir metallar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining gYerbitsid v pestitsidlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi. Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
O‘zbeiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Yer kodeksiga binoan yer umummilliy boylik bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yerdan davlatning chiqargan qonunlari asosida har bir fuqaro va korhona foydalanish huquqiga ega. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida shirkat xo‘jaliklariga doimiy foydalanish uchun, dehqon xo‘jaliklari yerdan mYeros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish, fermer xo‘jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan. Qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi subyektlar, har bir gektar yerdan qonun hujjatlari asosida samarali foydalanishi lozim.

    1. Ekiladigan ekin turini aniqlash

Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi xo‘jalikning biznes rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini boqish shartlari bilan tashkil etiladi. Bunda shartli ravishda har bir bosh mol hisobiga quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi: korhonalar (sigirlar, nasl olinadigan novvoslar, bo‘rdoqiga boqiladigan novvoslar) va otlar uchun 1 ga, yosh qoramollar uchun – 0,6, ko‘y va echkilar uchun – 0,1, cho‘chqalar uchun 0,3 hamda parrandalar uchun – 0,025.
Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblanadi;
Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda – kamida 0,30 gektarni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlardagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni:
sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda – kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami:
paxtachilik va g‘allachilik uchun – kamida 10 gektarni;
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun – kamida 1 gektarni tashkil qiladi.
Yer uchastkasi fermer xo‘jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo‘yicha, konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, yo‘llar va boshqa topografik elementlar bo‘yicha belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilayotgan yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi kerak. Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy, maqsadga muvofiq holda foydalaniladi, ular hususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari ekinlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan, belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi, amaldagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilganda bo‘linishi mumkin, agar uni bo‘lish vaqtida yangi tashkil etilgan yer uchastkalari «Fermer xo‘jaligi to‘hrisida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan eng kam o‘lchamlardan kam bo‘lmasa.
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallar yer tuzish hizmati organlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tayyorlanadi.
Yer uchastkalari berish qoidaga ko‘ra, fermer xo‘jaligini tashkil etish va yer uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi barcha hujjatlar qishloq xo‘jaligi ekinlari yig‘ishtirib bo‘lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlarda va zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari berish tartibi – bunda tuman hokimi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida, shuningdek, ushbu yerlarni fermer xo‘jaliklariga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hokimning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi korhonalari va tashkilotlari boshqaruvi (ma’muriyati) binolarida osib qo‘yilishi kerak. E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil etilayotgan fermer xo‘jaligining mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning o‘tkazilish vaqti va joyi. Tanlov uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qilingan vaqtdan boshlab, bir oy mobaynida o‘tkazilishi kerak.
Yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi ariza tashkil etilayotgan xo‘jalikning biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tanlov e’lon qilingandan boshlab bir oy mobaynida tuman hokimiga beriladi. Ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turar joyi, so‘ralayotgan yer uchastkasi joylashgan joy, uning maydoni, qishloq xo‘jaligi koopYerativi (shirkat xo‘jaligi)ning nomi, mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuv, chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi tashkil etishda– boqilishi mo‘ljallanayotgan mollarning turlari bo‘yicha bosh soni, yer uchastkasini ijaraga olish muddati ko‘rsatiladi. Fuqarolarning arizasi maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tuman hokimi arizani yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga beradi, komissiya fermer xo‘jaligiga yer uchastkalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tuman hokimiga beriladi. Tuman hokimi komissiya qarori asosida, uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ushbu qarorni hamda tanlov komissiyasi ishi natijalarini viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasiga tasdiqlash uchun yuboradi.
Viloyat hokimi boshchilik qiladigan komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash (yoki tasdiqlashni rad etish) haqida qaror qabul qiladi.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanishdagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular hususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin.
Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartiriladi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga mYeros bo‘yicha o‘tadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning mYerosxo‘ri ega bo‘ladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflar o‘rtasidan nizolar chiqqanda, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonnun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq mahalliy budjetga to‘lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan yeri va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, yerning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yagona yer solig‘i stavkasi miqdorida undiriladi.
Davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida, fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqi to‘lashdan ozod etiladi.
Fermer xo‘jaligi loyiha asosida yerni o‘zlashtirsa, besh yil davomida o‘zlashtirilgan yer uchun yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

    1. Ekiladigan ekin turi bo‘yicha xarajatlarni aniqlash. Xarajat turlari bo‘yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshirish

Har bir хo`jalik mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq хarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy rеsurslar (asosiy vositalar eskirishi, urug`lik, o`g`it, yonilg`i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mеhnat ishlab chiqarish хarajatlarini tashkil qiladi.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin