O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-jadval O‘zbekistonda baliq ovlashning barcha xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə99/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

1-jadval
O‘zbekistonda baliq ovlashning barcha xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili

Xo‘jalik turlari

Yillar

2014 yil 2011 yilga nisbatan

2011

2012

2013

2014

+, -

%

Barcha toifadagi xo‘jaliklar

16882,1

25885,1

38156,0

46534,6

+29652,5

2,8 m.

Salmog‘i

100,0

100,0

100,0

100,0

-

X

Fermer xo‘jaliklari

4778,6

7506,7

11389,3

13636,4

+8857,8

2,8 m.

Salmog‘i

28,3

29,0

29,8

29,3

+1,0

X

Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari

1886,3

2873,2

4233,7

8877,9

+6991,6

4,7 m.

Salmog‘i

11,2

11,1

11,1

19,1

+7,9

X

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

10217,2

15505,2

22533,0

24020,3

+13803,1

2,3 m.

Salmog‘i

60,5

59,9

59,1

51,6

-8,9

X

* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plammateriallari. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015


21.18.Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Bozor iqtisodiyotigacha bo‘lgan davrlarda baliq yetishtirish, uni sotish masalalari ancha takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Muximi bu tarmoqni tarmoq sifatida tan olish va aholining unga bo‘lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmas edi. Hozirda alohida baliqchilik xo‘jaliklarining tashkil etilishi, ularning yetarli darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi o‘z navbatida ularga pirovard natijaga Yerishishda samarali faoliyat ko‘rsatishlarini taqozo qiladi.


Kelajakda ko‘proq, sifatliroq va arzonroq baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur: I.Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish bo‘yicha:
1.Qishloq xo‘jaligi ekinlari maqsadlarida ishlatilmaydigan sho‘rxok yerlarda kichik baliqchilik fermer xo‘jaliklari tashkil etish;
2.Har bir tumanda fermer xo‘jaliklarini tizimli ravishda mayda baliq chavoqlari bilan ta’minlaydigan inkubasion – reproduktor xo‘jaliklarini tashkil etish;
3.Baliqchilik fermer xo‘jaliklarini O‘zdonmahsulot korhonalari va Chinoz maxsus baliq omuxta yem ishlab chiqarish korhonalarida ishlab chiqarilgan omuxta yem bilan uzluksiz ta’minlash;
4.Tumanlardagi shiyponlarda mavjud hovuzlarda kanal va kollektorlar relyefini inobatga olgan holda suv kirib chiqishini ta’minlab beruvchi basseynlarda intensiv baliq yetishtirish tehnologiyasini joriy etish;
5.Tuman hokimliklari va hududiy havza boshqarmalari sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi korhonalarini 2012 yilda zarur hajmdagi suv bilan kafolatli ta’minlash bo‘yicha ishlarini aniq belgilab olishlari.
II.Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash va ularni baliqlantirish masalalari bo‘yicha:
1.Baliqchilik sohasida foydalanishi mumkin bo‘lgan tabiiy suv havzalarini qayta inventarizasiya qilish va ko‘llardagi baliq zaxiralaridan oqilona foydalanishni tashkil etish;
2.Viloyat va tuman miqyosida tabiiy suv havzalarda ishlatilmay turgan bo‘sh maydonlarni ijaraga berishni tashkillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi;
3.Tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlash;
4.Tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni suv havzalari yaqinida markazlashtirilgan tarzda tashkil etishni yo‘lga qo‘yish;
5.Tuman hududlarida noqonuniy –brakonyerlik bilan shug‘ullanyotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
6.Aholi bandligini ta’minlash uchun tabiiy ko‘llarda sun’iy qafaslarda baliq yetishtirish tehnologiyasi joriy etish bo‘yicha xorijiy va maxalliy investorlar mablag‘larini jalb etish.
7.Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va baliq mahsulotlarini tuman bozorlarida uzluksiz sotishni tashkil etish va mavsumiy bank kreditlari ajratish bo‘yicha:
8.Tuman markaziy bozorlarida maxsus baliq sotish shoxobchalarini va tirik baliq sotishga mo‘ljallangan baliq akvariumlarini qurish va ularda ularda muntazam ravishda baliq sotishni tashkil etish;
9.Tirik baliqlarni yarim tayyor mahsulot holida qayta ishlaydigan kichik korhonalarni qurish va ularni maxsus uskunalar, muzlatgich, sovutgichlar bilan jixozlashni tashkil etish;
10.Tuman hududidagi ovqatlanish korhonalarida baliq taomlarini menyularda doimiy bo‘lishini va baliq taomlari xilma-xilligini ta’minlash.
11.Baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, moddiy-texnika bazasini yangilash, yangi tehnologiyalar olib kirish, qayta ishlashni tashkil etish uchun baliqchilik xo‘jaliklariga bank kreditlari berilishi ustidan nazoratni o‘rnatish.
Baliqchilik sohasiga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish vazifalari:
1.Hozirgi kunda baliqchilik bo‘yicha yagona qonun qabul qilish zarurati yuzaga kelgan.
2.Qabul qilinadigan qonun:
3.Cun’iy baliqchilik ho‘jaliklarida baliq yetishtirish, hovuz va yer fondidan maqsadli foydalanish;
4.Tabiiy suv havzalaridagi baliq zahiralaridan samarali va oqilona ovlashni tashkil qilish hamda baliq zahiralarini ko‘paytirish choralarini kuchaytirish va ovlovchi korhonalarning qonuniy javobgarligini oshirish;
5.Baliq mahsulotlarini sotishni tartibga olish va iste’molchilar huquqini himoya qilish;
6.Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish masalalarini o‘z ichiga olishi zarur.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin