O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-jadval O‘zbekistonda asal yetishtirishning barcha xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə102/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

1-jadval
O‘zbekistonda asal yetishtirishning barcha xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili

Xo‘jalik turlari

Yillar

2014 yil 2011 yilga nisbatan

2011

2012

2013

2014

+, -

%

Barcha toifadagi xo‘jaliklar

3786,1

5481,6

7177,0

8708,7

+4922,6

2,3 m.

Salmog‘i

100,0

100,0

100,0

100,0

-

X

Fermer xo‘jaliklari

575,8

893,5

1239,5

1480,3

+904,5

2,6 m.

Salmog‘i

15,2

16,3

17,3

17,0

+1,8

X

Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari

3036,7

4286,6

5479,7

6714,6

+3677,9

2,2 m.

Salmog‘i

80,2

78,2

76,3

77,1

-3,1

X

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

173,6

301,5

457,8

513,8

+340,2

2,9 m.

Salmog‘i

4,6

5,5

6,4

5,9

+1,3

X

* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plammateriallari. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015
Ushbu jadval ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, barcha toifa xo‘jaliklarida asal yetishtirish hajmi 2,2 dan 2,9 martagacha oshib borgan, fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda, dinamikada bu raqamlar 1,3 va 1,8 punkt o‘sib borish tendensiyasiga ega. Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida esa-3,1 punktga pasayish kuzatilgan. Demak, borgan sari ixtisoslashgan asalarichilik xo‘jaliklari shakllantirish jarayoni jadallashtirilmoqda.
21.Asalarichilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Mustaqillikning dastlabki yillarida asal yetishtirish, uni sotish masalalari ancha takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Shuning uchun ham bu tarmoqni tarmoq sifatida tan olish va aholining unga bo‘lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlash masalasi faqat hususiy asal yetishtiruvchilar e’tiborida edi. Mustaqillikning keyingi o‘n yilliklarida asalarichilik xo‘jaliklarining tashkil etilishi sari tashlangan qadam, ularga yetarli darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishni o‘z navbatida ularga pirovard natijaga Yerishishda samarali faoliyat ko‘rsatishlari kerakligini taqozo qiladi.
Kelajakda ko‘proq, sifatliroq va arzonroq asal mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur hisoblanadi:
Naslchilik ishlarini olib borishdagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
1.Asalarilarni zotiga qarab rayonlashtirish;
2.Asalarilarning yaxshi asal yig‘ishini ta’minlash uchun arixonalarni muntazam ko‘chirib turish;
3.Asalari oilalarini asrash va parvarish qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish;
4.Asalari oilalarining rivojlanishidagi individuallikni saqlab qolish, boshqa asalari oilalari hisobiga asal to‘plashi yoki begona asalarilarning uchib kelish hamda o‘z oilasini tashlab uchib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
5.Asalarichilik xo‘jaligida naslchilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, maxsus jurnal yurgizib, unda asalari oilasining kelib chiqishi, ularning holati va xo‘jalikka foydali muhim belgilarini baholaydigan hamma ma’lumotlarni yozib borish;
6.Ko‘p miqdorda asalarilar oilasi ichida tanlash va saralash ishlarini olib borish. Asalarichilikda asalari oilasini tanlashning asosiy mazmuni asal mahsuldorligidir. Uni ko‘paytirish esa naslchilik ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin