O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

3. Irodaviy tayyorgarlik. Iroda insonning maqsadga 
erishuvida va qabul qilgan qarorini bajarishda, o‘z organizimning 
inteliktual, emotsional va harakat faoliyatlarini, o‘zining xulq-atvori, 
o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ongli ravishda 
boshqarishdir. 
Kurashda o‘z irodasini tarbiyalash juda muhim ahamiyatga 
ega. 


101 
Axloqiy e’tiqot va kurashchining axloq normalari uning 
irodaviy biror maqsadga qaratilgan faoliyati asosini, bosh motivlarini 
tashkil etadi. Kurashchi faoliyatining ana shu tomonlari axloqiy-
irodaviy tayyorgarlikka birlashtiriladi. 
Kurashchining irodaviy tayyorgarligi uning asosiy irodaviy 
sifatlari: maqsadga qaratilganlik; qat’iylik va sabot-matonat; dadillik; 
mehnatsevarlik; tashabbuskorlik; mustaqillik; o‘zini tuta bilishlik 
kabi fazilatlarni tarkib toptirish va takomillashtirishdan iborat. 
Irodaviy sifatlar hech qachon bir-biridan ajralgan holda 
namoyon bo‘lmaydi, balki birlikda, o‘zaro bog‘langan holda ma’lum 
bir tizimni hosil qilib namoyon bo‘ladi. Har bir insonning xatti-
harakatida bu xususiyatlar turlicha ko‘rinadi. Bir insonda qat’iylik va 
sabot-matonat, boshqasida dadillik, yana birisida o‘zini tuta bilish 
xususiyati ko‘proq ifodalanadi. Lekin xilma-xil kurash turlari bilan 
shug‘ullanuvchi kurashchilarni birlashtiradigan umumiy xususiyat 
ham bor, bu maqsadga qaratilganlik va yuqori darajadagi 
mehnatsevarlikdir. Bular irodaning barcha sifatlarini birlashtiradi va 
yuqori sport natijalariga erishishga yetaklaydi. 
Jismoniy tarbiya va sport shu jumladan milliy kurash bilan 
shug‘ullanish jarayonida iroda ikki yo‘nalishda - umumiy va 
ixtisoslashgan yo‘nalishda rivojlanadi va takomillashib boradi. 
Umumiy yo‘nalish - faoliyatida irodaviy sifatlarning har 
tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Bular insonga turli xil to‘siqlar 
va qiyinchiliklarni yengib o‘tib, faqat kurash bilan shug‘ullanish 
vaqtida emas balki mehnat, o‘qish va ijtimoiy - foydali ishlarda 
o‘zini irodali qilib ko‘rsatishga imkon beradi. 
Irodani rivojlantirishning ixtisoslashgan yo‘nalishi kurash 
turining xususiyati va kurashchining yengib o‘tishi lozim bo‘lgan 
to‘siq va qiyinchiliklar bilan belgilangan irodaviy sifatlarni 
takomillashtirish bilan xarakterlanadi. 
Masalan, milliy kurashda maksimal ravishdagi qiyinchiliklar 
mashg‘ulot jarayonida hamda gavda tuzilishi, kuchi, epchilligi 
temperamenti, bellashuvni olib borishdagi taktik uslubi, funksional 
tayyorgarligi bo‘yicha xilma-xil raqib bilan kurashish vaqtida 
uchrashi mumkin. Irodaviy zo‘r berish jismoniy va asab-ruhiy kuch 
sarflash bilan emas, balki anchagina og‘riq tuyg‘ulari bilan ham 
bog‘liqdir. 
Kurashchidan 
qat’iy 
maqsadga 
intilganlik, 
tashshabuskorlik, faollik va mustaqillik, qatiylik va sabot - matonat, 
dadillik va jasurlik o‘zini tuta bilish va temirdek mustahkam iroda 
talab etiladi. 


102 
Irodaning umumiy va ixtisoslashgan holda rivojlanishi o‘zaro 
bog‘langandir. Umumiy rivojlanish ixtisoslashgan rivojlanishga baza 
bo‘lib xizmat qiladi, ba’zan esa ixtisoslashgan iroda kurashchining 
mehnat, o‘qish va hayotiy muhim faoliyat turlarida yuksak irodaviy 
namunalarini ko‘rsatishga imkon beradi. 
Irodaviy tayyorgarlik jarayonini boshqarishda murabbiy 
yetakchi rol o‘ynaydi va u o‘z ishida sport jamoasiga tayanadi. Biroq 
irodaviy tayyorgarlikda o‘z-o‘zini irodaviy jihatdan tarbiyalash va 
umuman kurashchining o‘z-o‘zini tarbiyalashi katta ahamiyatga ega. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonning o‘zi ustida, o‘zining jismoniy va 
ma’naviy takomillashuvi ustida ishlashi jarayonidan iborat bo‘lib, 
o‘zi haqida bilishiga, o‘z-o‘zini bilishiga asoslangandir. 
O‘z-o‘zini bilish o‘zini takomillashtirish ehtiyojini uyg‘otadi 
o‘z-o‘zini tarbiyalash ishtiyoqining hosil bo‘lishiga har tomonlama 
va maxsus jismoniy hamda ma’naviy rivojlanganlikning yuqori 
darajasiga erishishga yordam beradi. Busiz sport mahoratining 
cho‘qqilariga erishish yo‘lida uchraydigan turli qiyinchiliklarni 
yengish muhim emas. 
Turli darajadagi qiyinchiliklarni yengish – kurashchi 
irodasining namoyon bo‘lishi va tarbiyalanishi uchun zaruriy 
faktordir. 
Kurashchining faoliyati belgilangan maqsadga erishish 
nazariy umumiy maxsus jismoniy taktik va texnik tayyorgarlik bilan 
bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal etish turli xil sheriklar va raqiblar 
bilan bo‘ladigan mashg‘ulotlarda qiyinchiliklarni yengish bilan 
bog‘liqdir. 
Kurashchi – sportchilarning sport faoliyatidagi asosiy 
qiyinchiliklarning darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning 
ba’zilarini aytib o‘tamiz: 
- nazariy tayyorgarlikda: o‘qish bilan mashg‘ulotlarni qo‘shib 
olib bora bilish, uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarish hamda o‘zining 
g‘oyaviy va madaniy saviyasini muttasil oshirib borish, ruhiy 
gigiyenik, jismoniy va nazariy tayyorgarlikka doir qonuniyatlarni 
o‘rganish va bilish; 
- jismoniy tayyorgarlikda: kurashchilarning kun tartibiga - 
uyqu, ovqatlanish, o‘qish, ishlash va dam olish tartibiga rioya qilish 
har kuni jismoniy mashiqlarni bajarish, chiniqish, harakat va boshqa 
sifatlarini qo‘shimcha ravishda takomillashtirish, har kungi zaruriy 
yugurish mashg‘uloti hamda kuchlilik va chidamlilikni rivojlantirish; 


103 
- texnik-taktik tayyorgarlikda: texnik va taktik harakatlarni 
egallash va ularni takomillashtirish, turli xil sheriklar bilan 
mashg‘ulot yuklamalarini bajarish, harakatlarda tashabbus va fa’ollik 
ko‘rsatish, o‘zining kurashish uslubini takomillashtirish va hokazo; 
- musobaqa tayyorgarligida: doimo muayyan vaznni saqlab 
turish, yomon odatlar (chekish, alkagol va hokazolar) dan butunlay 
voz kechish zarurligi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar, 
mag‘lubiyat yoki g‘alabaga erishganda funksional va asab-ruhiy zo‘r 
berishlarga bardosh bera bilish; bellashuvlarda o‘zini tutish va qattiq 
og‘riq sezgilarga chidash; tamoshabinlar ta’sirida o‘z obro‘yini 
saqlash; 

kutilmagan 
qiyinchiliklar: 
sportchilarni 
musobaqa 
sharoitlarida, notanish raqib bilan bellashuvda to‘satdan paydo 
bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish ayniqsa, muhimdir. 
Kurashchilarning irodaviy tayyorgarligi vazifalarini hal etish 
ularni kurashchiga xos axloq, kurash etikasiga oid bilimlar bilan 
qurollantirishni, psixalogik va fiziologik talablar, sport mashg‘uloti 
qonuniyatlari bilan tanishtirishni talab etadi. Kurashchilarning 
faoliyati xatti-harakatidagi va oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda 
irodani tarbiyalovchi motivlari, dunyoqarashi, e’tiqodi, tuyg‘ulari, 
yurush-turish va qiladigan ishlari kurash etikasi tamoyillariga mos 
bo‘lishi ayniqsa, muhimdir. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin