94
raqibining zaif tomonlarini izlab topish, manyovr qilish hamda o‘z
rejalalari harakatlari va holatidan iborat.
Razvedka - kurashchining raqib to‘g‘risida, uning gavda
tuzilishi, xususiyatlari, sifatlari imkoniyatlari va holati haqida, kurash
olib
borish uslubi - faol yoki sust, hujumkor yoki himoyalanuvchi
kurashchiligi to‘g‘risida, uning yaxshi ko‘rgan harakatlari, o‘y-
fikrlari va hokazolar haqida tashqi va ichki axborotlar olishga
qaratilgan xatti-harakatlardir.
Razvedka bellashuvidan oldin va bevosita bellashuv vaqtida
ham olib boriladi.
Bellashuvgacha
sportchi
raqibning
familiyasi,
millati,
malakasi, unvoni haqida umumiy ma’lumot oladi: uning taxminiy
bo‘yini, tashqi ko‘rinishini, holatini va hokazolarni aniqlaydi.
Bellashuv vaqtida: sportchining
eng sevimli turish holati
qandayligini, qanday masofada turishini, qanday ushlash usulini
qo‘llashini va ularning kuchini, oyoqlari bilan qanday harakat
qilishga intilayotganini, biror usulni bajarish
uchun tayyorgarlikni
qanday olib borishini, niyatlarini, qanday hujum qilishi, himoyala-
nishini va qarshi hujum qilishini,
ularning kuchi qandayligini,
chaqqonligi va chidamliligini aniqlash ayniqsa muhimdir. Razvedka
ko‘proq tayyorlovchi xarakterdagi haqiqiy va soxta harakatlar bilan
hamda kurashish, sevimli usullarini qo‘llash bilan olib borilishi
mumkin.
Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo‘lishi - raqibining
holatini bilishi; fiziolog bo‘lishi
- harakatlari, nafas olishi va ter
chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo‘lib, raqibni soxta
harakatlar bilan aldab, to‘g‘ri usul qo‘llashdan adashtirib o‘ynashi,
raqibga o‘z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o‘z rejasini
qat’iy amalga oshiruvchi hamda g‘alabaga erishuvchi mard, irodali
sportchi bo‘lishi kerak.
Hiyla ishlatish - yakka holda raqibini
ushlab olish turli xilda
siljish, qulay sharoitlar yaratish hamda usulni muvaffaqiyatli
qo‘llash, himoya va qarshi hujum uchun qulay payt tanlash
maqsadlarida tayyorlovchi harakatlar qilishdir. Turli holatda va turli
masofalarda turib, aldash harakatlari va soxta harakatlarni undash,
taklif qilish usulini qo‘llab, shuningdek, tanlangan usulni yoki qarshi
hujum harakatini o‘tkazish uchun hujum va himoya harakatlaridan
foydalanib hiyla ishlatish mumkin. Hiyla
bilan sportchi tashabbusni
o‘z qo‘liga olishga, faollik ko‘rsatishga, kerakli harakat uchun
95
gilamdan qulay joyni tanlashga ba’zan esa raqibidan qochishga
harakat qiladi.
Raqibidan o‘zining haqiqiy niyatlarini yashirish, uning
xushyorligini yo‘qotish, chalg‘itish va o‘zi o‘ylagan rejasini amalga
oshirish
maqsadida
harakatlari
va
holati
soxtalashtiriladi.
Soxtalashtirilgan harakatlarida tajribali
kurashchilar raqiblariga
o‘zlarini bamaylixotir, sustkash qilib ko‘rsatadilar, ba’zilar
bo‘shashgan bo‘lib, to‘satdan butun kuchlarini ishga soladilar, ba’zi
birlari iste’dodli artist kasbiylikni ifodalaydilar - u yoqdan bu yoqqa
yuradi-lar, muskullarini silkitadilar, boshqalari esa kurashish oldidan
bamaylixotir, bo‘shang yoki o‘ziga ishonch bilan o‘tiradilar va
hokazo.
Har bir kurashchi o‘ziga xos soxtalashtirish uslubiga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ba’zan uning niyati chin yoki soxtaligini
aniqlash juda qiyin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: