1. Nazariy tayyorgarlik jarayonida, oilada va insonlarning
boshqa faoliyat turlarida shug‘ullanuvchilar aqliy (intellektual)
rivojlanib boradilar.
Kurashda shaxsning aqliy rivojlanishi, harakat va taktik
faoliyat jarayonida uning tez va aniq fikr yuritishga bo‘lgan qobilyati
muhum ahamiyatga ega. Kurashchi raqibining tashqi belgilari, xatti-
98
harakati, nafas olishi va harakatlariga qarab uning holatini bilish
qobilyatiga ega bo‘lishi, uning fikrlari, niyati va hokazolarni bilib
olishi va unga qarshi o‘zining harakat rejalarini tezda tuza olishi
hamda uni amalga oshirishi, o‘zining soxta va chin harakatlari bilan
raqibini aldashi kerak. Bularning hammasi kurashchiga taktik va
texnik usullarni muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beradi. Milliy
kurashda nazariy, taktik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalar
kurashish mahoratiga, raqibi tomonidan ko‘rsatiladigan katta
yuklamaga chidash va kam kuch sarflab, bellashuvda g‘alabaga
erishish malakalariga aylanishi muhimdir.
2. Axloqiy tayyorgarlik. Axloqiy - tarixan tarkib topgan
normalar: yaxshilik va yomonlik, haqqoniylik, vijdon va or-nomus,
shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar haqidagi va insonlarning bir-biriga,
oilaga, jamiyat va davlatga nisbatan qiladigan xatti-harakat normalari
to‘g‘risidagi tasavvurlardir. Axloq va axloqiylik insonlarning
jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi normalar,
qoidalar, baho va tamoyillar majmuyidir.
Etika axloq normalaridan biridir. Etika ijtimoiy ong
formalaridan biri sifatida axloq, axloqiylik to‘g‘risidagi falsafiy
ta’limotdir.
Kurashning ko‘p ming yillik tarixini chuqur o‘rganish
haqiqatdan ham kurash azaldan polvonlarning jismoniy va ma’naviy
yetukligi namunasi sifatida sharaf topganligini, qadrlanganligini
tasdiqlaydi. Shu bois polvonlarning jismoniy baquvvatligi, navqiron
qaddi-qomati yoki kurashchanlik, harakatchanlik, chaqqonu epchillik
jihatlari bor tomoni, ularning keng davrada o‘zlarini qanday tutishi
odob axloq, ma’naviy qiyofasi, raqibiga muomalasi, jamiyatga,
tevarak , atrofga munosabati vatanparvarligi alohida o‘rin tutadi.
Kurash shunchaki sport turigina emnas, balki insonning
jismoniy, ma’naviy kamolotga erishish vositasidir. Ulug‘ ajdodlar
kurashni tarbiya maktabi deb atashgan. Ushbu maktab tarbiyalanuv-
chilarni, maydon ko‘rganlarni esa quyidagicha ta’riflaganlar:
- polvonlar qasam ichmaydilar, lekin hech qachon o‘z
yurtlariga xiyonat qilmaydilar;
- polvonlar harom harish, zinodan, makrdan, giyohvandlikdan
nari yuradilar, bunday illatlarga qarshi kurashadilar;
- polvonlar irodali odamlardir, shuning uchun, kim nima desa
ergashib ketavermaydilar;
- polvonlar olijanoblik, insoniylik. raqibiga nisbatan chuqur
hurmat tuyg‘ulari bilan boshqalardan ajralib turadi;
99
- polvonlar o‘z qat’iy fikriga ega bo‘ladi;
Kurashchilarga berilgan yuqoridagi ta’riflarda asrlar davomida
shakllangan kurash falsafasi mujassamlashganini ko‘rish mumkin.
Ular quyidagilar:
- mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish;
- hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi
va kuchiga ishonib yashaydigan qat’iyatli insonni tarbiyalash;
- odamlar, ayniqsa yoshlarning irodasini baquvvat qilish,
iymon e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy muhit
yaratish;
- inson tafakkurida o‘zlikni anglash, muqaddas qadriyatlarni
asrab-avaylash, mehr-muhabbat tuyg‘usini kamol toptirish;
- oliyjanob insonlarga xos bo‘lgan iymon-e’tiqod, insof-
diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni yuksaltirish.
Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, irodani toblaydigan,
kishini halollik sari intilishga undaydigan. qiyinchiliklarni bardosh va
chidam bilan yengib o‘tishga o‘rgatadigan, qalbida ishonch, g‘urur va
iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladigan kurash,
shiddatkor hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga,
bunyodkor yoshlarning barkamol bo‘lishida o‘zining benazr hissasini
qo‘shadi. Zero, polvonlik falsafasi kishini komillik sari yetaklaydi.
Demak, kurash bu – “maqsadga halol erishish yo‘lidir!”.
Chunki kurash turli millatlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi,
birlashtiruvchi, yaxshi yo‘lga ergashtiruvchi ham ma’naviy, ham
jismoniy
sog‘lomlashtiruvchi
kuchdir.
Bu
esa
shubhasiz
hammamizning yutug‘imizdir.
Kurashning shunchaki sport turigina emas, balki insonning u
orqali jamiyatning nafaqat jismoniy, ma‘naviy kamolotga erishishda
ham salmoqli omil ekanligini inobatga olib, ulug‘ bobokalonlarimiz
uni tarbiya maktabi deb ataganliklarini yuqorida qayd etgan edik.
Kurash maktablarining har bir a’zosi, ishtirokchisi o‘z hayoti
va amaliy faoliyatini muayyan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy odob
tamoyillari asosida qurmog‘i, ularga qat’iyan amal etmog‘i kerak
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kurashchilar - polvonlar bahsi,
olishuvining o‘zi shakllangan, mantiqiy izchillik, qat’iy ilmiy tizimga
asoslangan, an’analar shakliga kirgan, axloqiy-odobiy sifatlarni
o‘zida mujassam etgan muayyan qonun-qoidalar va me’yoriy
normallarni taqozo etadi.
Modomiki kurash, kurashchi-polvonlardan jasurlik, qat’iylik,
halollik, to‘g‘rilik, mardlik va poklik singari yuksak fazilatlarni
100
namoyon etishni talab etarkan, bu o‘z navbatida ularning zimmasiga
katta mas’uliyat hissini ham yuklaydi. Zero, boshqalarga ibrat-
namuna ko‘rsatadigan bu toifaga mansub kishilar avvalo o‘z shaxsini
jismonan va ruhan takomillashtirib, yetuklik va komillik sari doimiy
harakatlanib borishlari zarur bo‘ladi.
Asrlar davomida amal qilinib kelgan va bugungi kunda ham
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan XV asrning buyuk Mutafakkiri Husayn
Voiz Koshifiyning kurashchilar odobi borasida o‘gitlari bugungi kun
kurashchilarining ham zaruriy odob tamoyillari etib qabul qilingan.
Bundan ko‘rinadiki, kurash o‘ziga xos nozik hunar, ilmu odob
qorishmasi, uyg‘unlashuvi bo‘lib, bunda ustoz va shogirdlar
o‘rtasidagi o‘zaro samimiylik, hamkorlik, beg‘arazlik, do‘stona
munosabat ko‘p narsani belgilaydi.
Ustoz o‘z bilimi, malakasi, kurash ilmini o‘z shogirdiga
qanchalik puxta o‘rgata bilsa, uning sa’y-harakatini aniq maqsad-
muddaolar sari yo‘naltira olsa, bu albatta o‘z samarasini berishi
shubhasiz. Buning uchun shogird ham o‘zining betinim mashqi,
iqtidori, iste’dodini muntazam mukammallashtirib, ustoz o‘gitlarini
jon qulog‘i bilan tinglab, qabul qilib, ularga izchil amal qilishi, o‘z
jismu dilida eng yaxshi xislatu fazilatlarni jo etib borishi ayni
muddaodir. Shundagina unda ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislik,
komil shaxs bo‘lib voyaga yetishdek sifatlar tarkib topib boradi.
Kurashni to‘liq o‘rganishni istagan har bir yigit yoki qiz uning
qonun-qoidalariga, etikasi va axloq-odob tamoyillariga rioya
qilmoqlari zarur. U o‘z xatti-harakatlari va axloqi bilan hech qachon
o‘z vatanining va albatta kurashning obro‘sini to‘kmasligi kerak
hamda hayotining oxirgi daqiqasigacha xalqiga, yurtiga, kurashiga
har qanday holatda ham sodiq qolishi kerak.
Shu bilan bir qatorda kurashchilar mashg‘ulot vaqtida yoki
olishuv paytlarida ortiqcha gapirmasliklari (agar bunga zaruriyat
bo‘lmasa), diqqatlarini bir joyga to‘plab, boshqa narsalarga
qaratmasliklari, bir-birlariga shikast yetkazmasliklari zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |