Bosh hakam huquqlari: - musobaqa o‘tkazish inshooti, jihozlari va gilamlar
tayyorlanmagan bo‘lsa, musobaqa o‘tkazishni ta’qiqlash va boshqa
muddatga ko‘chirishi mumkin;
- musobaqa jarayonida, uni yuqori saviyada o‘tkazishga halaqit
beradigan hol yuzaga kelib qolsa, musobaqani vaqtincha to‘xtatib
turish ham mumkin;
- musobaqa o‘tkazish tartibi yoki jadvaligi o‘zgartirish kiritishi
mumkin;
- hakamlar hay’atiga ma’lum qilingan holda kurash
musobaqalari qoidasini qo‘pol ravishda buzgan yoki qoidaga rioya
qilmagan hakamni musobaqadan chetlatishi mumkin;
- musobaqada ishtirok etishga ruhsati bo‘lmagan yoki kurash
qoidalarini buzgan kurashchilarni ham musobaqadan chetlatishi
mumkin;
- qo‘pollik qilgani yoki kurash qoidalarini buzganliklari uchun
har qanday guruh vakillari va murabbiylarini ogohlantirishi yoki
musobaqadan chetlatishi mumkin;
Eslatma: Bosh hakam kurash qoidasini bekor qilishi yoki
unga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin emas.
Bosh hakam o‘rinbosari - bosh hakam musobaqada vaqtincha
bo‘lmagan paytda uning ruhsati bilan bergan vakolatiga asosan uning
vazifalarini bajaradi;
- olishuv natijasi va keyingi olishuvga tayyorlanib
turuvchilarni e’lon qilib boradi;
- o‘rtadagi hakamlarni, kotibni, vaqtni nazorat qiluvchi
hakamni, tablodagi hakamni harakatini nazorat qilib boradi va
almashtiradi.
Bosh kotib va kotiblar.
1. Bosh kotib musobaqa qatnashchilari mandat komissiyasidan
o‘tayotgan vaqtda kurashchilarning hujjatlarini tekshirib boradi.
2 Bosh kotib, hakamlar hay’ati majlisini, musobaqa va olishuv
bayonnomalarini, kurashish tartibini va boshqa hujjatlarni yozib
boradi.
3 Kotiblar o‘z gilamidagi bayonnomalarni yozib boradilar.
4 Kotiblar olishuv baholarini va ogohlantirishlarini nazorat
qog‘oziga yozib boradilar.
113
5 Bosh kotib bosh hakam bilan birga musobaqaning hisobot
bayonnomasini to‘ldirib, unga imzo qo‘yib topshirishga mas’ul
shaxsdir.