124
- Qaysi jamoaga mansubligi
haqida muhrlangan guvohnoma,
shifokor ruxsati haqida ma’lumot.
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma hujjatlar musobaqadan oldin
mandat komissiyasida ko‘rilib, bosh shifokor va komissiya a’zolari
tomonidan tasdiqlanadi. Yuqoridagi
shartlar va talablarning
bajarilishi uchun jamoa rahbarlari javobgardirlar.
2. Bosh hakam ruxsati bilan yosh kurashchilar (16-17 yoshli)
katta yoshdagi polvonlar orasidagi musobaqalarda ham qatnashishi
mumkin.
3. Musobaqada bir vaznda kurashgan
polvonlar ikkinchi
vaznda qatnashishi man etiladi, lekin ular mutloq vaznda (bosh
hakam ruxsati bilan) kurashishlari mumkin.
9.15. Qatnashuvchilar majburiyati
Musobaqa qatnashchilari quyidagilarga amal qilishlari lozim:
- musobaqa boshlanishidan oldin bir-birlari bilan ta’zim qilib
salomlashish;
-
kurash qoidasiga, musobaqa qonun-qoidalariga qatiy rioya
qilish;
- hakamning topshiriqlariga bo‘ysunish;
- musobaqa davomida o‘zini to‘g‘ri tuta bilish;
- qatnashuvchi hakamlar
tomonidan chaqirilganda, tezda
chaqirilgan joyga borish.
9.16 Milliy kurashning umumiy qoidalari
- Kurashda faqat tik holatda va qoidada ruxsat berilgan usullar
qo‘llash orqali kurashiladi. Tik holatda
bajarilgan tashlashlar
hakamlar tarafidan baholanadi;
- Baholar teng bo‘lganda, oxirgi baho olgan kurashchiga
g‘alaba beriladi;
- Kurashchining baho va jazosi teng bo‘lsa,
baho ustunlikka
ega bo‘ladi;
- Olishuv davomida kurashchilar tomonidan hech qanday usul
qo‘llanilmasa, vaqtning yarmiga kelib,
gilamni boshqaruvchi
hakamning eslatishi bilan o‘rtadagi hakam olishuvni to‘xtatib,
kurashchilarni belbog‘li kurash holatiga keltiradi (belbog‘laridan
ushlatib qo‘yadi). Shundan keyin qaysi kurashchi belbog‘ni qo‘yib
yuborsa shu kurashchiga “TANBEH” ogohlantirishi beriladi;
125
- Agar kurashchilarda ogohlantirishlar bir xil va ketma-ket
berilgan bo‘lsa, g‘oliblik birinchi ogohlantirish olganga beriladi;
- Musobaqalar Olimpiya tizimi bo‘yicha
qayta kurashuvsiz
o‘tkaziladi;
- Kurashda usul gilamning ichkarisida boshlanib gilam
chizig‘idan tashqarida nihoyasiga yetsa, baholanadi.
Dostları ilə paylaş: