O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Jamoa rahbarlari, murabbiylari va vakillari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

9.10. Jamoa rahbarlari, murabbiylari va vakillari 
1. Bosh hakam va uning yordamchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
murojaat qilish huquqiga faqat jamoa rahbari, murabbiy yoki vakili 
egadir. 
2. Jamoa rahbari kurashchilarning kiyimiga va ularning o‘z 
vaqtida gilamga chiqishiga hamda umumiy tartib-intizomiga 
javobgardir. 
3. Bosh hakam va hakamlar qatorida jamoa boshlig‘i ham 
qur’a tashlashni o‘tkazishda qatnashadi. 
4. Kurash jarayonida jamoa rahbarlari uchun joy ajratilib, ular 
o‘z o‘rinlarida bo‘lishlari shart. 


122 
5. Jamoa rahbarlari yoki murabbiylari hakamlik guvohnomasi 
bo‘lgan taqdirda musobaqa hakami vazifasini ham o‘tashlari 
mumkin. 
6. Yuqoridagilarga amal qilmagan rahbarlar o‘z vazifasidan 
bo‘shatilib, bu haqda tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi. 
7. Guruh murabbiyi olishuv vaqtida belgilangan joyda yoki 
gilam atrofida 2 m masofada turishi mumkin. 
8. Guruh murabbiyi o‘z kurashchisi tan jarohati olgan vaqtda 
belgilangan 
tartibda 
shifokor 
tomonidan 
tibbiy 
yordam 
ko‘rsatilayotgan vaziyatda hozir bo‘lib turishi mumkin, ammo gilam 
chetidagi va o‘rtasidagi hakamlar qaroriga itoat qilmasligi yoki 
ularni haqorat qilishi taqiqlanadi. 
9. Yuqoridagilarga guruh murabbiyi itoat etmasa, o‘rtadagi 
hakam olishuvni boshqaruvchi hakamdan murabbiyga “DAKKI” 
ogohlantirishi berishni talab qilishi mumkin, bu hol yana qaytarilsa, 
olishuvni boshqaruvchi hakam “G‘IRROM” ogohlantirishini e’lon 
qilib, uni olishuvdan chetlatishi mumkin. 
 
9.11. Kurashchilar vaznlarini aniqlash tartibi 
 
1. Musobaqaning qaysi kuni qanday vazn toifalarida 
olishuvlar 
o‘tkazilsa, 
o‘sha 
vazn 
toifasida 
qatnashuvchi 
kurashchilarning vaznlari musobaqa boshlanishidan ikki soat oldin 
o‘lchanadi. 
2. Vaznlarni o‘lchash 1 (bir) soatdan ortiq davom etmasligi 
kerak. Agar qatnashuvchi ko‘p bo‘lib, bir tarozida o‘lchab 
ulgurilmasa, bosh hakam ruxsati bilan tarozini ikkita yoki uchta 
qilish mumkin, ammo har bir vaznda kurashuvchi polvonlar albatta, 
bitta tarozida o‘lchanishi shart. 
3. Kurashchilar o‘lchanishga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat 
bilan kirishlari shart. 
4. Vaznini o‘lchatmagan kurashchi, shu vazn toifasidagi 
olishuvlarga qo‘yilmaydi. 
5. O‘lchanish paytida kurashchilar pastki ich kiyimdan boshqa 
kiyimda bo‘lmasliklari shart. 
6. Kurashchilar vaznlarini aniqlash jarayonida bosh hakam 
tomonidan tuzilgan komissiya: bosh hakam yordamchisi, kotib, 
tibbiyot xodimi, 2 - 3 ta hakamlar bo‘lishi kerak. Tarozidan vaznini 
aniqlab o‘tgan kurashchilar familiyasi o‘lchanish bayonnomasida 
qayd qilib boriladi. 


123 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin