121
2. Kurashchilar ham gilamga chiqishdan
oldin va uni tark
etishda, kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, har bir
olishuvning boshlanishida va oxirida o‘ng qo‘llarini chap ko‘krakka
qo‘yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta’zimdan so‘ng
kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to‘g‘riga
yurishlari
shart, keyin o‘ng qo‘lni chap ko‘ksiga qo‘yib, bir-birlariga ta’zim
qilishlari shart.
3. Hakam olishuv natijasini e’lon qilgandan so‘ng
kurashchilar yana bir bor o‘ng qo‘llarini chap ko‘ksiga qo‘yib bir-
birlariga ta’zim qiladilar va gilamdan chiqib ketadilar.
4. O‘rtadagi hakam va yon tomondagi hakamlar tayyorgarlik
holatida olishuvdan oldin, kurashchilar gilamga
chiqishlaridan oldin
kurash gilamida turishlari shart.
5. Hamma ta’zimlar bo‘yin va gavdaning egilishi orqali
bajariladi. Agar kurashchilar ta’zimni bajarmasalar,
hakam uning
bajarilishini talab qilishi shart.
6. Gilamdagi hakamlar maydonni nazorat qilar ekanlar,
gilamning usti tekis, toza, tatamilar orasi ochiq bo‘lmasligiga, yon
hakamlar kursilari o‘z joylarida joylashishlariga
va kurashchilar
belgilangan qoida talablariga javob berishlariga e’tibor qaratishi
shart. O‘rtadagi hakam bellashuvni boshlashdan oldin gilamni
boshqaradigan hakamga (u o‘tirgan stolga)
qarab tik holatda turishi
kerak.
7. Hakam “TO‘XTA” buyrug‘ini berar ekan, kurashuvchilarni
ko‘rib turishi kerak, agar ular buyruqni eshitmay qoladigan hol kelib
chiqsa, o‘rtadagi hakam tezda ularga yaqinlashib to‘xtatadi.
Dostları ilə paylaş: