O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Hakamlar hay’ati tarkibi va ularning vazifalari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

9.3. Hakamlar hay’ati tarkibi va ularning vazifalari 
 
1. Har bir musobaqani o‘tkazishdan oldin shu musobaqani o‘z 
hududida tashkil qilayotgan davlat musobaqada xizmat qiladigan 
hakamlar 
ro‘yxatini 
musobaqa 
miqiyosiga 
qarab 
kurash 
federatsiyasiga taqdim qiladi va bu federatsiyalar tomonidan 
tasdiqlangan hakamlar ana shu musobaqada xizmat qilishga 
haqlidirlar. Har bir xalqaro turnir, qit’alar chempionati va 
birinchiligi, jahon chempionat va birinchiliklarida faqatgina Kurash 


111 
Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan va maxsus 
sertifikatga ega bo‘lgan hakamlar faoliyat ko‘rsatadi. 
2. Hakamlar hay’ati tarkibi: 
- bosh hakam; 
- bosh hakam yordamchilari, ularning soni, musobaqalar 
o‘tkaziladigan gilamlar sonidan bir kishiga ko‘p bo‘lishi lozim; 
- bosh kotib va gilamlar kotiblari; 
- gilamdagi hakamlar va yon hakamlar; 
- vaqtni nazorat qiluvchi hakam
- tablodagi hakam; 
- e’lon qiluvchi hakam; 
- musobaqa komendanti; 
- musobaqaning tibbiy xodimi (shifokor). 
Bosh hakam musobaqaning, kurash qoidalariga asosan tashkil 
qilinishi 
va 
o‘tkazilishiga mas’ul shaxsdir. Bosh hakam 
ko‘rsatmalarini 
kurashchilar, 
guruh 
boshliqlari, 
murabbiylar, 
hakamlar va barcha qatnashchilar bajarishlari shart. 
Bosh hakam vazifalari: 
- musobaqa o‘tkaziladigan joy (sport zali yoki stadion), 
jihozlar va gilamlarning tayyorlanishi tekshiradi; 
- qur’a tashlash jarayonida kuchli kurashchilarni ikki guruhga 
bo‘ladi; 
- hakamlarni gilamlarga taqsimlaydi; 
- musobaqa jadvalini tuzadi; 
- kurashchilarni tarozida tortish uchun hakamlarni belgilaydi; 
- har bir olishuv uchun hakamlarni tayinlaydi va ularning 
harakatlarini nazorat qilib boradi; 
- musobaqa boshlanishidan oldin hakamlar hay’atining 
majlisini o‘kazadi; 
- musobaqa davomida har kuni musobaqalardan so‘ng 
hakamlar hay’ati, murabbiylar, jamoalar vakillari bilan birgalikda shu 
kungi musobaqaning natijalarini va hisobotini ko‘rib chiqadi, 
kamchilik va nuqsonlarni o‘z huquqi va imkoniyati doirasida bartaraf 
qiladi; 
- agar zururiyat bo‘lib qolsa, hakamlar hay’ati majlisini har 
qanday vaqtda o‘tkazishi mumkin; 
- hakamlarning musobaqaga tayyorgarligini va musobaqa 
jarayonini baholab boradi; 


112 
- musobaqadan keyin uning qay darajada tashkil qilinganligi 
va o‘tkazilganligi haqida yozma hisobot bayonini to‘ldirib, tegishli 
tashkilotga topshiradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin