O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

1. Nazariy tayyorgarlik jarayonida, oilada va insonlarning 
boshqa faoliyat turlarida shug‘ullanuvchilar aqliy (intellektual) 
rivojlanib boradilar. 
Kurashda shaxsning aqliy rivojlanishi, harakat va taktik 
faoliyat jarayonida uning tez va aniq fikr yuritishga bo‘lgan qobilyati 
muhum ahamiyatga ega. Kurashchi raqibining tashqi belgilari, xatti- 


98 
harakati, nafas olishi va harakatlariga qarab uning holatini bilish 
qobilyatiga ega bo‘lishi, uning fikrlari, niyati va hokazolarni bilib 
olishi va unga qarshi o‘zining harakat rejalarini tezda tuza olishi 
hamda uni amalga oshirishi, o‘zining soxta va chin harakatlari bilan 
raqibini aldashi kerak. Bularning hammasi kurashchiga taktik va 
texnik usullarni muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beradi. Milliy 
kurashda nazariy, taktik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalar 
kurashish mahoratiga, raqibi tomonidan ko‘rsatiladigan katta 
yuklamaga chidash va kam kuch sarflab, bellashuvda g‘alabaga 
erishish malakalariga aylanishi muhimdir. 
2. Axloqiy tayyorgarlik. Axloqiy - tarixan tarkib topgan 
normalar: yaxshilik va yomonlik, haqqoniylik, vijdon va or-nomus, 
shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar haqidagi va insonlarning bir-biriga
oilaga, jamiyat va davlatga nisbatan qiladigan xatti-harakat normalari 
to‘g‘risidagi tasavvurlardir. Axloq va axloqiylik insonlarning 
jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi normalar, 
qoidalar, baho va tamoyillar majmuyidir. 
Etika axloq normalaridan biridir. Etika ijtimoiy ong 
formalaridan biri sifatida axloq, axloqiylik to‘g‘risidagi falsafiy 
ta’limotdir. 
Kurashning ko‘p ming yillik tarixini chuqur o‘rganish 
haqiqatdan ham kurash azaldan polvonlarning jismoniy va ma’naviy 
yetukligi namunasi sifatida sharaf topganligini, qadrlanganligini 
tasdiqlaydi. Shu bois polvonlarning jismoniy baquvvatligi, navqiron 
qaddi-qomati yoki kurashchanlik, harakatchanlik, chaqqonu epchillik 
jihatlari bor tomoni, ularning keng davrada o‘zlarini qanday tutishi 
odob axloq, ma’naviy qiyofasi, raqibiga muomalasi, jamiyatga, 
tevarak , atrofga munosabati vatanparvarligi alohida o‘rin tutadi. 
Kurash shunchaki sport turigina emnas, balki insonning 
jismoniy, ma’naviy kamolotga erishish vositasidir. Ulug‘ ajdodlar 
kurashni tarbiya maktabi deb atashgan. Ushbu maktab tarbiyalanuv-
chilarni, maydon ko‘rganlarni esa quyidagicha ta’riflaganlar: 
- polvonlar qasam ichmaydilar, lekin hech qachon o‘z 
yurtlariga xiyonat qilmaydilar; 
- polvonlar harom harish, zinodan, makrdan, giyohvandlikdan 
nari yuradilar, bunday illatlarga qarshi kurashadilar; 
- polvonlar irodali odamlardir, shuning uchun, kim nima desa 
ergashib ketavermaydilar; 
- polvonlar olijanoblik, insoniylik. raqibiga nisbatan chuqur 
hurmat tuyg‘ulari bilan boshqalardan ajralib turadi; 


99 
- polvonlar o‘z qat’iy fikriga ega bo‘ladi; 
Kurashchilarga berilgan yuqoridagi ta’riflarda asrlar davomida 
shakllangan kurash falsafasi mujassamlashganini ko‘rish mumkin. 
Ular quyidagilar: 
- mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish; 
- hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi 
va kuchiga ishonib yashaydigan qat’iyatli insonni tarbiyalash; 
- odamlar, ayniqsa yoshlarning irodasini baquvvat qilish, 
iymon e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy muhit 
yaratish; 
- inson tafakkurida o‘zlikni anglash, muqaddas qadriyatlarni 
asrab-avaylash, mehr-muhabbat tuyg‘usini kamol toptirish; 
- oliyjanob insonlarga xos bo‘lgan iymon-e’tiqod, insof-
diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni yuksaltirish. 
Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, irodani toblaydigan, 
kishini halollik sari intilishga undaydigan. qiyinchiliklarni bardosh va 
chidam bilan yengib o‘tishga o‘rgatadigan, qalbida ishonch, g‘urur va 
iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladigan kurash, 
shiddatkor hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga, 
bunyodkor yoshlarning barkamol bo‘lishida o‘zining benazr hissasini 
qo‘shadi. Zero, polvonlik falsafasi kishini komillik sari yetaklaydi. 
Demakkurash bu – “maqsadga halol erishish yo‘lidir!”. 
Chunki kurash turli millatlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, 
birlashtiruvchi, yaxshi yo‘lga ergashtiruvchi ham ma’naviy, ham 
jismoniy 
sog‘lomlashtiruvchi 
kuchdir. 
Bu 
esa 
shubhasiz 
hammamizning yutug‘imizdir. 
Kurashning shunchaki sport turigina emas, balki insonning u 
orqali jamiyatning nafaqat jismoniy, ma‘naviy kamolotga erishishda 
ham salmoqli omil ekanligini inobatga olib, ulug‘ bobokalonlarimiz 
uni tarbiya maktabi deb ataganliklarini yuqorida qayd etgan edik. 
Kurash maktablarining har bir a’zosi, ishtirokchisi o‘z hayoti 
va amaliy faoliyatini muayyan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy odob 
tamoyillari asosida qurmog‘i, ularga qat’iyan amal etmog‘i kerak 
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kurashchilar - polvonlar bahsi, 
olishuvining o‘zi shakllangan, mantiqiy izchillik, qat’iy ilmiy tizimga 
asoslangan, an’analar shakliga kirgan, axloqiy-odobiy sifatlarni 
o‘zida mujassam etgan muayyan qonun-qoidalar va me’yoriy 
normallarni taqozo etadi. 
Modomiki kurash, kurashchi-polvonlardan jasurlik, qat’iylik, 
halollik, to‘g‘rilik, mardlik va poklik singari yuksak fazilatlarni 


100 
namoyon etishni talab etarkan, bu o‘z navbatida ularning zimmasiga 
katta mas’uliyat hissini ham yuklaydi. Zero, boshqalarga ibrat-
namuna ko‘rsatadigan bu toifaga mansub kishilar avvalo o‘z shaxsini 
jismonan va ruhan takomillashtirib, yetuklik va komillik sari doimiy 
harakatlanib borishlari zarur bo‘ladi. 
Asrlar davomida amal qilinib kelgan va bugungi kunda ham 
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan XV asrning buyuk Mutafakkiri Husayn 
Voiz Koshifiyning kurashchilar odobi borasida o‘gitlari bugungi kun 
kurashchilarining ham zaruriy odob tamoyillari etib qabul qilingan. 
Bundan ko‘rinadiki, kurash o‘ziga xos nozik hunar, ilmu odob 
qorishmasi, uyg‘unlashuvi bo‘lib, bunda ustoz va shogirdlar 
o‘rtasidagi o‘zaro samimiylik, hamkorlik, beg‘arazlik, do‘stona 
munosabat ko‘p narsani belgilaydi. 
Ustoz o‘z bilimi, malakasi, kurash ilmini o‘z shogirdiga 
qanchalik puxta o‘rgata bilsa, uning sa’y-harakatini aniq maqsad-
muddaolar sari yo‘naltira olsa, bu albatta o‘z samarasini berishi 
shubhasiz. Buning uchun shogird ham o‘zining betinim mashqi
iqtidori, iste’dodini muntazam mukammallashtirib, ustoz o‘gitlarini 
jon qulog‘i bilan tinglab, qabul qilib, ularga izchil amal qilishi, o‘z 
jismu dilida eng yaxshi xislatu fazilatlarni jo etib borishi ayni 
muddaodir. Shundagina unda ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislik, 
komil shaxs bo‘lib voyaga yetishdek sifatlar tarkib topib boradi. 
Kurashni to‘liq o‘rganishni istagan har bir yigit yoki qiz uning 
qonun-qoidalariga, etikasi va axloq-odob tamoyillariga rioya 
qilmoqlari zarur. U o‘z xatti-harakatlari va axloqi bilan hech qachon 
o‘z vatanining va albatta kurashning obro‘sini to‘kmasligi kerak 
hamda hayotining oxirgi daqiqasigacha xalqiga, yurtiga, kurashiga 
har qanday holatda ham sodiq qolishi kerak. 
Shu bilan bir qatorda kurashchilar mashg‘ulot vaqtida yoki 
olishuv paytlarida ortiqcha gapirmasliklari (agar bunga zaruriyat 
bo‘lmasa), diqqatlarini bir joyga to‘plab, boshqa narsalarga 
qaratmasliklari, bir-birlariga shikast yetkazmasliklari zarurdir. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin