O /Jlfrkl’. rin ttSPtlKtl


Vittorino da Feltre (1378-1446



Yüklə 226,1 Kb.
səhifə13/73
tarix02.01.2022
ölçüsü226,1 Kb.
#44462
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Vittorino da Feltre (1378-1446 yillar) Italiyada pedagogika sohasidagi dastlabki gumanistlardan biri bo'lgan. Hukmdorlar va saroy ahli bolalarini tarbiyalash uchun maktab yaratgan. Vittorino Mantuan hukmdori va zodagonlarning bolalarini tarbiyalab, saroyda yangi tipdagi maktab yaratdi va uning raxbari bo'ldi. Uning maktabida o'quvchilaming bilimga qiziqishi, aqliy va jismoniy havasi har tomonlama rag'batlantirilar edi. Bunda aqliy va jismoniy tarbiyaga alohida e'tibor berilib, yalqovlarni ayovsiz jazolaganlar. Feltre bolalarni sof havoda o'ynatish, suvda suzish va turli jismoniy mashqlami bajarishga odatlantirdi. O'quvchilami erinchoqligi, beadabligi va manmanligi uchun jazolar edilar. Quruq yodlash o'mini ko'rsatma ta’lim metodlari egalladi.

Vittorino da Feltre o'quvchilaming sog'ligi va jismony kamoloti to'g'risida ayniqsa ko'p g'amxo’rlik qilar edi. U o'quvchilarni sof havoda harakatli o'yinlar o'ynashga o'rgatar, suvda suzishga va jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirar edi; bu esa o'uvchilaming jismoniy kuchini, epchilligini va chiroyli qiliqlarini taraqqiy ettirar edi. Uning maktabi o'quv planida o'yinlar, qilichbozlik, harbiy mashqlar, otda yurish va suvda suzish ko’zga ko'rinarli o'rinni egallar edi.

Vittorino da Feltre o'quvchilaming axloqiy sifatlarini tarbiyalash to'g'risida ham g'amxo'rlik qilib, ularda o'z qadrini bilish tuyg'usini, gigiyenaning elementar qoidalariga rioya qilish odatini va hokazolarni hosil qilar edi. Vittorino da Feltre maktabi oqsuyak ota-onalarning bolalarini tarbiyalash borasida ilgari tashlangan katta qadam edi.

Fransuz yozuvchisi Fransua Rable (1483— 1553) o'z asarlarini lotin tilida emas, o'z ona tihda yaratgan Uning «Gargantyua va Pantagryuel» romani xalq orasida sevib o'qilgan. Unda dunyoni ilmiy anglash g'oyasi olg'a surilgan. Uning ta'kidlashicha, o'g'il bolalaming ilohiy kitoblami o'qishi bema'nilik, undan ko'ra umuman o'qimagani ma'qul, o'quvchilarni, albatta, fikrlash va erkin harakat qilishga o'rgatish lozim. Rable tarbiyada aniq tartib, ya'ni tozalik, ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bo'lishi shartiigini ta'kidlagan.

Fransua Rable o'z g'oyalarni qadimgi yozuvchilarning asarlaridan ko'ra,ko'proq xalq ijodidan olar edi. U o'z asarlarini lotin tilida emas (o'sha vaqtlarda yozganlaridek), balki ona tilida yozar edi. Oz asarlarida u cherkov xodimlari, oqsuyak hukmdorlar, sxolostlar ustidan kular edi. Rim, Jeneva va Sorbonna bir necha bor uni la’natlagan va har xil yo'llar bilan ta’qib qilgan edi. O'sha vaqtlarda Rablening asarlariga bo'lgan talab g'oyat darajada katta edi. Uning «Gargantyua va Pantagryuel» nomli romani ikki oy ichida shunchalik ko'p nusxada tarqalgan ediki, hatto tavrot o'n yil ichida shunchalik tarqalmagan edi. Bu roman barcha tillarga tarjima qilingan bo'lib, hozirga qadar qayta-qayta nashr etilib kelmoqda. Rable o'zining asarlarida kuchayib kelayotgan burjuaziya ideologiyasini ma’qulladi va dunyoni ilmiy anglash g'oyasini targ'ib qildi.

Rable: «O'g'il bolaning o'z murabbiylari rahbarligida ilohiy kitoblarni o'rganganidan ko'ra, umaman, o'qimagani ma’qul, chunki ularning fani bema’nilik, ularning bilimdonligi esa batamom uydirmadir»,- degan edi. U o'quvchilarni erkin fikrlashga va erkin harakat qilishga olib keladigan tarbiyani ilgari surdi. Rable tarbiya orqali inson shaxsining axloqiy, aqliy va jismoniy tomonlarini tarkib toptirishni istadi. U butun tarbiya va ta’limni o'quvchilar uchun yoqimli ifodalashni tavsiya qildi. Rable tarbiyalanuvchilar uchun rejim zarurligini, ularning maishiy hayoti uchun gigiyena zarurligini, jismoniy mashqlarning aqliy mashg'ulotlar va ovqatlanish rejimi bilan qo'shib olib borish kerakligini talab qildi. U badanni yuvib turishni, massaj qilishni, terlagandan so'ng kiyimni almashtirishni; mashqlarni va jismoniy kuch me’yorini asta-sekin murakkablashtirib borishni tavsiya qiladi. U faqat qadimgi mashqlarni emas, balki o'sha vaqtlarda shaharliklar va dehqonlar o'rtasida odat bo'lgan mashqlarni ilgari surdi.

Tarbiyalanuvchilar yugurishlari, sakrashlari va irg'itishlari; kamalakdan, kamondan, eski og'ir miltiq va zmbarakdan otishlari; ko'krak bilan, chalqanchasiga, yon bilan suzishlari va suvga sho'ng'ishlari; nayza, qilich, shamshir, rapira oy bolta, xanjarbozlik bilan shug'ullanishlari; ot sporti, arqonga, daraxtlarga va qoyalarga tirmashib chiqish bilan shug'ullanishlari; yelkanli va eshkakli qayiqni boshqarishlari, ov, turizm va sayohat bilan shug'ullanishlari, kurash, shaxmat, yog'och otda gimnastika mashqlarini bajarishlari, gantellar yordamida mashq qilishlari; to'p o'ynashlari va raqs tushishlari lozim edi.

Rablening fikricha, uning hayoli bilan yaratilgan “Telem manzili” tarbiya muassasining idealidir. Muassasaning ustavi: “nimani xohlasang, shuni qil” degan prinsipdan iboratdir. Bu ishlab chiqarish tashkiloti emas, balki boylar uchun mo'ljallangan o'ziga xos o'quv-tarbiya muassasasidir. Unda stadion, ippodrom, suzish uchun hovuz, uch pog'onali hammomlar, teatr, sayr qilish bog'i, to'p o'ynash uchun manejlar, otxonalar, lochin xizmati va itxona bor edi. Rable o'z davrining ilg'or g'oyalari bilan bab-baravar qadam tashlab bordi va burjua ideologiyasining o'matilishi uchun ko'p xizmat qildi.

Mashhur italyan gumanisti Ieronim Merkurialis (1530-1606 yillar) gimnastikaga doir oltita kitob yozdi. Dastlabki uch kitobi jismoniy mashqlar tarixini yoritishga, so'nggi uch kitobi esa jismoniy mashqlarni meditsina jihatidan tahlil qilishga bag'ishlangandir. Merkurialis meditsinani davolash meditsinasi va saqlovchi meditsina deb ikkiga ajratdi. Saqlovchi meditsinani u buzuqchilikka va oziq-ovqat hamda vinoni ortiqcha iste’mol qilishga qarshi kurashga mo'ljalladi; bunday hollar oqsuyaklaming vakillariga muvofiq edi.

Merkurialis gimnastika va boshqa jismoniy mashqlarni saqlovchi meditsina vositalari jumlasiga kiritadi. U barcha mashqlarni haqiqiy (davolash), harbiy (hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga bo'Igan edi.

Merkurialis ayrim mashqlaming ahamiyatinibaholab, ko'proq jismoniy kuch talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsifladi va sog'lomlashtirish-gigiyena jihatdan foyda berishi mumkin bo'Igan mashqlarnigina bajarishni tavsiya qildi.

U mushtlashishni inkor qilmadi, lekin yakkama-yakka mushtlashishni emas, balki kishining soyasi bilan mushtlashishni taklif qildi, chunki kishining soyasi bilan mushtlashishi qattiq kuch ishlatishni talab qilmaydi. Merkurialis suvda suzishni emas, balki cho'milishni maqtaydi va baliq ovini taklif qiladi. U jismoniy tarbiyaning musobaqa metodini foydali deb hisoblamadi va sportni inkor qildi. Merkurialisning “bir vaqtlar katta e’tiborga sazovor bo'Igan gimnastika san’atini tiklash uchun harakat qilishi” haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Uning xizmati shundan lboratki, u davolash-profilaktika mashqlarini tikladi va ulami meditsinaning muhim vositalari sifatida himoya qildi. U ko'p kuch sarf qiluvchi mashqlarni to'la ma'qullamadi va asosan davolovchi jismoniy mashqlarni qo'llab-quvvatladi.

Merkurialis ko'zga ko'ringan cherkov arboblarining saroy vrachi, so'ngra esa imperator Maksimilian II ning ham vrachi edi. U feodal byurokratik aslzodalarning boshliqlariga ko'rsatgan xizmatlari uchun o'sha vaqtlardayoq eskirib qolgan ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi.

Barcha gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o'rta asming quruq tarbiyasiga va tarkidunyochilik g'oyalariga qarshi aktiv kurashdilar, inson shaxsining erkin kamol topishini quwatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy tarbiya sistemasining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar.

Lekin gumanistlarining aksariyati xalq to'g'risida emas, balki jamiyatning bir to'da boshliqlari to'g'risida, xalqdan ajralgan va xalqni ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g'amxo'rlik qildilar. Bu gumanistlar o'zlarining barcha g'ayratlarini cherkov obro'yiga qarshi kurashga qaratib, jamiyatning konservativ kuchiga aylandilar. Xalqqa tayangan va xalq baxt-saodati yo'Iida mehnat qilgan gumanistlaming ijodi esa so'nggi o'rta asr davrining demokrat gumanistlarining ijodi sifatida asrlar osha bizning kunlarimizgacha yetib keldi.

9

O'rta asrlarda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishni qanday izohlaysiz?



Ritsarlik tizimidagi turnirlaming maqsadi nima?

Yevropa mamlakatlarida qilichbozlik va o'q otish jamiyatlarining paydo bo'lishiga sabab nima?

Gumanistlar jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari nimalardan iborat bo'lgan?

O'rta asrlarda o'tkazilgan bayramlar va an'anaviy niarosimlarda qanday yangi sport turlari, jismoniy mashqlar, o'yinlar yuzaga kelgan?




Yüklə 226,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin