Sport o’yinlan tizimi Sport o'yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko'p mamlakatlarda tashkil topdi. Ulaming tashkiliy va uslubiy shakllari o'ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo'ljallangan va yaxshi natijalaiga erishishni ko'zda tutgan mashqlar ifodalangan edi.
Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o’yinlarni o'zida mujassamlagan. Shahar va qishloqlarda o'tkaziladigan bayramlarda kurashchilar, mushtlashuvchilar, akrobatlar, qilichbozlar, yugurish va sakrash ustalari, polvonlar o'z mahoratlarini namoyish qilishgan. Shimoliy majnlakatlarda chang'ida va konkida uchish musobaqalari rasm bo'Igan.
Shahar va qishloqlarning atoqli kishilari orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o'yini, kriket, kamon va to'pponchadan o'q otish, turli xil ovlar ancha rivojlangan. Shu davrda professional kurashchilar, bokschilar, girya (tosh) ko'taruvchilar, akrobatlaming uchrashuvlari, bahslari boshlangan. Ko'pgina davlatlarda o'quv yurtlari (maktablar, kollejlar, universitetlar) tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o'yinlari rivojlantirishga rahnamolik kuchaygan edi.
Buyuk Britaniyada sport o'yinlari tizimi XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobi natijasida Buyuk Britaniyada iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yuzaga kelib, u yirik kapitalistik mamlakatga aylandi. Shu tariqa Buyuk Britaniyada boshqa mamlakatlarga nisbatan awalroq sport-o'yin tizimi shakllandi. Boshqa mamlakatlarni bosib olish, mustamlakachilik yo'li bilan o'z boyligini oshirdi va davlatni mustahkamladi. Bunda ulkan dengiz floti va harakatchan ekspeditsiya bo'limlari (otryadlar) muhim rol o'ynadi. Ular kollejlar, universitetlar va harbiy o'quv yurtlari bitiruvchilaridan iborat edi.
Buyuk Britaniyada sport o'yinlari tizimining ilk asoschisi Regbi shahridagi kollej direktori pedagog Tomas Arnold (1795-1842) hisoblanadi. U o'z faoliyatida o'quvchilaming harakatchanligi va faolligini rivojlantiruvchi, qiyin sharoitlarga tezda mo'Ijal olish, qo'rqmaslikni tarbiyalovchi sport turlariga katta e'tibor berdi. Bular jumlasiga, yengil atletika, boks, eshkak eshish, suzish, regbi, futbol, kriketni kiritdi. Uning ta'limoti va tuzgan tizimi mamlakat va chet ellardagi o'quv yurtlarida keng qo'llanildi.
AQSHda sport va o'yinlar tizimi Sport o'yinlari tizimi AQSHda keng tatbiq qilina boshlandi. XIX asming 20-30-yillarida mamlakatning turli o'quv yurtlari, universitetlarida jismoniy tarbiya darslari o'qitila boshlandi. Shu davming 50-70- yillarida ba'zi sport klublari tashkil etilib, musobaqalar o'tkazildi.
AQSHning milliy aholisi - hindular orasida turli xil o'yinlar davom etgan. Ular qilichbozlik, kamondan o'q otish, nayza uloqtirish, uzoq masofalarga yugurish, sakrashlar, kurash va boshqa mashqlar bilan doimiy shug'ullanganlar. Shuningdek, Yevropadan, ayniqsa, Angliyadan o'tgan sport- o'yinlar AQSHga keng tarqaladi.
XIX asrda aristokratlarning o'z vaziyatlarini mustahkamlab olishlarida sport manfaat keltiruvchi omil bo'lib qoldi. Ular oddiy xalqdan ajralib turish maqsadida sport ishqibozlarining nizomini ishlab chiqadi (Buyuk Britaniya 1864). Bunda oddiy mehnatkashlarning musobaqalarda qatnashishi mumkin emasligi ko'rsatilgan. Faqat XIX asr oxirlarida inqiloblarning kuchayishi sababli, yoshlar sport musobaqalarida cheklangan holda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va boshqa). Keyingi yillar mobaynida bir qator yirik mamlakatlarda gimnastika, sport o'yinlarining ko'pgina turlari shakllandi va rivoj topdi. Bu obyektiv hodisa, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatining mahsuli edi.
Harbiy, skaut va boshqa tashkilotlarda sport. XIX asr oxiri va XX asr boshida sport-gimnastika harakati rivojlanishida harbiy fanlarning takomillashuvi va harbiy xizmat muddatlarining qisqarishi muhim rol o'ynadi. Ko'pgina mamlakatlarda harbiy xizmat muddati 4-6 yilga kamaytirildi. Bu, o'z navbatida, xizmatchilarni uzluksiz tayyorlab turish va chaqiriqqacha bo'lgan yoshlaming jismoniy tayyorgarligini oshirishni taqozo etdi. Shu sababdan, hukumat harbiy doiradagilaming talablariga asosan maktablar, universitetlar va sport jamiyatlarida jismoniy tarbiyani kuchaytirishga qaror qildi. Eski jismoniy tarbiya tizimlari o'miga yangi va takomillashgan tizimlar ishlab chiqila boshladi.
Maktablar, universitetlarning o'quv dasturlariga sport va o'yinlar kiritildi Fransiya, Angliya, AQSH, Shveysariya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda ommaviy maktablar qatorida «Yangi maktab»lar yuzaga keladi. Bu maktablar intemat xususiyatiga ega bo'lib, qiziquvchilaming katta mablag'lari hisobiga faoliyat ko'rsatgan. O'qitish uchun maxsus mutaxassislar taklif etilgan. Maktab maydoni va atroflarida sport musobaqalari va o'yinlar tashkil qilingan. Ular shaharlaming eng go'zal va diqqatga sazovor joylarida o'tkazilgan. asr oxiri va XX asr boshida Angliyada yoshlarni tarbiyalashda skaut bo'limlariga (otryad) katta e'tibor berildi. Bu bo'lim yoshlar tashkiloti hisoblangan. Skaut otryadlarining asoschisi ingliz harbiy generali Baden Pauel (1857-1941) edi.
Burjuaziya yoshlarga o'z ta'sirini o'tkazish maqsadida sport rivojini rag'batlantirishni boshqa tashkilotlarga ham singdiradi.
AQSHda 1870-yilda yoshlaming xristian tashkilotlarida sport bilan shug'ullantirish ishlari amalga oshirildi. Bunda shved va nemis gimnastika tizimi mazmuni va usullaridan foydalanildi. O'rgatishda diniy xodimlar ruh (jon), aql va tana majmuidagi tushunchalar asosida sport o'yinlarini qo'lladi. AQSH xristian yoshlar ittifoqining g'oyalari, ish shakllari va usullari Yevropa mamlakatlariga ham yoyildi.