Birinchi jahon urushi arafasi, urush yillarida jismoniy tarbiya va sportni milliylashtirish avjiga chiqdi. Imperialistik hokimiyat harbiy qurollanishni kuchaytirish, o'rinbosarlarni (rezerv) harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlashishini yaxshilashga katta kuch sarf qila boshladi. 1911-yildan boshlab Germaniyadagi sport uyushmalarining barcha yo'riqnoma va dasturlari yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashga da'vat etadi. Bunda ko'proq harbiy-sport o'yinlari, katta guruhda yurishlar, sport klublari tashkil qilish avjiga chiqdi. Nemis maktablarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik darslari tashkil qilinib, haftada 3 soatgacha mashg'ulot o'tkazila boshlandi va har kuni daqiqali gimnastika va yurish (marshirovka) tashkil qilindi.
Fransuz harbiy leytenanti Jorj Eber (1875-1957) o'zining harbiy jismoniy tayyorgarlik usulini tashkil etdi. Bunda yurish, sakrashlar, yuk ko'tarish, uloqtirish, suzish, himoya va hujum kabi jismoniy mashqlarga tayanildi. Shuningdek, u harbiylarga miltiq, to'pponcha, shpagadan foydalanish, otda yurish, mototsikl haydash, qayiqlarda eshkak eshish, yelkanlarni tiklash, belkurak, lom, arra, bolta va bolg'alarni qo'llay bilish kabi sifatlami tezda o'zlashtirishni tavsiya etdi.
Eber sportga qarshi bo'lib, faqat sportdagi professionallikning jiddiy tarafdori edi. U «Sport jismoniy madaniyatga qarshi» nomli kitobini yozadi. U shu sohaga rahbarlik qilsada, ilmiy tayyorgarlikka ega emas edi va o'z uslubiyatini faqat tajribalar asosida tashkil etadi. Eber Demenidan farqli ravishda xotin-qizlaming jismoniy tarbiyasiga qarshi noilmiy fikrlar bildiradi. Uning fikricha, erkaklaming mashqlarini xotin-qizlar ham bajarishi lozim. Buni o'rgatilgan hayvonlar misolida ko'rish mumkinligini ta'kidlaydi.
Eberning uslubiyatini Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlardagi harbiy o'quv yurtlarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarida qo'lladilar.
Jismoniy tarbiyani milliylashtirish AQSH, Angliya va boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirildi.O'q otish jamiyatlari, jismoniy va harbiy tayyorgarlik qo'mitalari, skautlar jangovor otryadlarining tashkil etilishi, shuningdek, o'quv yurtlari dasturlariga harbiy-jismoniy tayyorgarlikning kiritilishidan maqsad salomatligiga ko'ra yaroqli kishilarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat edi.
P.FLesgaftning jismoniy tarbiya ta'limi Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) ajoyib olim va revolyutsiyadan oldingi Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning eng faol ijodkori, jismoniy tarbiya ilmiy sistemasining asoschisidir. U o'zining ilmiy asarlarida jismoniy tarbiya jarayonining hamma tomonlarini aks ettirdi.
P.F.Lesgaft 1861 yilda meditsina-xirurgiya akademiyasini tamomladi va shu akademiyaning o'zida anatomiya o'qituvchisi bo'lib ishlay boshladi. U 1865-yillarda birin-ketin ikkita dissertatsiya yoqladi hamda meditsina doktori va xirurgiya doktori degan ilmiy darajalami oldi. Lesgaft dissertatsiyalar tayyorlayotgan vaqtidayoq antropologiyani odam haqidagi fan sifatida keng ma'noda tushundi va uni o'rganishga kirishdi. Xuddi shu vaqtning o'zida u odam organizmining taraqqiy etish nazariyasi asoslari ustida ham ishlay boshladi.U bu ishga taraqqiyotning materialistik g'oyasini asos qilib oldi. Bu g'oyaga ko'ra, odam organizmi asosan tashqi muhit ta'siri bilan to'xtovsiz o'zgargani holda taraqqiy eta boradi.
Lesgaft mashqlarni butun oiganizmni va uning ayrim qismlarini taraqqiy ettiruvchi yagona vosita deb bildi. Gavdaning barcha a'zolarini uyg'un ravishda mashq qildirilganda, organizm juda yaxshi taraqqiy etadi. Bu narsa Lesgaftni, jismoniy tarbiyaning ilmiy ravishda asoslangan tizimini yaratish zarur, degan fikrga olib keldi. U bu ishga ikkinchi dissertatsiyasini yoqlaganidan so'ng bir necha yil o'tgach kirishdi.
P.F.Lesgaft 1872 yildan boshlab doktor Beiglinning xususiy davolash gimnastika ishxonasida konsultant sifatida ishladi. 1874 yilda Lesgaft o'zining gimnastika masalalariga doir birinchi maqolasini chop ettirdi. Maqolada gimnastikaning asoslari haqida, asosan, uning oiganizmga ta'siri to'g'risida gap borar edi. So'ngra Lesgaft harbiy vazirlikning topshirig'i bilan bir yil mobaynida Yevropaning turli mamlakatlarida bo'ldi. Bundan maqsad o'sha mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning qanday yo'lga qo'yilganligi bilan tanishish edi.
P.F.Lesgaft 1876 yilda o'zining «Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga munosabati va maktabda jismoniy ta'limning asosiy vazifasi» degan asarini nashrdan chiqardi. Endilikda bu asarda jismoniy tarbiyaning vazifalari anchagina kengroq bayon qilingan edi. U jismoniy tarbiyaning bilim sifatidagi xarakterini ta'kidlab o'tishga harakat qilib, uni jismoniy tarbiya deb emas, balki jismoniy ta'lim deb atadi. Undan keyingi yillarda Lesgaft «Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo'llanma» (1-qismi 1888 yilda, 2-qismi esa 1901-yilda yozilgan), «Nazariy anatomiya asoslari», «Oila tarbiyasi» va boshqa yirik-yirik asarlarini yozdi.
Lesgaft o'z nazariyasini yarata borib, jismoniy tarbiyani turmushga tatbiq qilish sohasida zo'r tashabbus ko'rsatdi. U 1874 yildan boshlab ko'p yillar mobaynida harbiy o'quv yurtlari o'quvchilarining jismoniy tarbiyasiga rahbarlik qildi. Xuddi shu yillar ichida u jismoniy tarbiya rahbarlari tayyorlash kurslarida jismoniy tarbiya materiallariga doir bir qancha ma'ruzalar o'qidi. P.F.Lesgaft garchi o'quvchi yoshlar jismoniy tarbiyasiga yordam berish jamiyatida faqat kotib bo'lib hisoblansa ham, aslida uning rahbariga aylanib qolgan edi.
P.F.Lesgaftning jamiyat ishlarida ishtirok etishi shunga olib keldiki, jamiyat faoliyati demokratik xarakter kasb etdi. Jamiyatning bolalar maydonchalariga kichik xizmatchilar va hatto ishchilaming bolalari ham qo'yila boshlandi. Bolalar bilan harakatli o'yinlar, ekskursiyalar va sayrlar o'tkazdilar, qishda konki va chanalarda uchilar, yozda esa qayiq va kemalarda suzishar edi.
1894 yil boshlarida jamiyat Lesgaftning tashabbusi bilan jismoniy mashqlar rahbarlarining kurslarini ochish haqidagi masalani xalq maorifi vazirligi oldiga qo'ydi. Vazirlik kurslari erkaklar bilan ayollarning birgalikda ta'lim olishlariga qat'iy ravishda qarshi chiqdi. Vazirlik boshqa to'siqlarni ham yuzaga keltirdiki, ularni bartaraf qilishga ikki yil ketdi. 1896 yilning yanvar oyidagina «Jismoniy mashqlardan ayol rahbarlar tayyorlash uchun muvaqqat kurslar» ochishga ruxsat etildi. Lesgaft kurslarning mudiri qilib tayinlandi. 1898 yilda uning iltimosi bilan kurslarda o'qish muddati 3 yil bo'lgan «Jismoniy ta'limning ayol tarbiyachilari va rahbarlari kurslari» nomi ostida qayta tashkil etildi. Kurslar qayta tashkil etilganidan keyin jamiyat faoliyati kengayib ketdi. Bolalar o'yinlari va jismoniy mashqlariga kurslarning o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti tartibida rahbarlik qila boshladilar. Kurslami tamomlaganlar Rossiyaning ko'pgina shaharlariga borib, bolalar orasida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarni yo'lga qo'ya boshladilar.
Birinchi rus revolyutsiyasi yillari davrida Lesgaft kurslar o'rniga Oliy erkin maktab yaratdi. U yerda o'sha davrdagi eng yaxshi olimlar leksiyalar o'qidilar. Maktab binosida talabalarning har xil yig'ilishlari, ishchilaming yig'ilishlari o'tkazilar edi. Ishchi deputatlarning soveti o'z ishini shu yerda olib boigan. 1907 yil oxirida hukumat Oliy erkin maktabini yopib qo'ydi.
P.F.Lesgaftning butun hayoti va faoliyati chorizm reaksion kuchlari bilan uzluksiz kurashdan, butun insoniyat manfaatlari yo'lda fan tantanasi uchun kurashishdan iborat bo'ldi. Lesgaft biologiya, antropologiya, pedagogika, anatomiya, tarix va jismoniy tarbiya sohasida ish olib borib hamda o’z ilmiy faoliyatini amaliyot
I
I
bilan uzviy ravishda bog'lab, o'zining jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tamoyillarini taraqqiy ettirdi.
P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: Aqliy ta'lim ham, jismoniy ta'lim ham odamni butun jamiyat baxt-saodati uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. Har qanday ta'limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, balkr jamiyatga foyda keltirishni birinchi o'ringa qo'yishiga erishishdan iborat bo'lmog'i lozim. Odam deydi Lesgaft, butun umrida ijodkor bo'lishi, yodaki uslublardan foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina odamning uzluksiz shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining taraqqiyotiga erishish mumkin.
Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun Lesgaft mashq qilish natijasida hosil bo'lgan narsalami bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ulami o'zaro bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish, ya'ni tahlil qila olishni jismoniy ta'limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisobladi. Lesgaft ana shu nuqtai nazardan mashqlami ko'rsatib berishni emas, balki ulami tushuntirib berishning o'zi bilan cheklanishni tavsiya qildi. Bu narsa o'quvchini bajargan harakatini ko'r-ko'rona takror qilib berishga emas, balki uning haqida ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o'sha harakatni takror bajarishga majbur etadi. Odam ongi deydi Lesgaft, uning har bir faoliyatini oldindan bajarishi kerak.
«Hech qanday kamchiligi yo'q normal organizm»ga ega bo'lgan odamning har taraflama kamol topishigina serunum va mahsuldorroq mehnat qilishga qodirdir. Har taraflama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi.
Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning aqliy va jismoniy kuchlarini bir-biriga qo'shib, to'g'ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol o'ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bog'liqlikni nazarda tutdi.
Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual xususiyatlarini hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin.
Jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish tutgan taqdirdagina to'g'ri jismoniy o'sishiga erishish mumkin. Jismoniy ta'limning tajriba tizimi ko'pchilik avlod tajribasida sinab ko'rilganidan keyingina to'g'ri tajriba deb tan olinishi mumkin.
Jismoniy ta'lim tizimining o'zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda qo'llanuvchi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalaiga qarab asta-sekin o'zgaruvchi uncha ko'p bo'lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o'yinlar va ekskursiyalami ana shunday mashqlar deb hisobladi.
P.F.Lesgaft o'zining jismoniy ta'lim tizimini yaratib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini isbotlab berdi. Olim nemis va shved gimnastikasini tanqid qilishda me'yordan oshmadi va umuman,
o'zidan keyingi olimlar, jumladan, F.Lagranj (Fransiya) singari gimnastikaning ahamiyatini kamsitmadi. Aksincha, gimnastika mashqlarini keng qo'llagan holda jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimini yaratish ustida ishladi. U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol bo'lishga, gimnastika va sportning odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari jismoniy ta'limiga kirib kelishiga tanqidiy ko'z bilan qaramaslikka qarshi kurashishga da'vat etdi.
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakterini tushunmadi, uni faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. Bundan tashqari, u boshqa xatolarga ham yo'l qo'ydi. Masalan, u sport musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarning foydali ekanligini inkor etdi, jismoniy mashqlarga o'rgatishda ko'rsatishning ahamiyatini kamsitdi. U o'zining jismoniy tarbiya tarixiga doir asarlarida rus xalqi badan tarbiyasini tekshirishga yetarlicha e'tibor bermadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kungaqadar o'zining ilmiy qiymatini saqlab keladi.